Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


 yilu 6 oydan 3 yoshgacha bo‟lgan davr


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

 
1 yilu 6 oydan 3 yoshgacha bo‟lgan davr 
«A» tovushi 
«Mexmonlar» 
Maqsad: tovush tinglay olish va tovush taqlidlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni tarbiyalash. 
Bir vaqtning o‘zida ovozdan o‘rtacha balandlikda foydalanish mashq qilinadi. 
Mazmuni: Pedagog bolalarga ular mexmonlarni kutib olishlari lozimligini ma‘lum qiladi. 
Tarbiyachi bolalardan biri bilan xonadan chiqar ekan, unga kuchuk surati tasvirlangan niqob-
qalpoqchani kiydiradi. So‘ngra ular «taq-taq» deb, eshikni ochishadi. Bolalar so‘raydilar: «kim 
u?» Bola javob beradi: «vov-vov». Tarbiyachi bolalarga murojaat qiladi: «Bizga kim mexmon 
bo‘lib kelibdi?». Bolalar javob beradilar: «kuchukcha». Tarbiyachi: «kuchukcha qanday 
vovullaydi?». Bolalar: «vov-vov». Pedagog bolalarga g‘oz, qurbaqa, tovuq, echki va boshqa 
jonzotlar tasvirlangan niqob-qalpoqchalarni kiydirgani holda o‘yinni takrorlaydi. 
Metodik ko’rsatmalar. Bolalar tovush birikmalarini aniq va yetarli darajada baland 
talaffuz etishlarini nazorat qiling. 
«Qo’g’irchoqni allalash» 
Maqsad: artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va tinglash qobiliyatini shakllantirish. Bir 
vaqtning o‘zida uzoq muddat mobaynida nutqiy nafas chiqarish va ovoz balandligini o‘zgartira 
olish qobiliyati mashq qilinadi. 
Mazmuni: Pedagog bolalarga qo‘g‘irchoqlarni tarqatadi va «a» tovushini uzoq vaqt 
mobaynida cho‘zib aytish - aaaa - orqali ularni allalashni taklif qiladi. Dastlab bolalar «a» 
tovushini baland ovozda talaffuz qiladilar. So‘ngra tarbiyachi qo‘g‘irchoqlar uxlab 
qolayotganini aytadi va bolalardan sekinroq allalashni so‘raydi. Bolalar «a» tovushini past 
ovozda ayta boshlaydilar. 
Metodik ko’rsatmalar: Bolalar «a» tovushini ancha uzoq vaqt mobaynida, bir nafasda 
aytishlarini nazorat qiling; ovozidan unchalik yaxshi foydalana olmaydigan bolalarni yaxshiroq 
nazorat qilish uchun ularni kichik guruhlarga ajrating. 
«U» tovushi 
«Bu kimligini (nimaligini) top» 
Maqsad: Tinglash qobiliyatini tarbiyalash (talaffuz etilgan tovush taqlidining turli 
balandliklarini tinglash orqali aniqlash qobiliyati) 
Mazmuni: Tarbiyachi turli tovush birikmalarini narsalar va xayvonlar bilan taqqoslagan 
holda talaffuz qiladi. Bolalar buning nimaligini yoki kimligini aniqlashlari zarur. Masalan, 
tarbiyachi parovozning chinqirig‘iga, sigirning ma‘rashiga, xo‘rozning qichqirig‘iga, nay 
tovushiga taqlid qiladi. Takroriy o‘yinda pedagog bolalardan narsa yoki jonzotlarning uzoq 
yoki yaqindaligini aniqlashni so‘raydi. 
Metodik ko’rsatmalar: Tegishli narsalar, jonzotlar tasvirlarini tanlash; tovushga 
taqlidlarni baland ovozda ijro etish. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
«Xay-xuylash» 
Maqsad: Artikulyatsiya apparati organlarining aniq harakatlarini mashq qildirish. 
Mazmuni: Pedagog bolalarga ular boqqa gul tergani kelganligini ma‘lum qiladi. Ayrim 
bolalar uzoqqa ketib qolishdi, ularni xay-xo‘ylab chaqirish lozim (kaftlarini og‘ziga karnay 
qilib qo‘yadi va qanday qilib «xoy-xuv» deb talaffuz qilish kerakligini ko‘rsatadi). Bolalar ikki 
kichik guruhga bo‘linadilar. Bir guruh pedagog yonida qoladi (ular past ovozda «xoy-xuv» deb 
talaffuz qilishlari kerak), boshqa guruh esa ajratilgan joyga yo‘l oladi (ular «uzoqda» va baland 
ovozda chaqiradilar). 
Metodik ko’rsatmalar: Past ovozda so‘zlaydigan bolalar baland ovozda «xoy-xuv» deb 
talaffuz qiladigan» guruhga kiritiladi. Barcha bolalar har ikki tovushni bir tekisda talaffuz 
etishlari, ovoz balandligidan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilish darkor. 
 
«V» tovushi 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling