(14-rasm).
Yoriq (
fissura
,
ragades)
- terining qurib, elastikligining yo'qolishi
hisobiga yuzaga keladigan teri butunligining buzilishi. Yoriqlar to 'g ‘ri
chiziqli bo'lib, ko'p hollarda terining cho'ziluvchi sohalarida - burmalar,
og'iz burchaklarida uchraydi. Agar yoriq yetarli darajada chuqur bo'lib,
derma hatto gipodermani ham jarohatlasa, kuchli og'rib, yuzasi qonli
qaloq bilan qoplanadi, bitgach esa, chandiq hosil bo'ladi. Yuza yoriqlar
epidermis sohasidagina kuzatilib, qaloqlanmaydi va chandiqsiz bitadi
(14-
rasm).
Qaloq (
crusta) -
pufakcha, pufak, yiringchalar ichidagi ekssudatlar
qurishidan yoki eroziya, yaralar yuzasidagi ajratma qurishi natijasida
kuzatiladi. Shu sababli qaloqlar seroz, qonli, yiringli bo'lib, teri sathidan
ko'tarilib turadi. Yangi hosil bo'lgan qaloqlar yumshoq bo'lib, oson
ko'chadi, ular ostida eroziya yoki yaralar kuzatiladi. Uzoq saqlangan
qaloqlar qalin va qattiq bo'lib, ostidagi to'qimaga zich yopishgan bo'ladi.
Qaloq rangi ekssudat xarakteriga bog'liq bo'lib, agar seroz ekssudatdan
hosil bo'lgan bo'lsa, qo'ng'ir-sarg'ish qaloq, seroz-yiringli ajratmadan
esa sarg'ish-ko'kimtir qaloq, yiringli ekssudatdan esa kir-qo'ng'ir yoki
ko'kimtir qaloq, gemorragik ajratmadan esa qora qonli qaloq vujudga
keladi. Qaloqlar qaliniigi turli xil bo'lib, k o ‘p hollarda teridagi jarayonga
hamda qaloqning qachon hosil b o ‘lganiga bogiiq. Bir-biriga yopishgan,
natijada qalinlashib, teridan ko'tarilib turuvchi qaloqlar
r u p i ya
deb
ataladi. Qaloqning ko'rinishi, rangi, o'lchamiga qarab, u qanday birlamchi
elementlardan hosil bo'lganligini aniqlash mumkin. Qaloqdan tashqari,
kepakli qaloqlar ham tafovut etiladi, ular epidermis seroz ekssudatini
shimib, bir-biriga yopishgan qaloqlardir. Q aloqlardan farqli o'laroq,
kepakli qaloqlar sinmaydi, maydalanmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |