O bobojonov k. Jumaniyozov
Hadyaga olingan asosiy vositalar
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat yordami sifatida olingan asosiy vositalar.
Hadyaga olingan asosiy vositalar.
Shunday hollar bo’ladiki, qachonki davlat organlari yoki boshqa notijorat tashilotlari biron bir kompaniyaga u yoki bu hududda ishlab chiqarishni joylashtirishni rag’batlantirish maqsadida asosiy vositalarni hadya sifatida beradilar. Shunday yo’l bilan mahalliy hukumat organlari mahalliy soliq bazasini yaxshilashga va aholining bandlik darajasini ko’tarishga harakat qiladilar. Ba’zi hollarda kompaniyalarga asosiy fondlar ma’lum bir shartlar bilan beriladi. Hadya qilingan asosiy vositalar baholash prinsiplariga qat’iy rioya qilinib hisobda faqat haqiqiy qiymat bo’yicha, ifodalaniladi. Aktivlar va xususiy kapital schyoti, hadya qilishda aktivning joriy bozor qiymatini haqiqiy baholash natijasida ko’payib boradi, agarda topshirilayotganda qandaydir shartlar qo’yilmagan bo’lsa. Xususiy kapital schyotining ko’payishi hadya qilingan aktiv va firma kapitalining ko’payishini bildiradi. Firma bu resurslarini o’zi ishlab topmagan. Biroq kelgusida bu aktivlardan foydalanish natijasida daromadning ko’payishi mumkin. Hadya qilingan aktivning bozor qiymatiga asoslangan amortizasiya summasi daromad summasi bilan muvofiqlashtiriladi. Agarda hadya qiluvchi hadya qilgan aktividan foydalanishda cheklanishlar belgilasa, bu cheklanishlar bilan bog’liq bo’lgan, taxmin qilingan 184 xarajatlarni hisoblash va baholangan qiymatini aks ettirishda uning bozor qiymatidan bu xarajatlarni ayirish lozim. Hadyaga olingan eskiradigan aktivlar hisob registrlarida aks ettirilgan baholar asosida oddiy usulda amortizasiyalanishi kerak. Davlat yordami sifatida olingan asosiy vositalar. Ba’zi bir hollarda aktivlar to’g’ridan-to’g’ri hadya evaziga olish o’rniga davlatning turli bo’g’indagi organlari yordamida olinadi. Bunday dasturlar ko’pincha yordamni qoplash maqsadida firmadan bandlikning ma’lum darajasini saqlab turish yoki atrof muhitning ifloslanishi ustidan nazoratni saqlab turishni talab qiladi. Agarda shart bajarilmasa, firmadan olingan yordam qiymatining qaytarilishini talab qilishlari mumkin. Yordam shartlarining tahlili buxgalteriya hisobi jarayonlaridan qanday foydalanish kerakligini ko’rsatadi: 1. Joriy xarajatlar yoki daromadlarga taalluqli bo’lgan yordam summasi davrining sof foydasini aniqlashda hisobga olinishi kerak. 2. Кelgusi davrlarga taalluqli bo’lgan yordam summasining muddatini uzaytirish va daromadlarga olish kerak, chunki u bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar paydo bo’ladi. 3. Asosiy vositalarni olish bilan bog’liq bo’lgan yordam yoki asosiy vositaning amortizasiyasi olib tashlangan holdagi boshlang’ich bahosidan ayirib tashlanishi kerak, yoki uning muddatini uzaytirish zarur va eskiradigan asosiy vositalar qanday amortizasiya qilinsa, shunday qoidalar bo’yicha amortizasiyalanishi kerak. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling