O bobojonov k. Jumaniyozov
qo’yilmalar – bu balansning aktiv qismida aks ettirilgan sarflardir va buxgalteriya nuqtai nazaridan xarajat hisoblanmaydi, xarajatlar esa
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalarning oshishi
qo’yilmalar – bu balansning aktiv qismida aks ettirilgan sarflardir va
buxgalteriya nuqtai nazaridan xarajat hisoblanmaydi, xarajatlar esa – bu chiqim deb tan olinadi va mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxiga olib boriladi. Asosiy vositalarni, tabiiy resurslarni va nomoddiy aktivlarni sotib olish sarflaridan tashqari kapital qo’yilmalar, asosiy vositalarning o’sishi va ularni takomillashtirish sarflarini xam o’z ichiga oladi. Asosiy vositalarning oshishi – deb ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy oshishi hisoblanadi. Agarda binoga yangi qanot qurilsa va bir necha yildan so’ng sarflardan daromad olinishi kutilsa, ushbu qanotni qurishga ketgan 196 sarflar «Bino» schyotining debetida aks ettiriladi. Odatdagi xarajatlarga joriy ta’mirlash, xizmat ko’rsatish, moylash, tozalash, qarab turish to’lovlari, ya’ni uskunani ishchi holatida ushlab turish uchun zarur bo’lgan xarajatlar kiradi. Aktivlarni qurish jarayonida qarz bo’yicha foizlarining kapitalizasiyasi. Binolarni qurish jarayonida qarzlar bo’yicha hisoblangan foizlar ba’zi hollarda kapitallashtiriladi. Foizlarni kapitallashtirish murakkab va qarama-qarshi bo’lgan muammo hisoblanadi. Esda tutish kerakki, montaj qilinmaydigan (yig’ilmaydigan) aktivni sotib olishda, foydalanilgan qarz majburiyati bo’yicha foizlar kapitallashtirilmaydi, chunki bunday aktiv tayinlanish shakliga ega bo’lgan holatdadir. Bu holda foizlar moliyaviy xarajatlarni ifodalaydi va sotib olingan aktiv bo’yicha iqtisodiy manfaatning ortishiga olib kelmaydi. Sotib olingan aktivlar shu zaxoti daromad keltiruvchi ishga jalb qilinib, sotib olish uchun ishlatilgan mablag’lar bo’yicha foizlar bilan taqqoslanadi. Aksincha, aktivlarni ko’rish jarayonida paydo bo’lgan foizlarni to’lash xarajatlarini ko’pchilik iqtisodchilar aktivni ishga tayyorlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar sifatida qaraydilar. Shu nuqtai nazardan, aktiv, uni ishga tushirish ishlari tugamagunicha daromad keltira olmaydi, shuning uchun aktivning yaratilishi jarayonida hisoblangan foizlarni kapitallashtirish zarur. Кapitallashtirilgan foizlar keyinchalik amortizasiya summasining bir qismi sifatida hisobdan chiqariladi. Haqiqiy foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’g’risidagi tortishuvlarga qaramay alternativ xarajatlar vositalarni o’zining kuchlari bilan qurish uchun mablag’lardan foydalanish natijasida yuzaga keladi. Ba’zi bir buxgalterlar isbotlaydilarki, agarda ushbu mablag’larning manbalari qarz bo’lmasdan ta’sischilarning ulush mablag’lari bo’lsa, unda taalluqli bo’lgan foiz stavkasi, aniqrog’i taxmin qilinayotgani, har holda haqiqiy foizlar qiymatini loyixaga o’tkazishda foydalaniladi. Har qanday moliyalashtirish, ularning tasdig’igacha, xarajatlar deb tushuniladi. Кommunal xizmatlarini bajaruvchi sub’ektlar an’anaviy holda qurilish jarayonlaridagi foizlarni kapitallashtiradilar. Agarda, qurilishga taalluqli foizlar joriy xarajatlar sifatida hisobga olinsa, kommunal xizmatining iste’molchilari qo’shimcha xarajatlarni qoplash uchun yuqoriroq to’lov to’lashadi. Haqiqatdan ham, bugungi iste’molchilar kelgusi iste’molchilarga foyda keltiradigan uskunalarni moliyalashtiradilar. Qurilayotgan aktivlarning tannarxiga foizlarni (haqiqiysini ham, qo’shib yozilganlarini ham) qo’shib, (shunday yo’l bilan kelgusidagi amortizasiya ajratmalarini oshiradilar) aktivlardan foydalanishdan manfaat oladigan 197 kelajakdagi iste’molchilar, bu aktivlar yaratilganida yig’ilgan foizlarni va mos kommunal xizmatlarini ham to’laydilar. Foizlarni kapitallashtirishning asosiy sababi shundan iboratki, qurilish jarayonida foizlar aktivni foydalanish holatiga keltirish uchun zarur bo’lgan xarajatlarning turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun kapitallashtirilgan foizlar aktivning boshlang’ich qiymatining bir qismi hisoblanadi. Qurilish jarayonida, foizlar kapitalizasiyasining mavjud bo’lmasligi, qurilish davrida daromadning noto’g’ri oshib ketishiga va kelgusi davrlarda amortizasiya ajratmalarining kamayishi natijasida daromadning oshishiga olib kelar edi. Foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ma’lum tartib va qoidaga ko’ra sub’ektning rahbarining buyrug’i bilan tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilib olinadi. Кomissiya tarkibi odatda bosh mexanik, qurilish bo’yicha mutaxassis, texnika bo’limining vakili, xavfsizlik texnikasi bo’yicha muhandis, buxgalteriya xodimi va ob’ektni qabul qiluvchi sex yoki bo’limning boshlig’idan iborat bo’ladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling