O bobojonov k. Jumaniyozov


___ yil 31 dekabridagi olinadigan schyotlarning


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

20___ yil 31 dekabridagi olinadigan schyotlarning 
taxlili, so’m
Xaridor
To’lanadi 
gan 
schyotlar 
bo’yicha 
jami
To’lov 
muddati 
kelmagan
1 kundan 
30 
kungacha 
muddati 
o’tgan
31 
kundan 
60 
kungacha 
muddati 
o’tgan
61 
kundan 
90 
kungacha 
muddati 
o’tgan
90 
kundan 
ortiq 
muddati 
o’tgan
"Maxmud va К"
15000
15000
"Anvar va К"
40000
40000
"Ravshanbek va 
К"
100000
90000
10000
"Islom va К"
25000
25000
Boshqalar
4260000 2100000 1400000 380000 220000 160000
Jami
4440000 219000 1425000 420000 245000 160000
Shubhali qarz-
larning foizi
1,0
2,0
10,0
30,0
50,0
Yuqoridagi keltirilgan misolda, to’lov muddatiga mos to’lanishi kerak 
bo’lgan kompaniyaning schyotlari aks ettirilgan. har bir olinadigan schyot 
guruhi bo’yicha turkumlangan: to’lov muddatidan oldin, 1 kundan 30 
kungacha muddati o’tgan, 31 kundan 60 kungacha, 61 kundan 90 
kungacha yoki 90 kundan ortiq muddati o’tgan. har bir guruh uchun 
oldindan kutiladigan shubhali qarzlarning foizi ko’rsatiladi.
"Ozod" kompaniyasi tomonidan 200... 31 dekabrga ko’tilayotgan 
shubhali qarzlar, so’m
Miqdori
Shubhali 
Shubhali 
157


sanalgan 
qarzlarning 
foizi
qarzlarning 
zahirasi
To’lov muddati etib 
kelmagan
2190000
1
21900
01-30 kun
1425000
2
28500
31-60 kun
420000
10
42000
61-90 kun
245000
30
73500
90 kundan ortiq
160000
50
80000
Jami:
4440000
245900
Bu jadvaldagi hisoblar, faqat 1% to’lov muddati kelmagan olinadigan 
schyotlar va 2% 1 kundan 30 kungacha muddati o’tgan schyotlarning 
to’lanmasligini ko’rsatib turibdi. Oldingi tajriba 31-60 kun, 61-90 kun va 90 
kundan ortiq muddati o’tgan olinadigan schyotlarining 10%, 30% va 50% 
to’lanmasligi mumkin bo’lganligini faraz qilishga yo’l qo’yadi. Natijada 
4440000 summaga teng olinadigan schyotlardan 245900 so’m kelib 
tushmaydi.
Faraz qilaylik, «Sherzod» kompaniyasining 4910-«Shubhali qarzlarning 
zahirasi» schyotida joriy kredit qoldig’i 80000 so’mni tashkil etadi. 
Shunday qilib, shubhali qarzlar bo’yicha taxmin qilingan xarajatlarning 
miqdori bir yilda 165900 so’mni tashkil etadi. hisoblar quyidagicha 
amalga oshiriladi:
Taxmin qilingan shubhali qarzlar................................245900
Minus:"Shubhali qarzlarning zahirasi" 
schyotining kredit 
qoldig’i........................80000.
Shubhali qarzlar bo’yicha xarajatlar.............................165900.
Agar 4910-"Shubhali qarzlarning zahirasi" schyoti debet qoldig’iga ega 
bo’lsa, uning miqdori taxmin qilingan shubhali qarzlarga qo’shilishi kerak.
Shubhali qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
31 dekabr:
Shubhali qarzlar bo’yicha xarajatlar............................165900.
Shubhali qarzlarning zahirasi....................................165900.
Ikki usul xam kreditga sof sotishdan foiz usuli va to’lov muddati 
bo’yicha olinadigan schyot usuli birga qo’llanilishi mumkin. Ularning har 
biri boshqasini tasdiqlash uchun qo’llaniladi. Oraliq hisobot uchun ko’p 
kompaniyalar o’zlarining schyotlarida oylik tuzatish yozuvlarining 
tejamkor bo’lgani uchun kreditga sotish usuliga asoslanadilar. Lekin, 
yilning oxirida ular shubhali qarzlar zahirasining qoldig’i summasini 
158


aniqlash uchun olinadigan schyotlarning to’lov muddatini tekshiradilar. 
Agar zahiraning qoldig’i (yilning oxiridagi tuzatishdan keyin), olinadigan 
schyotning to’lov muddati grafigida nazarda tutilgan qoldig’idan jiddiy 
ravishda farq qilsa, u vaqtda kreditga sotish bo’yicha foizni tuzatish kerak. 
hisobdan chiqarilgan har yilgi olinadigan schyot miqdori kamdan-kam 
hollarda 4910-«Shubhali qarzlarning zahirasi» schyotining kreditida aks 
ettirilgan taxmin qilingan miqdorga teng bo’ladi. Agar hisobdan 
chiqarilgan schyotlar bo’yicha summa shubhali qarzlarning zahirasidagi 
oldindan belgilangan miqdordan kamroq bulsa, 4910-«Shubhali 
qarzlarning zahirasi» schyoti kredit qoldig’iga ega bo’ladi. Agar hisobdan 
chiqarilgan schyotlar bo’yicha summa shubhali qarzlarning zahirasidagi 
oldindan belgilangan summasidan yuqoriroq bo’lsa, 4910-«Shubhali 
qarzlar zahiralari» schyoti debet qoldig’iga ega bo’ladi. 
Joriy yildagi shubhali qarzning dastlabki miqdorini aniqlash uchun 
qilingan tuzatish yozuvi hisobot davrining oxirida debet qoldig’ini bekor 
qiladi.
Ba’zan mijozlar oldindan bo’ladigan xaridning qiymatini xato 
aniqlashlari mumkin. Natijada schyot-fakturalar bo’yicha ma’lum 
summalarni ortiqcha to’laydilar. Agarda mijozlardan olinadigan 
schyotlarni qayd qilish jurnalida yuritilgan analitik schyotlarda kredit 
qoldig’i aniqlansa u «Olinadigan schyotlar»ning qoldig’iga ta’sir etmasligi 
kerak. Chunki kompaniya xaridorlarning ortiqcha to’lagan summalariga 
javob berganligi uchun ularning kredit qoldig’iga ega bo’lgan balansdagi 
summalari qisqa muddatli majburiyatlar moddasida aks ettirilishi lozim.
4910
 -«Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga 
oluvchi» schyoti bo’yicha analitik hisob har bir shubhali qarz va 
zahiraning paydo bo’lgan muddati bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling