- sulfanilamid preparatlari (biseptol, kotrimoksazol va h.k.).
Furunkulez
(Furunculosis) - surunkali, q aytalovch i, yangi-yangi
chipqonlar hosil bo'lishi bilan kechuvchi og'ir kasallik bo'lib, asosan,
gipovitam inoz, disproteinem iya, qandli diabet va boshqa xastaliklar,
intoksikatsiya tufayli vujudga keladi.
Klinikasi.
Terining turli sohalarida bir yoki bir necha furunkullar
qayta-qayta yuzaga kelib, ular turli rivojlanish bosqichida bo'ladilar.
Differensial tashxisi:
- Hidradenitis;
- Actinomicosis.
Davosi.
M a h a lliy davo:
furunkul davosiga qarang.
U m um iy davo.
- immunostimulyatsiya (autogemoterapiya, autovaktsina, stafilokokk
anatoksini, T-aktivin...);
- vitaminoterapiya (vitamin C, B guruhi);
- antibakterial preparatlar (doksitsiklin, eritromitsin va boshqalar).
A w a l antibiotikka mikroorganizmning ta’sirchanligini aniqlab, so'ng
tayin etiladi.
Karbunkul
(X o'p p oz, Carbunculus) - bir necha soch qopchasi va
ularning atrofidagi yumshoq to'qim alarning qo'shilgan o'tkir yiringli-
nekrotik yallig'lanishi bo'lib, ko'proq darmonsiz, ichki a ’zolari funksiyasi
buzilgan kishilarda uchraydi. K o 'p in ch a bunga yuzaki joy la sh g a n
piodermitlarni noto'g'ri davolash ham sabab bo'ladi.
Klinikasi.
Qattiq og'riqli chuqur joylashgan infiltrat paydo bo'lishi
bilan boshlanib, yuzasida bir necha follikulyar pustulalar bir vaqtda
yuzaga kelmagani uchun turli rivojlanish bosqichida bo'lishi mumkin.
Jarohatlangan to'qimalar vaqt o'tib nekrozga uchraydi va bir katta yara
hosil bo'ladi. Yara chetlari qizargan, notekis, yuzasida nekrotik to'qimali
bir necha tiqin (probka) b o‘ladi. Yara yuzasi katta bo'lib, qattiq og'riq,
Do'stlaringiz bilan baham: |