Nutqiy muloqotning sotsiolingvistik xususiyatlari
Download 357.51 Kb. Pdf ko'rish
|
64db355a893f0 125
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqiy muloqotning boshlanishi
so’zlarni qo’llash. Chunki me’yoridan ortiq xushomad va maqtov nafaqat maqtov
egasi, balki atrofdagi boshqa tinglovchilar uchun ham noqulaylik tug’diradi va seziladi. Natijada bunday maqtov va xushomad hurmat sanalmaydi. Har qanday nutqiy vaziyatga mos ravishda insonlar salomlashish, iltifot, kechirim so’rash, tabriklash, minnatdorchilik izhor qilish, xayrlashish singari turli xil nutqiy muloqot so’zlaridan foydalanadilar va ularning har birining o’ziga xos va mos muomala shakllari mavjud. Adresat va adresant tomonidan olib borilgan nutqiy muloqot verbal va noberval shakllarda bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi. Bular: 1. Nutqiy muloqot boshlanishi. 2. Nutqiy muloqot jarayoni. 3. Nutqiy muloqot yakuni. Nutqiy muloqotning boshlanishi barcha millat va davlatlarda salomlashish hisoblanadi. Salomlashish – milliy, ma’naviy tamoyillarga asoslanadigan xatti- harakat shakli, nutq odobi unsuri. Har qanday nutqiy muloqot salomlashish jarayoni bilan boshlanadi. Bunday so’zlarga: assalomu alaykum – vaalaykum assalom, salom, yaxshimisiz – xudoga shukur, hormang – bor bo’ling, xush kelibsiz – xushvaqt bo’ling kabi til birliklari kiradi. Salomlashish bosqichi verbal va noverbal shakllarda ifodalanadi. Masalan, o’zbeklarda o’ng qo’lni ko’ksiga qo’yib salom beriladi. Salom beradigan inson yoshi va mavqei ulug’ bo’lsa, boshni ozgina oldinga egib, yengil ta’zim beriladi. Ayollar salomlashishi erkaklardan farq qiladi. Erkaklar suhbatdoshga o’ng qo’llarini cho’zib va maxkam qisib salomlashsa, ayollar nazokat bilan qo’l tirsaklarini ushlagan holda salomlashadilar. Yoshi, hurmati, mavqei yuqori va yaqin insonlar bilan esa ikki qo’llari bilan quchoq ochib ko’rishadilar. Masalan, Assalomu alaykum… Sog’milar, shaxzodam, – dedi Gulshan qo’lini ko’kragiga qo’yib, bolag’a bukilinqirag’an holatda. Shaxzoda javobsiz kulimsirab, Gulshanga biroz qarab turdida, ichkariga kirib ketdi. (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”) Download 357.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling