Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

 
 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
13-mavzu:Turli yosh guruhlarida nutqning tovush madaniyatini shakllantirish 
metodikasi
REJA: 
1. Tovush madaniyatini tarbiyalash dasturi haqida.
2.Tovushlarni talaffuz qilish, diktsiya, ovoz sifati, nutq ifodaliligiga kuyiladigan talablar haqida 
tushuncha.
3. Turli yosh guruhlarida nutqning tovush madaniyatini shakllantirish metodikasi
Tayanch tushncha va iboralar: tovush madaniyati, nutq shakllari, tarbiyachi
maktabgacha ta‘lim muassasasi va oila, nutq ko‘nikmalari, tarbiyachi vazifasi, nutq ifodaligi. 
1-bosqich - 1 yilu 6 oydan boshlab to 3 yoshgacha
bo’lgan davr 
Bir yarim yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutqni tushunish tez rivojlanadi, lug‘at 
boyligi keskin ortadi, so‘z tarkibi takomillashadi. Ular dastlab tovush birikmalarini, so‘ngra esa 
oddiy iboralar, kichik she‘rlarni oson takrorlaydilar. Agarda ikki yoshda bola ikki-uchta 
so‘zdan iborat bo‘lgan iboralarni qo‘llayotgan bo‘lsa, u uch yoshga kirganida uch-beshta va 
undan ortiq so‘zlar ishtirokida murakkab iboralarni tuzadi. Ushbu davrda nutq nafaqat kattalar 
bilan, balki tengdoshlar bilan ham muloqot vositasi sifatida shakllanadi. Bu davrda bolalarda 
nutqning tovush tomoni, ya‘ni: ovoz va artikulyatsiya apparati, tovush talaffuzi, tinglash 
qobiliyati jadal rivojlanadi. YAxshi, aniq va intonatsion jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan ifodali nutqqa 
erishish uchun ilk yoshlardan boshlab bolalar bilan nutqning tovush madaniyatini 
rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirish zarur. 
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning kattalar bilan muntazam 
ravishda muloqotda bo‘lishi orqali amalga oshirilishi lozim. Ushbu davrdagi asosiy vazifa-
tinglash qobiliyatini doimiy rivojlantirish, artikulyatsiya apparati a‘zolarini mustahkamlash va 
rivojlantirishdan iboratdir. 
Ushbu maqsadlarga erishish uchun muayyan tovushlar guruhi tanlab olinadi va bolalar 
tovushga taqlid qilish asosida ularni mashq qiladilar. Asosan bu eng oddiy tovushlar 
guruhlaridir: unlilar - a, i, o; lab-lab - p, b, m; orqa tillilar - k, g, x; lab-tishlilar - v, f; old tillilar 
- t, d, n. Ikki yildan keyin asta-sekin artikulyatsiya jihatidan nisbatan murakkab bo‘lgan old tilli 
tovushlar ham beriladi -xushtaksimonlar - s, z; shuvillovchilar - sh, j, ch; sonorlilar - l, r, ammo 
bu 3 yoshdan boshlab bolalarning to‘g‘ri talaffuz qilishlariga erishish zarur, degani emas. 
Bolalar ushbu tovushlarni muntazam mashq qilish natijasida asta-sekin, 5-6 yoshlarga to‘g‘ri 
talaffuz qila boshlaydilar. 
Tovushga taqlid qilishni turli ish shakllariga qo‘shish bolalarning nafaqat turli 
ko‘rinishdagi tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishlarini aniqlash va mustahkamlashga yordam 
beradi, balki yaxshi diksiyaga erishishda, ya‘ni ularning tovushlar hamda so‘zlarni aniq va 
tushunarli qilib talaffuz etishlariga erishishda ham ko‘maklashadi. Aynan bir xil tovush 
taqlidlarini bir necha marta qo‘shib talaffuz qilish nutqiy nafasning rivojlanishiga yordam 
beradi, ularni turli balandlikda talaffuz qilish bolaning ovoz apparatini rivojlantiradi. 
Tovush taqlidlari bola tomonidan ko‘p marta amalga oshirilgani bois u bola uchun 
namunaga aylanib qoladi hamda akustik va artikulyatsiya ko‘nikmalarini orttirish uchun yaxshi 
material bo‘lib xizmat qiladi. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Dastlab ikki yoshgacha shunday tovush taqlidlarini berish kerakki, toki ular bolaning 
tinglash-nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga mos kelsin, masalan: na-na, ba, u, mu, av, ga-ga, 
tu-tu, va x.k. Bolaning fonetik imkoniyatlariga va uning oddiy so‘zlari, tovushga taqlid qilish 
shakllariga moslashish tovush talaffuzini aniqlash imkonini beradi. Bu nutqiy harakat 
taxlilchisiga normal rivojlanish va «pishib yetilish» imkoniyatini, bolaga esa - ayrim 
tovushlarga quloq tutish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida tinglash qobiliyatining 
rivojlanishiga yordam beradi. 
2-3 yoshli bolalar bilan ishlashda tovushga taqlid qilish murakkablashadi, xususiyatlariga 
ko‘ra turlicha bo‘lgan tovushlarni o‘z ichiga oladi, masalan: dish-dish, g‘a-g‘a-g‘a, ku-ku-ku 
va x.k. Bu tovushga taqlid qilishda ham, mustaqil nutqda ham tovushlarni aniq, tushunarli qilib 
talaffuz qilishga yordam beradi, shuningdek nutqiy tinglash qobiliyatini rivojlantiradi. Bundan 
tashqari, tovushga taqlid qilishga maktabgacha yoshdagi bolalar noaniq talaffuz qiladigan yoki 
umuman ayta olmaydigan tovushlarni asta-sekin qo‘shib borish tovush talaffuzini yaxshilashga 
yordam beradi. Bolalarda mavjud tovushlar aniqlashtiriladi, yangilari paydo bo‘ladi. 
Shunday qilib, mashg‘ulotlarda va undan tashqarida turli tovush taqlidlarini muntazam 
ravishda qo‘llagan holda tarbiyachi bir vaqtning o‘zida nutqning tovush madaniyatini ham 
shakllantiradi. Talaffuz uchun osonlashtirilgan nutqiy materialda bola nutqning tovush 
madaniyatiga oid qator bo‘limlarni mashq qiladi hamda shu bilan nutqni tinglash va nutqiy 
harakat analizatorlarini nisbatan murakkab akustik-artikulyatsiya ishiga tayyorlaydi. 
Ishlarning ushbu bosqichida bolalarning yoshiga qarab ularga o‘zida turli tovush 
taqlidlarini jamlagan o‘yinlar, qo‘shiqlar, she‘rlar, sanoq she‘rlar va hikoyalar beriladi. 
Tarbiyachi tovushga taqlid qilishni o‘yin-mashqlar, nutqni rivojlantirish va atrof-muxit 
bilan tanishtirishga oid mashgulotlar, didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar, musiqiy mashg‘ulotlar 
tarkibiga kiritadi. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling