Nutqni rivojlantirish vositalari


Harakatlantiruvchi tartib


Download 131.56 Kb.
bet6/10
Sana30.04.2023
Hajmi131.56 Kb.
#1417428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nutqni rivojlantirish vositalari

Harakatlantiruvchi tartib. Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, to’p, arqon, badminton o’ynash. Har kungi sayrlarda qatnashish, o’z tashabbusi bilan harakatlantiruvchi amallarni bajarish. Harakatli o’yinlar va mashqlarda faol qatnashish. Mas’uliyatli rolni bajarish, o’yin qoidalariga bo’ysunish, tezkorlikni, epchillikni rivojlantirish. Bir necha harakatli o’yinlarning mazmuni va qoidalarini bilish, ularni tashkil eta olish.
5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bu davrda bolaning bo’yi bu davrda 7-8 sm ga o’sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og’irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to’g’ri o’sishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga yetganda miya po’stlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo’lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalari rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.


Chiqtirish va sog’lomlashtirish.

Ertalabki gigienik badantarbiya mashqlari. Har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish. Badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil kiyimda predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash. Muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga keltirish, mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan holda bajarish.

Chiniqtirish. Xonada yengil kiyimda bo’lish, derazaning kichik darchasini ochib qo’yish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish. Kiyim va poyafzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Yuz, bo’yin, qo’lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. Badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki uy haroratdagi suvda ho’llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a’zolarini artish: avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish. Faqat kattalarning ruxsati bilan cho’milish, kattalarning nazorati ostida cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yurish. Chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarish.


Download 131.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling