O bobojonov k. Jumaniyozov
-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AКTIVLARNI
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy aktivlar
5-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AКTIVLARNI
HISOBGA OLISH 5.1. Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi. Jamiyatga zarur bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan foydalaniladi. Mehnat vositalari deb, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan mehnat qurollari hamda shu ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan, lekin uning uchun ma’lum sharoitlar yaratib, uni tashkil qilishga uzoq muddat xizmat qiladigan mulklarga aytiladi. Ularga imoratlar, inshootlar, uzatuvchi mos- lamalar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, uy-joy binolari, xo’jalik inventarlari va hokazolar kiradi va uzoq muddatli aktivlar hisoblanadi. Asosiy vositalar tushunchasi. Uzoq muddatli aktivlar – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’lib: a) bir yildan ko’proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo’ladi; b) ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladi yoki ijaraga beriladi; v) sotish uchun mo’ljallanmaydi. Uzoq muddatli aktivlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: Moddiy aktivlar (asosiy vositalar); jismoniy tabiiy ko’rinishga ega bo’lgan, uzoq muddatda foydalaniladigan, aktivlar; erlar, binolar, inshootlar, uskunalar, tabiiy resurslar va shunga o’xshashlar. Moddiy aktivlar ham o’z navbatida uchta guruhga bo’linadi: amortizasiya qilinishga tegishli bo’lgan moddiy aktivlar, masalan, binolar, inshootlar, uskunalar, mebellar, qurilmalar; emirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan foydali qazilmalar, o’rmon boyliklari va shunga o’xshashlar; amortizasiya yoki emirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan er; Nomoddiy aktivlar - moddiy ko’rinishiga ega bo’lmagan, lekin sub’ektning mulki hisoblanib ularni sotib olishga oldindan sarflar amalga oshirilgan va kelgusida sub’ektga daromad keltiradigan aktivlardir. Nomoddiy aktivlar quyidagi aktivlar sifatida aniqlanadi: kompaniya faoliyatida faol katnashadi, investisiya sifatida yoki qayta sotish maqsadida saqlanilmaydi; reja bo’yicha joriy hisobot davri tugashidan keyin manfaat keltirishi kerak; hamma vaqt ham moddiy asosga ega emas. 175 Nomoddiy aktivlarning qiymati faqat imtiyozlar yoki tadbirkorlik huquqlari bilan ifodalanib, muomalaviy, moliyaviy yoki foizli daromad keltiradi. Masalan, gudvil, patentlar mualliflik huquqlari, savdo markalari. Mehnat vositalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o’zining jismoniy ko’rinishini saqlab qoladi. Lekin ular mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq muddat qatnashadi hamda asta-sekin eskirib boradi va eskirgan qismi ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxiga qisman o’tkazilib boriladi. Sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar sub’ektga olinadi va foydalanishga beriladi, eskiradi, ta’mirlanadi, bir bo’limdan ikkinchi bo’limga o’tkaziladi, eskirishi, sotilishi va tekinga berilishi natijasida sub’ektning hisobidan chiqariladi, vaholanki doimo harakatda bo’ladi. Sub’ektlar asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, boshqa sub’ektga sotish, tekinga (ehson sifatida) berish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha tekinga foydalanishga berish va hisobdan chiqarish xuquqlariga egadirlar. Ushbu huquqlardan faqatgina dastlabki xujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri to’lg’azish natijasidagina samarali foydalanishi mumkin. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri mavjud asosiy vositalarni to’g’ri hisobga olish va ularni mulk sifatida saqlash, ta’mir qilish, asosiy vositalarning kelishini, chiqib ketishini va sub’ektning ichidagi harakatini tegishli xujjatlarga asosan hisob registrlarida to’g’ri aks ettirib borishdan iborat. Shuningdek buxgalteriya hisobi asosiy vositalarning mahsulot tannarxiga o’tkazayotgan eskirish summasini to’g’ri aniqlash uchun ham xizmat qiladi va ushbu hisoblangan eskirish summasini kalkulyasiya ob’ektiga qaysi tartibda olib borishni ko’rsatib beradi. Asosiy vositalarni buxgalteriyada hisobga olishning eng asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, u mavjud asosiy vositalardan to’g’ri va unumli foydalanib, imkoni boricha ko’p va sifatli mahsulot ishlab chiqarishni va ishlab chiqarishga sarflangan har bir so’mning rentabellik darajasini oshirishni ta’minlashi kerak. Chunki mavjud qarorlarga ko’ra, barcha sub’ektlar mulklar uchun byudjetga soliq to’lashlari kerak. Bu to’lovlarning summasi mulklarning miqdoriga qarab mutanosib ravishda o’zgaradi, asosiy kapitalning qiymati oshgan sari to’lovlarning summasi ham oshib boradi, bu esa sub’ekt foydasining kamayib ketishiga ta’sir qiladi. Bunday iqtisodiy siyosat sub’ektlarni ortiqcha asosiy mablag’lardan 176 voz kechishga, eng zarur bo’lgan asosiy vositalarni olib qolib, ulardan unumli foydalanishga majbur qiladi. Buxgalteriya hisobi yordamida sub’ektda bekor turgan va ortiqcha asosiy vositalar aniqlanadi, ularni boshqa tashkilotlarga ijaraga topshirish yoki sotish choralarini ko’rishga yordam beradi va mavjud asosiy vosita- lardan qanday foydalanayotganligi va ulardan yana ham unumliroq foydalanish yo’llarini izlab topishga yordam beradi. Asosiy vositalar ishlab chiqarishga qatnashishi nuqtai nazaridan ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalari va noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalariga bo’linadi. Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalardan moddiy ishlab chiqarish sohasida foydalaniladi, ishlab chiqarishning bir nechta jarayonida qatnashib, asta-sekin eskiradi, o’zining qiymatini yaratilgan mahsulotning, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatning tannarxiga qisman o’tkazib boradi. Ularga moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o’tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, yirik shohli ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko’p yillik daraxtlar va boshqa mehnat vositalari ki- radi. Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan madaniy-maishiy, sog’liqni saqlash muassasalari, kommunal xo’jalik korxonalari va shu kabi tarmoqlarga xizmat qiladi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi, lekin sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda yordam beradi. Ular ishlatish jarayonida asta-sekin eskirib, o’z qiymatini qisman yo’qotib boradilar. Asosiy vositalar xalq xo’jaligining qaysi tarmog’ida ishlatilishiga qarab, shuningdek tarmoqlar (sanoat, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va hokazo) bo’yicha ham guruhlashtiriladi. Asosiy vositalarni xalq xo’jaligining tarmoqlari va turlari o’rtasida taqsimlashda ular yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar qanday tarmoq yoki faoliyatning turiga taalluqliligiga qarab, tegishli asosiy vositalar ham o’sha tarmoq yoki faoliyat turiga kiritiladi, masalan, xalq xo’jaligining tarmoqlaridagi, shu jumladan sanoat ishlab chiqarishidagi asosiy vositalarning qanday maqsadda foydalanishi va qanday ishlarni bajarishiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Imoratlar – bularga sex, ombor, tajribaxona, idora, o’t o’chirish deposi, garaj va shunga o’xshash mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tashqi 177 atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi va moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi binolar kiradi. 2. Inshootlar – bularga mehnat buyumlarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmagan, texnikaviy vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladigan suv minorasi, ko’priklar, temir yo’llar, asfalt ko’chalar, devorlar, nasos stan- siyalari, kanallar va hokazolar kiradi. 3. O’tkazuvchi moslamalar – bular yordamida elektr va issiqlik energiyasi, hamda mexanika energiyasi o’tkaziladi, bir inventardan ik- kinchi inventarga suyuq va gazsimon moddalar yuboriladi. Bunday moslamalarga elektr o’tkazish yo’llari, gaz suv va bug’ o’tkazuvchi quvur yo’llar, telefon o’tkazuvchi simlar, kabellar va hokazolar kiradi. 4. Mashina va asbob uskunalar, shu jumladan: a) kuchlantirish mashinalari va asbob-uskunalar (issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlari, transformatorlar, yordamchi stansiyalarning asbob-uskunalari); b) ish mashinalari va asbob-uskunalar (mahsulotni yaratish yoki ishlab chiqarish xususiyatidagi xizmatlarni bajarish jarayonida mexanik ta’sirni ko’rsatuvchi mashinalar, jumladan tokarlik stanoklari, tikuv mashinalari, kranlar, kompressorlar); v) o’lchov va tartiblovchi uskunalar, moslamalar va tajribaxonaning asbob-uskunalari; g) hisoblash texnikasi; d) boshqa xil mashina va asbob-uskunalar. 5. Transport vositalari – samolyotlar, avtomashinalar, vagonlar, kemalar, aravalar, avtobuslar va hokazolar kiradi. 6. Uskunalar – asosiy vositalarning ushbu turiga mehnat buyumlariga ishlov berishga xizmat qiladigan mexanizasiyalashtirilgan yoki mexanizasiyalashtirilmagan qo’l mehnatining qurollari yoki mashinalari kiradi. 7. Ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, jihozlar va boshqa asosiy vositalar – xo’jalik va idora inventarlari, idora jihozlari, yozuv mashinalari, telefon apparatlari, texnika kutubxonalari va boshqa buyumlardan iborat. 8. Ishchi va mahsuldor hayvonlar (otlar, tuyalar, ho’kizlar, sigirlar, buqalar, qo’toslar, qo’ylar, echkilar va boshqalar). 9. Кo’p yillik daraxtlar – mevali, dekorativ va ixota daraxtlari. 10. Boshqa asosiy fondlar (kutubxona fondlari, muzeydagi qiymatliklar (muzeydagi eksponatlardan tashqari) zoopark va boshqa muassasalardagi tirik hayvonlarning eksponatlari, byudjet muassasalari va tashkilotlarida 178 asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan ish kiyimlari, o’rin-ko’rpalar, kiyim va poyabzal, sahna uskunalari hamda ijarachining balansida hisobga olinadigan ijaraga olingan asosiy vositalarga ketgan kapital sarflar). Asosiy vositalar foydalanilishiga qarab harakatdagi, Rеzеrvdagi va harakatsiz yotgan asosiy vositalarga bo’linadi. Xo’jalik jarayonida foydalanilayotgan barcha asosiy vositalar harakatdagi asosiy vositalar deb hisoblanadi. Rеzеrvdagi asosiy vositalar deb kapital tuzatishdagi va eskirishi natijasida ishdan chiqqan mehnat vositalarini almashtirish uchun mo’ljallangan vositalarga aytiladi. Buxgalteriya hisobi har bir sub’ektda mavjud Rеzеrvdagi asosiy vositalar ushbu sub’ektga kerakli miqdorda bo’lishini nazorat qilib borishi va ularning me’yordan oshishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Harakatsiz yotgan asosiy vositalar deb sub’ektning o’zida yoki uning ayrim bo’linmalarida ishlab chiqarish faoliyatining to’xtab qolishi (tegishli tashkilotlar tomonidan to’xtatib qo’yilishi) natijasida ishlatilmayotgan va sub’ektning omborlarida bekor turgan mehnat vositalariga aytiladi. Sub’ektlarning qaramog’ida ularning o’zlariga tegishli asosiy vositalardan tashqari vaqtincha foydalanishga, ya’ni ijaraga olingan asosiy vositalar ham bo’lishi mumkin. Shuning uchun asosiy vositalar mazkur sub’ektlarga tegishliligiga qarab ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga sub’ektning mulki hisoblangan asosiy vositalari kirsa, ikkinchi guruhga ijaraga olingan asosiy vositalar kiradi. Sub’ektning asosiy vositalari ushbu sub’ektning balansida aks ettirilib, ijaraga olingan asosiy vositalar ham sub’ektning ushbu balansida aks ettiriladi va ular bo’yicha ushbu sub’ektda amortizasiya (eskirish) hisoblanmaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling