O bobojonov k. Jumaniyozov
- BOB. UZOQ MUDDATLI MOLIYAVIY QO’YILMALAR
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
7- BOB. UZOQ MUDDATLI MOLIYAVIY QO’YILMALAR
HISOBI 7.1. Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar tarkibi. Qimmatli qog’ozlar: aksiya, obligasiya, zaem va boshqalar. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslarning xo’jalik faoliyatini muvaffakkiyatli yuritish moliyaviy kuyilmalardan foydalanishga boglik, Ya’ni xozirda barcha korxona, tashkilotlar uz faoliyati davomida Moliyaviy kuyilmalardan kanchalik samarali foydalansa uning rentabellik darajasi oshadi xamda uning rivojlanish istikbolini belgilab beradi. Moliyaviy kuyilmalar birinchi navbatda real xujalik xisobini joriy etish imkonini beradi, uz xarajatlarini uzi koplash, uzini uzi mablag bilan ta’minlash, davlat korxonalari bilan bir katorda kichik, mustakil jamoa, kushma va shaxsiy korxonalar tuzishga yakindan kumak beradi.Кupchilik xujalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyat yuritishida investisiya faoliyati muxim unsur bulib xisoblanadi. Bozor iktisodiyoti sharoitida xujalik yurituvchi sub’ektlar uz mablaglaridan unumli foydalanishlari lozim, ya’ni boshka sub’ektlar faoliyatiga foyda olish maksadida mablag kiritishlari kerak buladi. Daromad olishning usullaridan biri boshka sub’ektlarning foyda taksimotida ishtirok etish uchun vaktinchalik bush turgan mablaglarni investisiyalashdir. Investisiya deganda boshka xujalik faoliyatiga ma’lum bir davr oraligida iktisodiy foyda ulush sarmoya kiritish tushiniladi. Moliyaviy kuyilmalar, ularni tasniflash va xisobga olish usuli tugrisidagi tushuncha, xamda ularga oid axborotni moliyaviy xisobotlarda aks ettirish “Moliyaviy kuyilmalar xisobi” nomli 12–son BXMS larda xisobga olib boriladi. Bu standartlarga muvofik Moliyaviy kuyilmalar-bu daromad olish, foizlar, royaliti, divident va ijara xaki singari va asosiy kapital kiymatini kupaytirish yoki investisiya kiluvchi kompaniya boshka iktisodiy foyda olish maksadida uning tasarrufida bulgan korxona aktivlaridir” degan tarif keltirilgan. Bundan tashqari hozirgi davrga kelib bozor iqtisodiyotining talablariga asosan davlat korxonalari tezkorlik bilan xissadorlik jamiyat (XJ)lariga, qo’shma korxonalarga, aksiyadorlar jamiyatiga aylantirilmoqda, ya’ni mulkchilik shakli o’zgartirilmoqda (privatizasiya qilinmoqda). Privatizasiya qilish- davlat mulki bo’lgan korxonalarni o’rnatilgan tartibda xissadorlarga, aksiyadorlarga sotishdir, ya’ni ushbu korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishdir. Ushbu korxona xodimlari, boshqa yuridik 304 va jismoniy shaxslar korxonaning aksiyasini belgilangan tartibda sotib olishi mumkin. Davlat tomonidan mulkchilik shaklini o’zgartirishning har xil variantlari ishlab chiqilib unda korxona xodimlariga beriladigan imtiyozlar va aksiyalar paketining nazorat hajmi belgilangan. Qanday variant qo’llanishidan qat’iy nazar xususiylashtirish, ya’ni mulkchilik shaklini o’zgartirish jarayoni to’rt bosqichni bosib o’tadi: a) korxonada privatizasiya qilish bo’yicha ishchi komissiyasi tashkil qilinadi; b) komissiyaning ishlash jarayoni tasdiqlanadi; v) aksiyadorlar jamiyatini ta’sis qilish ishlari amalga oshiriladi; g) chiqadigan aksiyalarni taqsimlash tartibi belgilanadi va taqsimlanadi. Кorxona rahbari tomonidan tashkil qilingan ishchi komissiyasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: korxona mulkini baholash- privatizasiya qilinadigan sub’ektning shu davrdagi qiymatini bozor bahosida aniqlash; xususiylashtirish variantlarini tanlash uchun xodimlarni etarli ma’lumotlar bilan ta’minlash, ya’ni sub’ekt xodimlariga zarur bo’lgan ma’lumotlar: uning kapitali, likvidlik darajasi, aktivlari va majburiyatlari; xususiylashtirish variantini tanlash maqsadida jamoa a’zolarining yig’inini o’tkazish, ushbu yig’inda privatizasiyaning qaysi variantining afzalliklarini muhokama qilish va tanlash; korxonani xususiylashtirish bilan bog’liq rejasini tuzish, tugatish balansi, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, qiymati va taqsimlash tartibini belgilash; korxona mulki baholangan dalolatnomani o’rganib chiqish va umumiy yig’inda tasdiqlash; AJning ustavini ishlab chiqish va davlat mulkini boshqarish qo’mitasiga zarur xujjatlarni- xususiylashtirish rejasi, mulk bahosi va ustavni taqdim qilish. Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi korxonani ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyatiga aylantirishga asos bo’ladigan xususiylashtirish rejasini tasdiqlaydi. Shundan keyin DMBQ davlat qaydnomasidan o’tish uchun ushbu sub’ektga ta’sis xujjatlari, ariza va aksiyalar chiqarishni qayd qilish uchun emissiya loyihasini (prospekti) beradi. Кorxona davlat qaydnomasini olgan kundan boshlab aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyatining bosh direktori rahbarligida direktorlar kengashi tasdiqlanib, unga bosh direktor vakili, DMBQ, mehnat jamoasi va mahalliy hukumat vakillari kiritiladi. 305 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling