O bobojonov k. Jumaniyozov


O’zining kuchlar bilan (xo’jalik usulida) qurilgan aktivlar


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

O’zining kuchlar bilan (xo’jalik usulida) qurilgan aktivlar.
Ba’zi hollarda kompaniyalar o’zlarining foydalanishlari uchun 
aktivlarni quradilar. Qurish bo’yicha loyihalar bilan bog’liq to’g’ridan-
to’g’ri xarajatlar ushbu aktiv tannarxining bir qismi sifatida 
kapitallashtiriladi. Bu xarajatlar o’z ichiga moddiy xarajatlarni mehnat 
haqi xarajatlarini, hamda ustama xarajatlarni oladi. O’z navbatida ustama 
xarajatlar o’z ichiga ishlab chiqarish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq 
bo’lmagan umumiy xarajatlarni, jumladan kommunal xizmatlari, uskunaga 
qarab turish, nazorat qilish bo’yicha xarajatlarini oladi. 
Ba’zi bir umumiy ustama xarajatlar, hamda qurilish vaqtida foizlar 
bo’yicha sarflangan xarajatlar ushbu aktivlarning tannarxiga kiritiladi. 
qurilish ob’ektiga taqsimlanishi kerak bo’lgan umumiy ustama 
xarajatlarning summasini aniqlash, bir xilda emas va noaniqlikka olib 
keladi. Asosiy masala – o’zining kuchlari bilan qurilgan aktivlarning 
tannarxiga ustama xarajatlarni qanday taqsimlash kerak.
185


O’zining kuchlari bilan yaratilgan aktivning haqiqiy qiymati haqqoniy 
bozor qiymati bilan mos kelishi shart emas.
Qurilish bo’yicha to’plangan xarajatlar odatda «Tugallanmagan 
qurilish» schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Qurilishning tugashigacha bino 
«Bino va inshootlar» schyotida hisobga olinmaydi, chunki u hali ishchi 
holatda emas. qurilishning tugashi va foydalanishga topshirishda, tuzilgan 
dalolatnmoga asosan aktiv «Bino va inshootlar» schyotiga o’tkaziladi va 
amortizasiyalashga tegishli hisoblanadi.
Er amortizasiyalanmaydi, chunki uning qiymati kamaymaydi va ishlab 
chiqarish faoliyati jarayonida u emirilmaydi. Ba’zi hollarda er bahosining 
pasayishini aks ettirish uchun u qayta baholanadi. Er schyotiga xarajatlar 
foydalanishida bo’lgan uchastkalar bo’yicha kapitallashtiriladi. Erni 
tayyorlash bo’yicha xarajatlar, jumladan graduirovka, kanalizasiya, geodeziya 
ishlari bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar er schyotiga kapitallashtiriladi. Binolar 
schyotiga olib boriladigan er ishlari xarajatlaridan farqli o’laroq bu ishlar 
erdan kelajakda foydalanish uchun va erning bahosini oshirish uchun zarurdir.
Rekonstruksiya yoki bino qurish uchun er sotib olinayotganda mavjud 
bo’lgan konstruksiyalar va boshqa to’siqlarni olib tashlash bilan bog’liq 
xarajatlar er schyotiga kapitallashtiriladi. Olib tashlash bilan bog’liq bo’lgan 
bu xarajatlar erdan foydalanishning ko’pgina turlari uchun zarur. 
Кonstruksiyalarni buzishdan olingan materiallarni sotishdan olingan daromad 
bu xarajatlarni qisqartiradi. 
Davlat mulkini, jumladan ko’chalar, yo’laklar, kanalizasiya, ko’cha 
chiroqlarini asrash uchun mahalliy hukumat organlari tomonidan amalga 
oshiriladigan maxsus yig’imlar ham er schyotiga kapitallashtiriladi.
Obodonlashtirishning ma’lum bir turlari va boshqa takomillashtirish 
turlari, agar ular doimiy bo’lsa, misol uchun sun’iy ko’llar, o’rmon 
o’simliklarining qurilishi erning qiymatiga qo’shiladi. Bu turdagi 
takomillashtirishning hisobi, keyingi qismda ko’rib chiqiladigan erning 
obodonlashtirishidan farq qiladi.
Mulk solig’ini to’lash bo’yicha xarajatlar, sug’urtalash va er bo’yicha 
boshqa xarajatlar faqat joriy foydalanish vaqtidagina amalga oshirilmaydi. Bu 
xarajatlarning hisobi bir xil emas. Ayrim buxgalterlar bu xarajatlarning 
kapitalizasiya qilinishining to’g’riligi haqida ko’p tortishadilar. Bir tomondan, 
bu xarajatlar erni soliq reestrida aks ettirish va kompaniyani yuridik 
majburiyatlardan himoya qilish uchun zarurligiga qaramasdan, ular erning 
bahosini oshirmaydilar. Кo’p hollarda bu xarajatlar muvofiqlik va 
konservatizm nuqtai nazaridan xarajatlarga olib boriladi.
186


Investisiyalar qilish yoki ijara maqsadida foydalanilmaydigan erlar 
ushlab turilganda mulk solig’ini to’lash bo’yicha xarajatlar va sug’urta 
to’lovlari faqatgina erni sotishga yoki ijaraga berishga tayyorlash davri 
davomida kapitallashtiriladi.
Erni sotib olishda, ko’pincha uning qiymatidan tashqari to’lanadigan 
qo’shimcha xarajatlar paydo bo’ladi. Bu xarajatlarni, erning qiymati kabi 
«Er» schyotining debetida aks ettirish kerak bo’ladi. Bularga kuchmas 
mulk bo’yicha agentlarga komission to’lovlar; advokatlarning xizmatlarini 
to’lash; sotib oluvchi tomonidan to’langan soliqlar; drenaj, tozalash va 
tekislash xarajatlarining qiymati kiradi. 
Кapital qo’yilmalar deb sub’ekt tomonidan yangi asosiy vositalarni qurish, 
sotib olish, rekonstruksiya qilish, foydalanilmayotgan asosiy vositalar 
ob’ektlarining quvvatlarini kengaytirish va texnikaviy jihozlash uchun 
mablag’larning sarflanishiga aytiladi.
Qurilish ishlari maxsus pudratchi tomonidan yoki kapital qurilish 
bo’limi orqali xo’jalik usuli, ya’ni korxonaning o’z kuchi bilan olib 
boriladi. Shuning uchun qurilish-yig’ish ishlarini amalga oshirish usuliga 
qarab pudrat va xo’jalik usullariga bo’linadi.
Pudrat usulida qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi tashkilot pudratchi 
deb atalib, qurilishni mablag’ bilan ta’minlovchi tashkilot buyurtmachi deb 
nomlanadi.
Moliyalash (mablag’ ajratish) manbaiga qarab, kapital qo’yilmalar 
sub’ektning o’z mablag’i hisobiga amalga oshirilgan kapital qo’yilmalari, 
davlat subsidiyasi hisobiga, kredit va krazlar hisobiga amalga oshirilgan 
kapital qo’yilmalar va boshqa kapital qo’yilmalarga bo’linadi. 
Davlat subsidiyasi asosida kapital qo’yilmalarini moliyalashda shu 
maqsadlar uchun ruxsat etilgan korxona va tashkilotlarning o’z 
mablag’lari, byudjetdan ajratilgan mablag’lar va bank kreditlaridan 
foydalanish mumkin. Limitdan ortiqcha bo’lgan kapital sarflarni shu 
maqsadlarga ajratilgan moliyalash uchun markazlashtirilmagan moliyalash 
manbalaridan foydalaniladi. Boshqa kapital qo’yilmalar jamoa, shirkat va 
boshqa tashkilotlarning o’z mablag’lari hamda hissadorlik tartibida 
olingan mablag’lar, va boshqa mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling