Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
artikulyatsiyani, og‘izdan uzoq muddat davomida bir tekis nafas chiqarishni o‘rgatish, tovush 
balandligini rivojlantirish. 
2-ish turi - ajratib qo‘yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish va nutqni tinglash 
qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiyachi ajratib qo‘yilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish 
yoki uni taqlid asosida atash uchun o‘yinlarni yoki o‘yinli mashqlarni olib boradi. Bolalarning 
diqqat-e‘tibori ushbu tovushni talaffuz etishda artikulyatsiya apparati organlarining holatiga va 
uning jaranglashiga qaratiladi. Ushbu tovushni tovushlar guruhi ichidan ajratib olish uchun 
o‘yinlardan foydalaniladi. 
Bu ish turi nutqni tinglash, ovoz balandligini taqqoslay olish qobiliyatlarini tarbiyalash, 
artikulyatsiya apparatini, nutqiy nafas olishni rivojlantirishga yordam beradi. 
3-ish turi - so‘zlarda tovushni to‘g‘ri talaffuz qilishni tarbiyalash va fonematik tinglash 
qobiliyatini rivojlantirish. 
Tarbiyachi so‘zlarda tovushlarni aniq va to‘g‘ri qo‘llashga yordam beruvchi turli 
materiallarni (asosan, didaktik o‘yinlar) beradi. Dastlab mashq qilinayotgan tovush urg‘uli 
bo‘g‘inda turgan so‘zlarda beriladi. Bolalar uni yanada aniqroq, cho‘zib talaffuz qilishni 
o‘rganadilar, ya‘ni tovushni ovoz yordamida ajratish ko‘nikmasini mashq qiladilar, keyinchalik 
esa ularni nafaqat ajrata olish, balki uning bo‘g‘indagi joyini aniqlashni o‘rganadilar. Bir 
vaqtning o‘zida fonematik tinglash, so‘zlarni orfoepiya me‘yorlariga muvofiq holda talaffuz 
qilish vazifalari xal etiladi. 
4-ish turi - tovushlarni iborali nutqlarda to‘g‘ri talaffuz qilishni tarbiyalash va nutqni 
tinglash qobiliyatini rivojlantirish. 
Pedagog maxsus tanlab olingan nutqiy materiallar, ya‘ni: so‘zli o‘yinlar, tez aytishlar
topishmoqlar, she‘rlar va hikoyalarni beradi. U mazkur tovushning yuqorida sanab o‘tilgan 
materialda to‘g‘ri qo‘llanishini kuzatib boradi. Mustaqil nutqda tovushni to‘g‘ri talaffuz 
qilishni tarbiyalash nutqni tinglash va nutqiy nafas olish qobiliyatlarini rivojlantirish, nutqning 
oxista sur‘ati va intonatsion ifodaliligidan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish bilan 
birgalikda olib boriladi. 
3-bosqich - besh yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan davr 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ko‘p xollarda ona tilidagi barcha tovushlarni 
o‘zlashtirib oladilar va to‘g‘ri talaffuz qiladilar, so‘zlar va iboralarni aniq va to‘g‘ri talaffuz 
qilishni, nutq balandligini vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zgartirishni, ifoda qilishning 
intonatsion vositalaridan foydalanishni biladilar, yetarli darajada rivojlangan tinglash 
qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Biroq bu yoshda hali ham ayrim tovushlar va murakkab so‘zlarni, 
ayniqsa bir necha undoshlar ishtirokidagi so‘zlarni unchalik aniq talaffuz qila olmaydigan 
bolalar ham uchraydilar. Ular har doim ham oxista nutq sur‘atlaridan foydalana olmaydilar, 
ancha baland yoki past ovozda so‘zlaydilar va x.k. Ayrim bolalar esa tovushlarni to‘g‘ri 
talaffuz etgani holda ularni tinglash jarayonida ajratib olishni qiynaladilar, bu esa kelgusida 
savod chiqarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bolalar odatda maktabgacha ta‘lim muassasalariga turli yoshlarda kelishi va nutq tovush 
madaniyatining barcha bo‘limlarini har xil o‘zlashtirishlari tufayli uni shakllantirishga doir ishlar katta 
guruhlarda davom ettirilishi lozim. 5-7 yoshli bolalar nutqida tovush madaniyatini shakllantirishning 
asosiy vazifasi nutqni tinglash qobiliyatini yanada takomillashtirish, aniq, to‘g‘ri va intonatsion ifodali 
nutq ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iboratdir. 
Ushbu bosqichda nutq tovush madaniyatini shakllantirishni bolalar tomonidan ko‘pincha
aralashtirib talaffuz qilinadigan tovushlarni tabaqalashtirish ishlari bilan bog‘liq holda amalga 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
oshirish mumkin: shippilovchi va chiyillovchi tovushlar - sh-s, j-z; jarangli va jarangsiz 
tovushlar - v-f, z-s, j-sh, b-p, d-t, g-k; «l» va «r» tovushlari va boshqalar. 
Zarur xollarda ko‘pincha bolalar tomonidan aralashtirib yuboriladigan boshqa tovushlar 
juftliklarini ham tabaqalashtirish mumkin. 
Tovushlarni tabaqalashtirishga doir ishlar tovushlarni farqlash bilan bir vaqtning o‘zida 
ularning akustik va artikulyatsiya xususiyatlariga qarab o‘tkazilgan xollardagina to‘g‘ri tashkil 
etilishi mumkin. Bu xususiyatlar bolalar tomonidan ancha ilgari, tovushlarni mashq qilish 
chog‘ida ajratilgan. Masalan, «s-sh» tovushlarini mashq qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga 
ushbu tovushlarning asosiy akustik va artikulyatsiya xususiyatlarini ajratgan holda ularni bir-
biriga taqqoslashga undaydi: sovuq havo nasosdan chiqadi va xushtak chaladi: sssss....-biz «s» 
tovushini talaffuz qilganimizda til pastki tishlar ortida turadi; yorilib ketgan shinadan shuvillab 
issiq havo chiqmokda: shshshshsh.....biz «sh» tovushini talaffuz qilganimizda til yuqori tishlar 
ortiga ko‘tariladi. 
Tovushlarning farqlovchi xususiyatlarini amaliy o‘rganishga qaratilgan bunday tizimli ish 
maktabgacha ta‘lim muassasasiga kechroq qatnay boshlagan bolalarga o‘z tovush talaffuzini 
aniqlashtirib olishda yordam beradi, fonematik tinglash qobiliyati rivojlanishi va artikulyatsiya 
apparatining tovushlarni farqlashga xos bo‘lgan tabaqalashtirilgan nozik harakatlarini 
o‘zlashtirishda ko‘maklashadi. Bularning barchasi ona tilini muvaffaqiyatli o‘qitishni davom 
ettirishning zarur sharti hisoblanadi. 
Ajratib qo‘yilgan tovushlarni tabaqalashtirish bilan bir qatorda so‘zlar va iborali 
nutqlardagi tovushlarning ham tabaqalashtirilishi bir vaqtning o‘zida bolalarda nafas olishni, 
diksiyani, intonatsion ifodalilikni, ya‘ni takomillashtirish ishlarini ham olib borish imkonini 
yaratadi. 
Har qanday tovush juftligini tabaqalashtirish uch xil turdagi ishlarni amalga oshirishni 
ko‘zda tutadi. 
1-ish turi - ajratib qo‘yilgan tovushlarni tabaqalashtirish. Tarbiyachi tovushlarni ularning 
akustik va artikulyatsiya xususiyatlariga qarab farqlashga doir ishlarni bajaradi. Bunda u 
«obrazli» suratlardan foydalangan holda, ya‘ni tovushni xayvonlar, narsalar va harakatlar 
chiqaradigan muayyan tovushlar bilan shartli ravishda taqqoslashni amalga oshiradi. 
Bir vaqtning o‘zida ushbu ish turi fonematik tinglash qobiliyatini takomillashtirish, 
tovushlarni aniq talaffuz qilishni o‘rganishga yordam beradi. 
2-ish turi – so‘zlardagi tovushlarni tabaqalashtirishdan iborat. Tarbiyachi nomlarida 
tabaqalashtiriladigan tovushlar ishtirok etadigan turli suratlar, narsalar, o‘yinchoqlarni tanlab 
oladi hamda bolalarga ularni farqlashni o‘rgatadi. Dastlab tabaqalashtiriladigan u yoki bu 
tovush mavjud bo‘lgan so‘z olinadi, so‘ngra esa faqat bir dona tabaqalashtiriladigan tovush 
mavjud bo‘lgan so‘zlar, keyin esa har ikki tabaqalashtiriladigan tovushni o‘z ichiga olgan 
so‘zlar tanlanadi. Bolalar ularni aniq, to‘g‘ri talaffuz qilishlari va ularning farqlarini ko‘rsata 
olishlari lozim. Bir vaqtning o‘zida ushbu ish diksiyani yaxshilashga yordam beradi, so‘zlarni 
talaffuzning orfoepik me‘yorlariga muvofiq holda to‘g‘ri talaffuz qilishni ta‘minlaydi. 
3-ish turi - nutqda tovushlarni tabaqalashtirish. Tarbiyachi so‘zli o‘yinlar, hikoyalar, syujetli 
suratlar, she‘rlar, tez aytishlar, topishmoqlar, maqollar, matallar hamda tabaqalashtiriladigan 
tovushlar bilan boyitilgan boshqa nutqiy materiallarni tanlab oladi. Ayni paytda u bolalarning 
ushbu tovushlarni to‘g‘ri qo‘llashlarini va ularni o‘z talaffuzlari bilan aralashtirib yubormasliklarini 
nazorat qiladi. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Pedagog she‘rlar, hikoyalarda tovushlarni tabaqalashtirish uchun materiallar berar ekan, u bir 
vaqtning o‘zida bolalar bilan nutq sur‘ati, diksiya, ovozdan to‘g‘ri foydalanishni mashq qilish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda so‘zlarni talaffuz etishning adabiy me‘yorlarini hisobga olgan 
holda ularning to‘g‘ri talaffuz qilinishini kuzatib boradi. 
Endi ko‘rsatib o‘tilgan ish turlaridan har bir yosh bosqichida foydalangan holda talaffuz 
ko‘nikmalari, nutqning tovush madaniyatini amaliyotda qanday ishlab chiqish (shakllantirish) 
zarurligini ko‘rib chiqamiz. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling