O bobojonov k. Jumaniyozov
Asosiy vositalarning turkumlanishi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. Asosiy vositalarni qabul qilish va xujjatlashtirish.
Asosiy vositalarning turkumlanishi.
Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Er; 2. Erni obodonlashtirish; 3. Bino va inshootlar; 4. Mashina va uskunalar; 5. Mebel va jihozlar; 6. Кompyuter uskunalari; 7. Transport vositalari; 8. Ishchi hayvonlar; 9. Mahsuldor hayvonlar; 10. Кo’p yillik o’simliklar va boshqalar. Asosiy vositalar va erning sotib olinishini hisobga olish. Binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalarning sotib olish qiymatiga tashib keltirish, montaj qilish, o’rnatish va foydalanishga topshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha zarur xarajatlar kiradi. Er, bino va uskunalarning xaridi, er uchastkasini obodonlashtirish bo’yicha ishlar misolida asosiy vositalarning qiymatini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ko’rib chiqamiz. 5.2. Asosiy vositalarni qabul qilish va xujjatlashtirish. 182 Asosiy vositalarni sotib olish va foydalanishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar yoki kapital qo’yilmalar shaklida, yoki daromad olish bilan bog’liq xarajatlar shaklida hisobga olinadi. Hisobot davri tugaganidan keyin ham kapital qo’yilmalarining manfaat keltirilishi kutiladi. Shuning uchun bunday xarajatlar kapitallashtiriladi, ular aktivlarni sotib olish deb turkumlanadi va aktivlarning mos keladigan schyotining debeti bo’yicha hisobga olinadi. Aktivning kapitallashtirilgan qiymati joriy va kelgusi davrlar uchun xarajatlar deb, amortizasiya orqali tan olinadi. Daromad olish bilan bog’liq xarajatlar, faqat joriy hisobot davrida manfaatlar olib keladi deb kutiladi. Shuning uchun, ular xarajatlarning mos schyotiga to’g’ridan-to’g’ri o’tkaziladi, shundan keyin davrning daromadiga mos kelishi tekshiriladi. Ushbu xarajatlar tegishli asosiy vositalarning sotib olinganidan keyin, ammo aktivni foydalanishga topshirishdan oldin qo’shiladi. Uskunani o’rnatish va modernizasiya qilish xarajatlari, binoni rekonstruksiya qilish va tarkibiy o’zgarishlar kiritish, yangi sotib olingan yoki foydalanilayotgan aktivlar bilan to’g’ridan - to’g’ri bog’liq shunga o’xshash xarajatlar aktivning boshlang’ich qiymatining qismi sifatida kapitallashtiriladi. Modernizasiya vaqtida ustama xarajatlar, jumladan sug’urta to’lovi, soliqlar, nazorat organlariga to’lovlar, shuningdek oldin foydalanishda bo’lgan aktivni ta’mirlash bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan yordamchi xarajatlar ham kapitallashtiriladi. Binolardan foydalanish va uskunalarni o’rnatish bo’yicha xodimlarni o’qitish xarajatlari kapitallashtirilmaydi. Bu xarajatlar aktivlarning emas, balkim xodimlarning bahosini oshiradi. Shuningdek har yilgi mulk soliqlari va sug’urta xarajatlari kapitallashtirilmaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling