O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

QO’ShILGAN KAPITALNI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
8410
Emissiya daromadi
8420
Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi
366


8410-«Emissiya daromadi» schyoti aksiyalarning nominal qiymatidan 
yuqori olingan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish 
uchun mo’ljallangan.
Кelib tushgan summalar 8410-«Emissiya daromadlari» schyotining 
krediti bo’yicha hisobga olinadi, xususiy aksiyalarni sotib olishda va sotib 
olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda kursdagi farqlarni qoplash 
uchun foydalanilganda ushbu muomalalar bu schyotning debeti bo’yicha 
hisobga olinadi.
Qo’shimcha to’langan kapitalning analitik hisobi oddiy va imtiyozli 
aksiyalar bo’yicha alohida yuritiladi. 
8420-"Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti ustav 
kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo’ladigan kursdagi farqlarni 
hisobga olish uchun mo’ljallangan.
Valyutada va valyuta qiymatliklari hisobiga ustav kapitalini 
shakllantirish vaqtida ustav kapitaliga badal to’lash vaqtida amal qilingan 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs 
bo’yicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklarini baholash va 
boshqa mulklarni ro’yxatdan o’tkazish vaqtida ta’sis xujjatlaridagi 
baholardan farq qilishi mumkin. Hosil bo’lgan bu kursdagi farqlar 8420 
-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotida hisobga 
olinadi. Baholardagi ijobiy farqlar, mulklar, valyutalar va valyuta 
qiymatliklari schyotlarining debeti bo’yicha va 8420-«Ustav kapitalini 
shakllantirishda kursdagi farqlar schyotining krediti bo’yicha, salbiy 
farqlar esa teskari tartibda (debet 8420 va kredit, mulk, valyuta va valyuta 
qiymatliklari schyoti) buxgalteriya o’tkazmalari bo’yicha aks ettiriladi. 
Baholardagi va kursdagi baholashning bu tartibda hisobdan chiqarilishi 
ta’sis xujjatlarida oldindan kelishilgan ustav kapitalidagi ta’sischilar 
ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi. 
Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo’lgan kursdagi farqlarning 
analitik hisobi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiya egalari bilan 
hisoblashishdan tashqari, har bir ta’sischi bo’yicha yuritiladi. 
Soliqqa tortishning tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq 
kodeksiga asosan belgilanadi.
Sub’ektning ta’sis xujjatlariga asosan, foyda hisobidan hosil qilingan 
Rеzеrvlari, aktivlarni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyasiya 
Rеzеrvlarini yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling