Nutqni rivojlantirish vositalari


Chiniqtish va sog’lomlashtirish


Download 131.56 Kb.
bet5/10
Sana30.04.2023
Hajmi131.56 Kb.
#1417428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nutqni rivojlantirish vositalari

Chiniqtish va sog’lomlashtirish.
Sog’lomlashtirish ishlari. Ertalabki badantarbiya vaqtida bolalarni yurish, sakrash hamda qo’l va oyoq gavdaga mo’ljallangan mashqlarni faol bajarishga odatlantirish.
Sayr vaqtidagi harakatli o’yinlar davomida jismoniy tarbiya bo’yicha o’rgangan o’yin qoidalariga rioya etishga undash, turli guruhlardagi rollarni bajarish ko’nikmalarini o’stirish. Faslga qarab velosiped haydash, rolikli konki, chana uchish, milliy kurashning ayrim usullarini o’rganish.
O’quv yili oxirida bolalar gavdani tik holda tutib, erkin yurish va yugurish gimnastika devoriga chiqib tushishni hamda o’z ixtiyori bilan harakatli mashqlarni bajarishni qo’llab-quvvatlash.
Har xil usullarda qo’l barmoqlari, tizza va oyoq panjalari, tovon va kaft, qorin kabilarda emaklashni, turgan joyda sakrash, yerga yengil tushish, turgan joyda 70 sm gacha sakrash, yerga chizilgan chiziq ustidan muvozanatni saqlagan holda chiziqdan chiqmay yurish, safga bittadan, juft-juft bo’lib, tekis saflanishni hamda fazoda chamalashni, ikki g’ildirakli velosiped uchish, o’ng va chapga burilishni bilishlari kerak.


Ertalabki badantarbiya. Har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini xonada, darchalarni ochib qo’ygan holda bajarish. Ochiq havoda esa sport kiyimida bajarish. Qo’l, oyoq, gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to’g’ri tutish.

Chiniqtirish. Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday ob-havoda ham harakatli o’yinlar o’ynash. Uyquga yotishdan oldin xonani shamollatish. Har kuni oyoqlarni yuvish, sekin – asta suv haroratini pasaytirib borish. Xona haroratidagi suvda ho’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni, ko’krakni, qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish. Suv haroratini har kuni 1 haroratdan pasaytirib borish.

Qomatni to’g’ri tutish. Qomat o’zgarishining oldini olishga yordam beruvchi jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarish (“qayiqcha”, “mushuk”, “velosiped”, “beshik”). Stol atrofida o’tirganda, uyqu vaqtida gavdani to’g’ri tutish. Qo’lni ikki yonda tutish, bosh bir muncha ko’tarilgan holda oldinga qarash.


Download 131.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling