O bobojonov k. Jumaniyozov


Pul mablag’lari evaziga xarid qilinadigan asosiy vositalar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Pul mablag’lari evaziga xarid qilinadigan asosiy vositalar.
Mavjud binoni sotib olishda uning qiymatiga xarid bahosi, ta’mirlash 
bilan bog’liq xarajatlarni va uni ishchi holatga keltirish bo’yicha xarajatlar 
kiritiladi. Agarda firma o’zi bino qursa, unda uning qiymatiga zarur 
bo’lgan barcha xarajatlar (materiallar, mehnat haqi, ustama va bilvosita 
xarajatlarning bir qismi, arxitektorlarga mukofotlar, qurilish davridagi 
sug’urta xarajatlari, advokatlar xizmati uchun to’lovlar, ob’ektni qurish 
uchun qurilish davrida berilgan kredit bo’yicha to’lovlar, qurilish uchun 
ruxsat olish qiymati) kiritiladi. Agarda qurilishni olib borishda 
pudratchilarning xizmati zarur bo’lsa, unda shartnoma bahosidan tashqari, 
qurilayotgan ob’ektni foydalanishga tayyorlash uchun zarur bo’lgan 
xarajatlar ham qo’shiladi.
Кreditga sotib olingan asosiy vositalar.
183


Baholash tamoyillariga muvofiq, kreditga sotib olingan aktivning 
qiymati bu: 
1.
Sotib olingan ob’ektning pul o’lchovidagi bahosi (bozor qiymati).
2.
Qarzdorlik xujjatlari bo’yicha kelajakda to’lanishi zarur bo’lgan pul 
mablag’lariga tegishli bo’lgan bozordagi foiz darajasi bo’yicha 
diskontlangan joriy qiymati.
Agarda qarzdorlik xujjati foizsiz va aktivning joriy pul qiymatini 
aniqlash imkoni bo’lsa, unda puldagi qiymatidan to’lanadigan summa foiz 
bo’yicha xarajatlar sifatida qaraladi va butun qarzdorlik davrida 
taqsimlanadi. Agarda puldagi qiymatini aniqlash imkoniyati bo’lmasa, foiz 
bo’yicha umumiy xarajatlarni aniqlashda va aktivning joriy qiymatini 
hisoblash uchun ustunlikka ega bo’lgan foiz darajasidan foydalaniladi. 
Aktiv puldagi qiymatga ekvivalent bo’lgan bahoda ifodalaniladi.
Кapitalning aksiyalariga almashtirish evaziga sotib olingan asosiy 
vositalar.
Кapitalning aksiyalari asosiy vositalarni sotib olish maqsadida 
chiqarilgan taqdirda, aktivlar va ularning haqiqiy bozor qiymati bo’yicha, 
yoki chiqarilgan aksiyalarning bozor qiymati bo’yicha (ulardan kaysi biri 
ob’ektiv va haqqoniy bo’lishiga qarab) aks ettiriladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling