O bobojonov k. Jumaniyozov
Sotib olingan xususiy aktsiyalar tarkibi va uning hisobi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOTIB OLINGAN XUSUSIY AKTSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
9.5. Sotib olingan xususiy aktsiyalar tarkibi va uning hisobi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda ayrim hollarda aksiyalarning nominal yoki bozor bahosini ushlab turish yoki iqtisodiy obro’ga putur etkazmaslik uchun sub’ektlar ilgari sotilgan oddiy va imtiyozli aksiyalarni emitent (aksiyadorlik jamiyati) tomonidan keyinchalik qayta sotish yoki hisobdan chiqarish (bekor qilish) maqsadida sotib olishi mumkin. Ushbu sotib olingan o’z aksiyalarining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi: 8600 SOTIB OLINGAN XUSUSIY AKTSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR 8610 Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy 8620 Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (ma’suliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar va shunga o’xshaganlar) 8610-"Sotib olingan o’zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o’zining imtiyozli 372 aksiyalari" schyotlaridan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qabul qilingan tartibga muvofiq boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun ustav kapitaliga qo’ygan ulushini hisobga olish uchun qo’llaydilar. O’zining aksiyalarini sotib olishni hisobga oluvchi schyotlar 8300- " Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar"ni hisobga oluvchi schyotlarga nisbatan kontr-passiv schyot hisoblanib aksiyadorlar jamiyatining aksiyadorlik kapitalining kamayishini ko’rsatadi va balansda ko’rsatiladigan ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa hisoblanadi. Sotib olingan o’zining aksiyalari ularning qayta sotilishi vaqtigacha xech qanday huquqga ega emaslar; - ovoz berish, mulk, dividendlar olish va sub’ektni tugatish vaqtida aksiyadorlar jamiyati aktivning ulushi huquqiga ega emaslar. Agarda aksiyalar nominal qiymatda yoki undan yuqori bahoda sotilib keyinchalik emitent (jamiyat) tomonidan qayta sotib olingan bo’lsa boshlang’ich emissiya jarayoniga zid ravishda nominal qiymatidan past bahoda sotilishi mumkin. Emitent (jamiyat) tomonidan sotib olingan o’zining aksiyalarining qiymati 8610-"Sotib olingan o’zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o’zining imtiyozli aksiyalari" schyotlarining debeti tomonida nominal qiymatda yoki sotishning boshlang’ich bahosida emas, balki haqiqiy sotib olish bahosida qayd qilinadi. Emitentlar sotib olingan o’zining aksiyalarini sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotsalar ushbu muomalalar natijasidagi sotib olish va qayta sotish baholarining o’rtasidagi farq summani 9590-"Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlari" schyotining krediti tomonidan aks ettiradilar. Agarda ushbu aksiyalar sotib olish bahosidan kam bahoga sotilsa ushbu muomaladagi baholar o’rtasidagi farq zarar sifatida 9690-" Moliyaviy faoliyat bўyicha boshєa xarajatlar"schyotining debeti tomonida ko’rsatiladi. Agarda emitentlar o’zining aksiyalarini bekor qilish maqsadida ularni nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olsalar, qiymati va sotib olish bahosi o’rtasidagi farq summasi 9690-" Moliyaviy faoliyat bўyicha boshєa xarajatlar " schyotining debeti tomonida ko’rsatadilar. O’zining aksiyalarini hisobdan chiqarish (bekor qilish) uchun ularni nominal qiymatdan past bahoda sotib olsalar, nominal qiymati va sotib olish bahosi o’rtasidagi farq summasi 9590-"Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlari" schyotining kredit tomonida qayd qilinadi. 373 8610-"O’zining aksiyalarini sotib olish" schyotlari bo’yicha analitik hisob aksiyaning har bir turi va aksiya egalari bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi. 8600-O’zining aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi. 8610-"Sotib olingan o’zining oddiy aksiyalari" va 8620-"Sotib olingan o’zining imtiyozli aksiyalari". Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling