O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
USTAV KAPITALINI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR 8310 Oddiy aktsiyalar 8320 Imtiyozli aktsiyalar 8330 Pay va ulushlar 9.2. Ustav kapitali va uni hisobga olish. Ustav kapitali ta’sis xujjatida belgilangan, sub’ektning mulkini tashkil etishda, uning faoliyatini bir maromda yurgazishda ta’sischilarning (qatnashuvchilarning) pul ifodasida qo’ygan mablag’lari (ulushlari, aksiyalari nominal qiymati)ning yig’indisidir. Bu schyotlarda ro’yxatdan o’tkazilgan aksiyalar qiymatining chegarasidagi yoki puli to’langan aksiyalarning nominal qiymatidagi ustav kapitali aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi ustavdagi ro’yxatdan o’tkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Sub’ektning ustav kapitalining ko’payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori bilan va sub’ektning nizomi va boshqa ta’sis xujjatlariga o’zgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin. 362 Ta’sischilar qo’yilmalarining xaqiqiy kelib tushishi 4610-«Ustav kapitali (fondi)ga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditiga o’tkaziladi, har xil aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti bilan bog’langan holda moddiy qiymatliklar va nomoddiy aktivlar, ustav kapitaliga kiritilgan qo’yilmalarning qiymati aniq, haqiqatda mavjud bo’lgan bozor bahosida yoki ta’sischilarning roziligi bo’yicha baholanadi. Ta’sischilar ulushining qaytarilishi ustav kapitalining miqdorini kamaytirmaydi. Hisobda bu muomala xuddi aksiyadorlar jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalaridek quyidagi 8610-«Sotib olingan o’zining oddiy aksiyalari» schyoti va 8620-«Sotib olingan o’zining imtiyozli aksiyalari» schyotlariga o’tkaziladi. 8310-«Oddiy aksiyalar" schyoti ovoz berish huquqiga ega bo’lgan oddiy aksiyalarning qiymati qo’shilgan holdagi aksiyadorlar kapitalining holati va harakati to’g’risidagi va imtiyozli aksiyalar uchun to’lanadigan dividendlar qayd etilgandan keyin qolgan sof daromadni taqsimlashda qatnashuvchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin uning nizom kapitali aksiyadorlarga taqdim etilgan o’z aksiyasining ulushini to’lashdagi mablag’larining hisobiga shakllanadi va ro’yxatga olingan emissiya yo’nalishidagi summa 8310-«Oddiy aksiyalar» schyotining krediti bo’yicha 4610-«Ustav kapitali (fondi)ga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining debeti bo’yicha aks ettiriladi. Aksiyalar uchun to’lovlar bo’yicha haqiqiy kelib tushgan mablag’larga 4610-« Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi » schyoti kreditlanib, pul mablag’larini, TMZ va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debet tomoni bilan korrespondensiyalanadi. Muomalada qatnashayotgan chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan a’zo bo’lish amalga oshirilgan) yoki e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) oddiy aksiyalarning har qaysi chiqarilishi bo’yicha alohida analitik hisob yuritiladi va hali chiqarilishi tugatilmagan, ammo ro’yxatdan o’tkazilgan miqdorda shunday aksiyadorlik kapitali sifatida aks ettiriladi. Aksiyadorlar jamiyati kapitalining huquqiylik darajasi uning nominal qiymatini aniqlab, aksiyalarni chiqarishga ruxsat berilganligini ro’yxatdan o’tkazishda belgilanadi. Qimmatbaho qog’ozlarni chiqarishni ro’yxatdan o’tkazish tartibi, odiy va imtiyozli aksiyalarni chiqarish sharti va ularning bank tomonidan sotib olinishi 26.04.1996 yil, 223-1-sonli «Aksiyadorlar jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonun va 10.07.1998 yil, 423- sonli «O’zbekiston respublikasining 363 xududida qimmatbaho qog’ozlarni ro’yxatdan o’tkazish va chiqarish tartibi to’g’risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi. Chiqarilgan aksiyalar 8310-«Oddiy aksiyalar» schyotida nominal qiymati bo’yicha hisobga olinadi, ularni sotishdan olingan summalar 8410 - «Emissiya daromadi» schyotida aks ettiriladi. Aksiyadorlar jamiyatlari o’zininng ustav kapitalini yangi aksiyalarni chiqarish yoki ularning nominal qiymatlarini oshirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatlarining ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalarning nominal qiymatining pasayishi hisobiga yoki kapitalga obuna to’g’risidagi xabarda obuna summasining miqdorini qoplamagan takdirda sub’ektlar tomonidan xususiy aksiyalarning bir qismini aksiya egalaridan sotib olishi hisobiga ro’y berishi mumkin. Aksiyalarni tugatish maqsadida ularni maydalab yuborish ya’ni, ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib umumiy miqdorini ko’paytirish lozim bo’ladi. Ushbu aksiyalarni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir kilmaydi, fakatgina yangi chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatini va muomaladagi aksiyalarning miqdorini ko’paytiradi. Ushbu muomalalar bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, lekin ushbu muomalalarni 8310-«Oddiy aksiyalar» schyotiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur. 8310-«Oddiy aksiyalar»ning hisobi bo’yicha analitik hisob xo’jalik axborotlarining shakllanishini ta’minlashi shart. 8320-"Imtiyozli aksiyalar» schyoti imtiyozli aksiya ko’rinishida chiqariladi, ovoz berish huquqiga ega bo’lmagan, lekin aksiya egasiga dividend kafolatini beradigan, ya’ni olingan foydani taqsimlash jarayonida oddiy aksiya egalariga nisbatan imtiyozi belgilangan (dividend olish kafolati) aksiyadorlar kapitalining holati va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun qo’llaniladi. Aksiyalarning hisobi 8320-«Imtiyozli aksiyalar» schyotida ushbu aksiyalarning nominal qiymati bo’yicha amlaga oshiriladi. Ushbu aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan har bir summa 8410-«Emissiya daromadi» schyotida qayd qilinadi. Imtiyozli aksiyalar bo’yicha analitik hisob xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha va kapitalning shakllanish bosqichi bo’yicha axborotlarning shakllanishini ta’minlashi shart. 364 8330 - «Pay va ulushlar» schyoti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-ning tashkiliy huquqiy shakllariga asosan davlat yoki xususiy, qo’shma korxonalarda qatnashuvchilarning badallari hisobiga tashkil qilingan kapitallarning holati va harakatini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Davlat korxonalari davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma mablag’lardan tashkil qilingan va o’rnatilgan tartibda ustav jamg’armalarini tashkil qiladilar. Ulush kapitali mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatini yuritish uchun ta’sischilar omonatlarining yig’indisidan tashkil topadi. Ulush jamg’armasi - mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektning birgalikdagi ishbilarmonlik faoliyatini yuritish uchun ishlab chiqarish kooperativi a’zolarining ulush badallari yig’indisidan tashkil topadi. Ustavda qayd qilingan va ta’sis xujjatlarda ko’rsatilgan ta’sischilarning ulushi va omonatlaridan tashkil topgan sub’ektning ustav kapitalini ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ta’sischilarning ulushi va omonatlarining summasi 8330 - «Pay va ulushlar» schyotining krediti va 4610-« Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» schyotining debetida qayd qilinadi. Ta’sischilar omonatining sub’ektga kelib tushishi 4610-« Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» (fondi)ga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditida va pul mablag’larini, moddiy va nomoddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlarning debet tomonida ko’rsatiladi. Ustav kapitali (fondi)ning analitik hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ektning har bir ta’sischisi bo’yicha ayrim olgan holda yuritilishi lozim. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling