O bobojonov k. Jumaniyozov


– «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» bilan


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

4800 – «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» bilan 
bog’liq xo’jalik operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Moliyaviy ijara bo’yicha to’lovlarning 
joriy qismi
4810
0920
151


2
Opеrativ ijara bo’yicha olinadigan 
summalarni hisoblash
4820
9350
3
Ijara bo’yicha qarzlarni qoplash uchun 
ijarachilardan summalar kеlib tushdi
5010-5530
4810, 
4820
4
Olingan vеksеllar bo’yicha foizlar 
hisoblandi
4830
9530
5
Mijozlardan kеlib tushadiganlar aks 
ettirildi:
a) foizlar
b) dividеndlar
v) royalti
4830
4840
4850
9530
9520
9510
6
Korxonaning bankdagi schyotiga foizlar 
va dividеndlar kеlib tushdi
5110-5530
4830, 
4840
7
Boshqa tashkilotlardan royaltining kеlib 
tushishi
5110-5530
4850
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining faoliyatida mahsuloti va 
tovarlarini sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatishi jarayonida ushbu 
muomalalarning kreditga amalga oshirilishiga yo’l qo’yadilar. Chunki 
ushbu usul yordamida mijozlarni o’ziga ko’proq jalb qiladilar.
Кompaniyaning to’lay olish tizimi takomillashgan va samarali 
bo’lishiga qaramasdan, kompaniyada kreditga sotib olgan xaridlarni 
to’lamagan mijozlar topiladi. Кreditga sotishda shubhali olinadigan 
schyotlarning mavjud bo’lishi muqarrar. Кompaniyalar juda konservativ 
(sotuvning tushib ketishiga olib keladigan) va juda liberal (shubhali 
olinadigan schyotning ko’payishiga olib keladigan) bo’lmagan kredit 
siyosatini ishlab chiqishga urinadilar. Mijozlarning oldingi to’lovlari, 
moliyaviy holati hamda daromadlarni olish istiqboli kredit berish bo’yicha 
qarorning qabul qilinishida asosiy omildir. Agar shubhali olinadigan 
schyotning ehtimoli bo’lsa va ularning baholanishi mumkin bo’lsa, unda 
taxmin qilingan shubhali qarzni schyotda aks ettirish kerak. Muvofiqlik 
tamoyili shubhali olinadigan schyotlardan ko’rilgan zararlarning 
realizasiya amalga oshirilgan hisobot davrida tan olinishini talab qiladi. 
Taxmin qilingan olinadigan schyot shubhali qarzlarga xarajat kabi aks 
ettiriladi - odatda savdo xarajatlari kabi, turkumlanadigan muomalaviy 
faoliyatdan xarajat sifatida. Agarda shubhali olinadigan schyot 
kutilmayotgan bo’lsa, u holda daromadning yoki olinadigan schyotlarni 
tuzatish (korrektiorovka qilish) kerak emas, olinadigan schyot esa shubhali 
152


qarzning tan olingan davrida hisobdan chiqariladi. Bu yondashuv bevosita 
hisobdan chiqarish usuli deyiladi.
Natijada sodir bo’lgan ushbu holatlarning yuritish uchun sub’ektlarda 
maxsus 4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrv» schyoti qo’llaniladi.
Ushbu schyotda sub’ektning daromadi hisobiga ayrim buxgalteriya 
hisobi ob’ektlarining qiymatiga aniqlik kiritish uchun ajratilgan zahiralar 
to’g’risida ma’lumotlar umumlashtiriladi. Shubhali qarzlar bo’yicha 
zahiralarning xosil bo’lish tartibi va ro’yxati O’zbekiston Respublikasi 
qonunchiligi bilan belgilanadi.
4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrv» schyotida shubhali qarzlar 
zahirasining holati va harakatining hisobi yuritiladi. Sub’ektning boshqa 
korxona va tashkilotlar, shuningdek, ayrim shaxslar bilan shubhali qarzlar 
bo’yicha 
hisoblashishlar 
uchun 
zahiralarning 
tashkil 
qilinishi 
9430-«Shubhali qarzlar bo’yicha sarflar» schyotiga olib borilishi lozim.
Shubhali qarz deb sub’ektning belgilangan muddatda (belgilanmagan 
bo’lsa - buning uchun etarli hisoblangan vaqti oralig’ida) qoplanmagan va 
tegishli kafolat bilan ta’minlanmagan debitorlik qarzi tushuniladi.
Shubhali qarzlar bo’yicha zahira hisobot yili oxirida sub’ektning 
debitorlik qarzlari bo’yicha inventarizasiyasini o’tkazish natijalarining 
asosida tashkil etiladi.
Zahiraning xajmi har bir shubhali qarz bo’yicha alohida, qarzdorning 
moliyaviy holati (to’lov qobiliyati) va qarzni umuman yoki qisman to’lash 
ehtimolini baholash asosida aniqlanadi.
Agarda shubhali qarz bo’yicha zahira tashkil etilgan yildan keyingi 
yilning oxirigacha ushbu zahiraning ma’lum bir qismi ishlatilmasa unda 
qolgan summa tegishli yilning daromadiga qo’shiladi.
Tashkil etilayotgan zahiraning summasiga debet 9430-«Shubhali qarzlar 
bo’yicha sarflar» schyoti va 4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrv» 
schyotida kredit yozuvlari amalga oshiriladi.
Balansdan avval sub’ekt tomonidan shubhali deb tan olingan va 
olinmagan qarzlarni chiqarishda debet 4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha 
rеzеrv» schyoti tegishli debitorlar bilan hisoblashishlar schyotlari 
korrespondensiyalanadi. Sarflanmagan shubhali qarzlar bo’yicha zahira 
summasini yilning daromadiga qo’shganda debet 4910-«Dargumon qarzlar 
bo’yicha rеzеrv» va 9390-«Boshqa muomalaviy daromadlar» schyotining 
kreditida qayd qilinadi.
Ushbu zahiralarni hisobga olish uchun buxgalteriya ma’lumotnomasi 
debitorlik qarzlarni taqqoslash dalolatnomasi, yuk xatlari, schyot-fakturalar 
va boshqalar ishlatiladi.
153


Agar shubhali olinadigan schyot ehtimol bo’lishi mumkin va 
hisoblanishi mumkin bo’lsa, hisobot davrining oxirida tuzatish yozuvi 
qilinishi kerak. masalan, agarda kompaniya 90000 so’mlik shubhali 
olinadigan schyot kutayotgan bo’lsa, shubhali qarz bo’yicha xarajatni aks 
ettiriladigan quyidagi tuzatuvchi yozuv – o’tkazma kiritiladi:
Boshqa muomalaviy qarzlar, ya’ni 9430.............................90000 so’m.
Shubhali qarzlar bo’yicha zahira – 8910.........................90000 so’m.
Shubhali qarzlarning zahirasi olinadigan schyotlarga kontrschyotdir va 
oldingi o’tkazmalarni amalga oshirish vaqtida shubhali olinadigan schyot 
manbasining aniqlanishi qiyin bo’lganligi sababli qo’llaniladi. Boshqa ikki 
faktni e’tiborga olish kerak: (1) aniq olinadigan schyotni hisobdan 
chiqarish va (2) avval hisobdan chiqarilgan olinadigan schyotning kelib 
tushishi. Shubhali qarzlarni tuzatish bo’yicha yozuvlar kelgusi shubhali 
olinadigan schyot uchun shubhali qarzlarga zahira yaratadi. Ba’zi 
olinadigan schyotlar shubhali olinadigan schyotning iqtisodiy ta’sirini 
taxmin qiladigan shubhali qarzning baholanishi bo’yicha o’tkazuv 
yozuvlari o’tkazilar edi. Shunday qilib, ma’lum olinadigan schyotni 
hisobdan chiqarish aktivlarning jami qiymatini, agarda ular faraz 
qilingandan ortiq bulmasa qisqartirmaydi. Olinadigan schyotlarning olish 
ehtimoli bo’lmaganida hisobdan chiqarish sodir bo’ladi. 
Masalan, mijoz «A» dan 100000 so’mlik olinadigan schyotlarni 
olishdan voz kechgan kompaniya quyidagi yozuvlarni amalga oshiradi:
Ma’lum olinadigan schyotning hisobdan chiqarish bo’yicha yozuvi:
Shubhali qarzlarning zahirasi............................100000 so’m
Mijoz «A» ning debitorlik qarzlari..................100000 so’m
Yuqoridagi yozuv daromadga yoki to’lanmagan olinadigan schyotning 
sof summasiga ta’sir ko’rsatmaydi. Teskarisiga, bu shubhali qarzlar 
bo’yicha baholash uchun tuzatish yozuvi bilan boshlangan jarayonidagi 
kulminasion yozuvdir. hisobdan chiqarish bo’yicha yozuv sub’ekt 
olinadigan schyotni shubhali deb tan olganidagina amalga oshiriladi.
Ba’zan, hisobdan chiqarishdan keyin olinadigan schyotlar bo’yicha 
summalar kelib tushishi mumkin. Bu, mijozning holati yaxshilanganida 
sodir bo’lishi mumkin. Bu holda pul mablag’larining olinishi kabi aks 
ettirilgan qarzni qayta tiklash bo’yicha teskari yozuv amalga oshiriladi. 
Masalan, faraz qilaylik, oldingi hisobdan chiqarish yozuvi amalga 
oshirilgandan keyin ma’lum vaqt o’tganidan keyin mijoz «A»dan 
olinadigan schyot bo’yicha 60000 so’m to’lashga layoqatli.
154


hisobdan chiqarilgan olinadigan schyotning qoplanishi va qayta 
tiklanishi bo’yicha yozuvlar tegishli schyotlarda quyidagicha qayd 
qilinadi:
Mijoz «A»ning debitorlik qarzi 4010....................60000 co’m.
Shubhali qarzlarning rezervi - 8910......................... 60000 so’m.
Pul mablag’lari 5110..................................................60000 so’m.
Mijoz «A»ning debitorlik qarzi 4010....................60000 so’m.
Moliyaviy hisobot tayyorlanadigan vaqtda qaysi schyotlar bo’yicha 
to’lov amalga oshirilishini aniqlash mumkin bo’lmaganligi sababli, 
kutilayotgan zararlarni qoplash summasini hisoblab chiqish zarur bo’ladi. 
Albatta, baholash katta farq qilishi mumkin. Кompaniyaning buxgalteri 
joriy iqtisodiy sharoitni hisobga olgan holda oldingi yillar amaliyotiga 
asoslanib zahira summalarini hisoblashlarni amalga oshiradilar.
Shubhali qarzlarni baholash bo’yicha ikkita umumiy usul mavjud: sof 
kreditga sotishdan foiz usuli (moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot) va 
to’lov muddatlari bo’yicha olinadigan schyotlarning hisob usuli. BXXSlari 
sharoitida ikkala usul ham maqbuldir. Birinchi usulning maqsadi shubhali 
qarz natijasida paydo bo’lgan xarajatlarni aniq o’lchashdan iborat. Ikkinchi 
usulning maqsadi olinadigan schyotlarning sof tannarxini aniq o’lchashdan 
iborat. 
Sof kreditga sotishdan foiz usuli moslik prinsipiga ta’sir qiladi. 
Tajribaga asoslanib, shubhali qarzlardan aniq zararlarning va kreditga sof 
sotishning o’rtacha foizi hisoblanadi. Кeyinchalik shubhali qarz xajmini 
aniqlash uchun bu foiz hisobot davrining haqiqatdagi sof realizasiyasi 
qo’llaniladi.
Masalan, «O» firmasining schyotlaridagi 20___ yil oxiridagi qoldiqlari 
quyidagicha aks ettirilgan:
Realizasiyadan
olingan daromadlar
Sotilgan tovarlarning qaytarilishi
va arzonlashtirilishi
64500000
400000
Savdo chegirmalari
Shubhali schyotlarning zahirasi
500000
360000
155


Faraz qilaylik, oxirgi 3 yil mobaynida shubhali qarzlar bo’yicha zararlar 
quyidagi summani tashkil etgan:

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling