Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bo’ri va it 
Maqsad: Tinglash qobiliyatini va «v» tovushini aniq talaffuz qilishni tarbiyalash. Bir 
vaqtning o‘zida og‘izdan uzun nafas chiqarishni, ovoz balandligini o‘zgartirishni mashq qilish. 
1-variant: Tarbiyachi bolalarga bo‘rining qanday uvillashini tinglashni taklif kiladi 
(sekin ovozda: uvvvv...), so‘ngra itning qanday xurishini tinglashni taklif qiladi (baland 
ovozda: vov-vov). Uning ko‘rsatmasi bo‘yicha bolalar ovoz balandligini oshiradilar, bo‘rining 
uvillashi va itning xurishiga taqlid qiladilar. 
Metodik ko’rsatmalar: Taqlidlarning to‘g‘ri talaffuz etilishini nazorat qiling. Bo‘rining 
uvillashi past ovozda, itning xurishi baland ovozda. 
2-variant: Tarbiyachi bolalarga bir nafasda bo‘rining uvillashi, itning xurishi va yana 
bo‘rining uvillashini ko‘rsatishni taklif kiladi. Bolalar bu jonzotlar ovoziga ketma-ket taklid 
qiladilar: past-baland-past. 
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning ovozni pasaytirish va kuchaytirishni boshqa nafas 
olmasdan bir nafasda amalga oshirishlari, past ovozdan baland ovozga oxisa o‘tishlarini nazorat 
qiling. 
3 yoshdan 5 yoshgacha. 
«S» tovushi 
Maqsad: Artikulyatsiya apparati organlarining aniq harakatlari va ularning to‘g‘ri holatini 
mashq qilish. 
«Farruxning qanday jaxli chiqishi va uning qanday quvonishini ko’rsat» 
Mazmun: Tarbiyachi bolalarga Farruxning jaxli chiqqanida uning lablarini mana bunday 
qilib cho‘chchaytirishini (lablarini shishiradi), Farrux xursand bo‘lganida esa uning jilmayishini 
(lablarini cho‘zadi, yuqori va pastki tishlarini ko‘rsatadi) aytadi. 
Tarbiyachi: «Endi esa men sizga Farrux haqida hikoya qilib bermoqchiman. Uning jaxli 
chiqqanida siz lablaringizni cho‘chchaytirasiz (lablarini shishirib ko‘rsatadi), u xursand bo‘lganida 
esa siz jilmayasiz... Farruxning oyisi unga mashina olib berdi. Farrux xursand, u jilmaymokda... U 
mashinasini ko‘tarib, ko‘chaga o‘ynagani chiqdi, tashqarida esa yomg‘ir yog‘moqda, u nima 
qilishini bilmay qoldi. Alisher Farruxdan mashinasini o‘ynash uchun berib turishni iltimos qildi. 
Farrux mashinani bergisi kelmadi, u lablarini cho‘chchaytirdi. Ko‘p o‘tmay bulutlar tarqab, quyosh 
chikdi. Farrux jilmaydi va Alisherga dedi; «Ketdik, mashinamni birga o‘ynaymiz». 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning jilmayish uchun lablarini qiynalmasdan cho‘zishlarini va 
old tishlarini ko‘rsatishlarini nazorat qiling. Lablar oldinga cho‘zilganida ular bir-biriga tegib turishi 
lozim. 
«Sayrda» 
Mazmuni: Pedagog bolalarga qarab, deydi: «Bizning tilimiz sayr qilishga qaror qilibdi. U 
o‘z uyini ochdi (og‘zini ochadi), dastlab chapga, so‘ngra o‘ngga qaradi, keyin yana chapga, 
o‘ngga qaradi, qarasa hech kim yo‘q. SHuning uchun panjaraga yotib, quyoshga toblanmoqchi 
bo‘ldi (tilini pastki tishlari ustiga qo‘yadi)». 
Bu vaqtda bolalar tarbiyachi harakatiga taqlid qiladilar. 
Metodik ko’rsatmalar: Keng tilning pastki old tishlar ustida bemalol yotishini nazorat 
qiling. 
«Qorcha uchqunlamokda» 
Mazmuni: Bolalarga «qor uchqunlari» - ipga terilgan paxta tutamchalari tarqatiladi. 
Bolalar, shamolni tasvirlaganlari holda shoshmasdan «qor uchqunlarini» puflaydilar. 
Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning yuzlarini shishirmagan holda uzoq vaqt mobaynida 
bir tekis puflashlarini nazorat qiling. 
2-ish turi: 
Maqsad: Artikulyatsiya apparati harakatlarini aniqlashtirish, alohida ajratilgan «S» 
tovushini to‘g‘ri talaffuz etish. Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, uzoq vaqt davomida 
og‘izdan nafas chiqarishni mashq qilish. 
«Nasos» 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling