Nutqni rivojlantirish vositalari


Download 131.56 Kb.
bet4/10
Sana30.04.2023
Hajmi131.56 Kb.
#1417428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nutqni rivojlantirish vositalari

Qomatni to’g’ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To’g’ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Mashg’ulotlarda, bir oz oldinga engashib, to’g’ri o’tirish, boshni haddan tashqari quyi solmaslik, ko’krak bilan stol chetlariga suyanmaslik, oyoqlarni to’g’ri yoki o’tmas burchak ostida bukib o’tirish.

Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o’yinlarda o’yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etish.

Harakatli o’yinlar.

Yurish va yugurishga oid o’yinlar. “Qo’g’irchoqlarnikiga mehmonga ”, “Yo’lakchadan, tayoqchadan hatlab o’t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqlar va avtomobil”, “Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda “ kabilar.

Emaklab o’ynaladigan o’yinlar. “Shaqildoqqacha emaklab bor”, “Maymunchalar”, “Darbozaga tushur”

Irg’itish va ilib olish. “To’pni ilib ol darbozaga kirgiz”, “Savatchaga tashla, menga irg’it” kabilar

Sakrab o’ynaladigan o’yinlar. “Mening sho’x koptogim”, “Oq quyonim”, “Ariqchadan sakrab o’t” kabilar.


    1. yosh bolalarning rivojlanish xususiyalari.

Bola to’rt yoshga yetgach, uning jismoniy o’sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo’yi 105-108 sm gacha o’sadi, og’irligi esa 18-19 kg bo’ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy- sifat o’zgarishlar sodir bo’ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo’ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni o’zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o’yinqaroq, o’ta qiziquvchan bo’ladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir.




Download 131.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling