Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Mazmuni: Tarbiyachi deydi: «Bolalar velosipedda sayr qilishga qaror qilishgan edi, lekin 
ular g‘ildiragining dami chiqib ketibdi. Ular nasoslarni olib, g‘ildiraklarni damlashga 
kirishdilar. Nasosdan chiqayotgan havo xushtak chalmokda: sssss..sss..Barchamiz birgalikda 
g‘ildiraklarni damlaymiz. Bolalar ana shu harakatlarga taqlid qiladilar, tarbiyachi bilan 
birgalikda «s» tovushini cho‘zib aytadilar. 
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning tovushni aniq, to‘g‘ri va cho‘zib aytishlarini nazorat 
qiling. 
3-ish turi: 
Maqsad: so‘zlarda «s» tovushining to‘g‘ri talaffuz qilinishini mustahkamlash, fonematik 
tinglashni rivojlantirish, so‘zlarning adabiy me‘yorlarga muvofiq holda aniq talaffuz etilishiga 
erishish. 
«Sen bilasanmi?» 
Mazmuni: Tarbiyachi: «Bolalar, men sizlarga bir nechta savollar beraman, ularga javob
berishingizda har biringizning stolingizda yotgan suratlardan foydalanishingiz mumkin. To‘g‘ri 
javobni topgan bola yoki qiz bu yoqqa chiqadi va suratda tasvirlangan narsa nomini aytib beradi». 
Keyin savollar boshlanadi: «Nimani minib yurish mumkin?» (Bolalarda samokat, samolyot, 
avtobus, trolleybus va boshqa narsalarning suratlari mavjud.); 
«Do‘konda nimalar bor?» (sariyog‘, mineral suv, non); «Xayvonot bog‘ida kimlar 
yashaydi» (sirtlon, yo‘lbars, fil, sarlochin va boshq.). Bolalar narsalar nomini to‘g‘ri 
aytganlaridan so‘ng, tarbiyachi ushbu so‘zlarda qaysi tovush takrorlanayotganligini so‘raydi. 
Metodik ko’rsatmalar: So‘zlarning aniq talaffuz qilinishini, so‘zlarda «s» tovushining 
to‘g‘ri talaffuz qilinishini nazorat qiling. Agarda bolalar tovushni aniqlashda qiynalsalar, bu 
holda tarbiyachining o‘zi bir nechta so‘zlarni aytadi va ularda «s» tovushini ajratib talaffuz 
qiladi. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
4-ish turi: 
Maqsad: Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, yaxshi diksiyani mashq qilish, «s» 
tovushini iboralarda bir nafasda aytilishini mustahkamlash, intonatsion ifodalilik bilan oxisa 
sur‘atda so‘zlash qobiliyatini tarbiyalash. 
«Pochtalon» 
Mazmuni: Pochtalon bolalarga syujetli suratlarni tarqatadi. Har bir bola suratni olgach, uni 
boshqa bolalarga ko‘rsatadi va unda nimalar chizilganligini aytadi. Masalan, mana bunday suratlar 
turkumi foydalaniladi: bog‘da skameyka turibdi, samolyot o‘rmon ustidan juda balandda uchib 
o‘tmokda, it sho‘rva ichmoqda va x.k. 
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning aniq, baland va bir nafasda iboralar aytishlarini 
nazorat qiling. 
5 yoshdan 7 yoshgacha. 
 1-ish turi. 
 «V-f» tovushlari. 
Maqsad: «v» va «f» tovushlarini farqlash, ularning to‘g‘ri talaffuz qilinishiga erishish. 
Og‘izdan davomli nafas olish, ovozni ixtiyoriy ishga sola olish qobiliyatlarini rivojlantirish. 
«YOzmi yoki qishmi?» 
Mazmuni. Tarbiyachi: «YOzda quyosh nur sochadi, mayin va iliq shamol esadi. U 
shunday esadi: fff...Qishda sovuq bo‘lib, kuchli shamol esadi, u shunday ovoz chiqaradi: 
vvv...». Tarbiyachi dastlab bolalarga mayin shamol qanday esishini, so‘ngra esa, kuchli shamol 
qanday esishini ko‘rsatib berishni taklif qiladi. 
So‘ngra tarbiyachi «f» tovushini, keyin - «v» tovushini davomli talaffuz qiladi, bolalar 
esa qaysi fasl ekanligini, ya‘ni qishmi yoki yozligini aniqlashlari lozim. 
Metodik ko’rsatmalar. Bolalar «f» va «v» tovushlarini bir nafasda to‘g‘ri va davomli 
talaffuz qilishlarini nazorat qiling. «F» va «v» tovushlarini talaffuz qilishda pastki lab yuqori 
qatordagi tishlar bilan birga darcha hosil qilishi va undan havo chiqishini, ayni paytda «f»ni 
talaffuz qilishda havo sekin chiqishi, «v» tovushini aytishda esa kuchli bosim ostida chiqishini 
ko‘rsating. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling