O bobojonov k. Jumaniyozov
Asosiy vositalardan foydalanish hisobi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
5.4. Asosiy vositalardan foydalanish hisobi.
Кomissiya tomonidan qabul qilinayotgan har bir ob’ektga AV-1 shaklda «Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» tuziladi. Unda qabul qilib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati, qanday ishlarni bajarishi, qachon qurilganligi yoki ishlab chiqarilganligi, qisqacha texnikaviy tavsifi va boshqa ko’rsatkichlar keltirilgan bo’ladi. Dalolatnomaga ushbu asosiy vositalarning texnikaviy xujjatlari ilova qilinadi. Sub’ektga qabul qilingan har bir asosiy vositaning ob’ektiga inventar raqami (nomer) beradi va butun foydalanish muddatida ob’ektga tegishli barcha muomalalalar tegishli xujjatlarda shu raqam bilan yuritiladi. Asosiy vositalarga inventar raqami berilayotganda bu raqamlarning birinchi va ikkinchi navbatdagi raqamlari asosiy vositalarning tarmoq va qanday guruhlarga tegishli ekanligini bildirishi kerak. Masalan, binolarga – 001 dan 099 gacha, inshootlarga – 100 dan 199 gacha, o’tkazuvchi moslamalarga – 200 dan 299 gacha va hokazo raqamlar berilishi mumkin. Raqamlarning seriyasi odatda asosiy vositalar guruhiga berilib, so’ngra shu seriyadagi uchinchi navbatdagi raqamlar alohida ob’ektlarga beriladi. Chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar raqamlari yangi qabul qilingan ob’ektlarga berilmaydi. Yirik bo’lgan vositalarga bosh mexanik bo’limida pasport tuziladi. Bu pasportda asosiy vositalarning ishga tushirilgan vaqti, uning texnikaviy tavsifi, kapital ta’mirlashning amalga oshirilgan vaqti va qiymati, eskirish me’yorlari va boshqa ma’lumotlar 198 keltiriladi. Bu pasport asosiy vositalarni hisobga olishni va undan foydalanish ustidan nazorat qilishni yanada yaxshilash imkonini beradi. Asosiy vositalarning hisobi shunday tashkil qilingan bo’lishi kerakki, uning yordamida asosiy vositalarning har bir turkumidagi guruhlariga tegishli bo’lgan asosiy vositalar va uning har bir ob’ekti, uning joylashgan joyi va alohida inventar kartochkada analitik hisobi va 0100-«Asosiy vositalar» schyotlarida tegishli vositalarning sintetik hisobini yuritish bilan ta’minlanadi. Analitik hisob AV-6 shakldagi namunaviy varaqlarda yuritiladi. Uncha katta bo’lmagan sub’ektlar asosiy vositalarning analitik hisobini inventar daftarlarida yuritishlari mumkin. Inventar kartochkalarda asosiy vositalar ob’ektining nomi, uning inventar raqami, uni tayyorlagan sub’ektning nomi, ishlab chiqarilgan yili, dalolatnoma raqami va sanasi, dastlabki qiymati, sotib olish manbai, qisqacha tavsifi va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Sub’ektlarda ushbu inventar kartochkalar (AV-6 shakli) ikki nusxada tuzilib, ulardan biri buxgalteriyada, ikkinchisi esa asosiy vositalar joylashgan sex va bo’limlarda saqlanadi. Inventar kartochkalar asosiy vositalarning guruhlariga qarab, guruhning ichida esa ularning joylashgan o’rinlariga va ob’ekt turlariga qarab kartotekalarda joylashtiriladi. Ishlatilayotgan asosiy vositalarning kartochkalari alohida saqlanadi. Ayrim sub’ektlarda inventar kartochkalar faqat bir nusxada to’ldirilib, ular asosiy vositalarning buxgalteriyadagi hisobini olib borish uchun xizmat qiladi. Sex va bo’limlardagi asosiy vositalar inventar kartochkalarning ro’yxati asosida hisobga olinadi. Bu ro’yxat quyidagi namunaviy shaklga ega: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling