O bobojonov k. Jumaniyozov


O’stirishda va boquvdagi xayvonlar hisobi tashkil qilish xusuiyati


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

3.6. O’stirishda va boquvdagi xayvonlar hisobi tashkil qilish xusuiyati
Qishloq xo’jaligida xozirgi davrdagi agrosanoat kompleksining asosiy 
tarmoqlaridan biri chorvachilik hisoblanib u aholini oziq-ovqat 
mahsulotlari – sut, go’sht, tuxum va hokazo bilan va sanoatni xom ashyo – 
go’sht, go’sht mahsulotlarini tayyorlash uchun, sut, pishloq, suzma, 
qaymoq, yog’ tayyorlash uchun jun, teri va boshqa xom-ashyolarning 
turlari bilan ta’minlaydi. Demak, ushbu tarmoqning ravnaqi va rivojlanishi 
agrosanoat kompleksining rivojlanishiga, yangi tarmoqlar va oziq-ovqat 
sanoatining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir 
qiladi. Ushbu tarmoqning asosiy bo’linmalaridan biri o’stirishga va 
boquvga quyilgan hayvonlar guruhidir. Ushbu faoliyatda yosh hayvonlar 
o’stiriladi va mahsuldor hayvonlar, buqalar darajasiga etkaziladi. Ushbu 
faoliyat natijasi asosiy podani ta’mirlash (qarigan sigir va buqalarni 
almashtirish) va podaning bosh sonini ko’paytirish uchun foydalaniladi. 
Bundan tashqari, yosh xayvonlar voyaga etkazilgandan keyin ularning bir 
qismi sub’ektning o’zida go’sht uchun suyladi, chetga sotiladi va tuzilgan 
shartnomaga asosan go’sht kombinatiga kelishilgan bahoda sotiladi. 
Faoliyatning ikkinchi qismida esa asosiy podadan chiqarilgan (vibrakovka) 
mahsulot berishdan to’xtagan (qarigan) hayvonlar boquvga kuyilib 
semirtiriladi va keyinchalik so’yiladi, sotiladi va tuzilgan shartnomaga 
asosan kelishilgan bahoda go’sht kombinatlariga topshiriladi. 
Кeyingi vaqtlarda, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida 
ko’pchilik korporasiya, xolding kompaniyalari va yirik firmalar o’zlarining 
xodimlarini imkoniyati boricha ijtimoiy himoya qilish maqsadida 
firmalarning qoshida yordamchi xo’jaliklar tashkil qiladilar. Ularning 
117


asosiy faoliyatlari dexkonchilik, chorvachilik va ushbu tarmoqlarning 
mahsulotlarini qayta ishlashga mo’ljallangan kichik-kichik oziq-ovqat 
sanoati korxonalarini tashkil qilayaptilar. Ular o’z faoliyatini asosan 
xodimlarni arzon bahoda zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari- meva
sabzavot, poliz, go’sht, sut, tuxum, konserva va hokazo mahsulotlar bilan 
ta’minlashga bag’ishlaydilar.
Natijada ushbu tarmoqdagi buzoqlar, katta yoshdagi hayvonlar, asosiy 
podadan olingan hayvonlarni boqishga qo’yish, sotib berish uchun 
aholidan olingan parrandalar, quyonlar, asalari oilalari va hayvonlarning 
holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish 
uchun 1110- «o’stirishda va boquvdagi xayvonlar» schyoti qo’llaniladi. 
Ushbu hayvonlarni asrash va boqish sarflari esa qishloq xo’jaligida 2010- 
«Asosiy ishlab chiqarish» (xayvonlarning guruhi bo’yicha), boshqa 
tarmoqlarda esa (sanoat, savdo, transport) 2310- "Yordamchi ishlab 
chiqarish" schyotida hisobga olib boriladi.
Ushbu tarmoqlarda o’stirishga va boquvga quyilgan hayvonlarning 
guruhi quyidagi yo’llar bilan ko’payadi:
asosiy podadan buzoqlar, qulunlar va hokazolarni olish natijasida 
tuzilgan qabul qilish dalolatnomasiga asosan debet 1110 schyot va kredit 
2010 (2310) schyotlari.
asosiy podadagi maxsuldor xayvonlarni hisobdan chiqarish 
natijasida. Brakka chiqarish dalolatnomasiga asosan debet 1110 kredit 
9210 schyotlari.
yosh hayvonlar va katta yoshdagi xayvonlarni o’stirish va boquvga 
qo’yish uchun sotib olish natijasida. Schyot-faktura yoki yuk xatiga asosan 
debet 1110 kredit 6010 yoki debet 1110 kredit 1510 (agarda hisob-
siyosatiga muvofiq 1510 schyot qo’llanilsa) schyotlari.
har oyning oxirida boquvga qo’yilgan katta yoshdagi xayvonlarning va 
o’stirishga qo’yilgan yosh hayvonlarning o’sgan yoki ortgan vaznining 
qiymati rejada belgilangan tannarxda, tegishli 1110 schyotning debetiga, 
tegishli bog’lanuvchi schyotlar, 2010 schyotining kreditidan o’tkaziladi. 
Yilning oxirida ushbu qabul qilingan hayvonlarning o’sgan vaznining 
rejadagi tannarxi haqiqiy tannarxga etkaziladi. Agarda xaqiqiy tannarx reja 
tannarxidan ko’p bo’lsa ushbu schyotlarga qo’shimcha yozuvlar qilinadi, 
agarda haqiqiy tannarx reja tannarxidan kam bo’lsa (tejalgan) ushbu 
summa tegishli schyotlardan chegiriladi (oddiy o’tkazish «-» belgisi bilan).
Yosh hayvonlar, g’unajinlardan buzoq olingan vaqtidan boshlab 
«Xayvonlarni guruhdan guruhga o’tkazish dalolatnomasi»ga asosan asosiy 
podaga o’tkaziladi. Ushbu muomala 0840-«Asosiy podani tashkil qilish» 
118


schyotining debeti va 1110 schyotining kreditida, bir vaqtning o’zida 
0170- «Ishchi xayvonlar» yoki 0171- «Mahsuldor hayvonlar» schyotining 
debetida va 0840- «Asosiy podani tashkil qilish» schyotining kreditida aks 
ettiriladi.
Ushbu guruhdagi xayvonlarning sotilishi, so’yilishi yoki ehson qilinishi 
natijasida hisobdan chiqarilishi 9220-«Boshqa aktivlarning chiqibi ketishi» 
schyotining debeti va 1110-schyotining kreditida shartnomada kelishilgan 
summada aks ettiriladi. 
Agarda mahsuldor hayvonlar tegishli dalolatnomaga asosan brakka 
chiqarilib, lekin boquvga qo’yilmay sotilsa ushbu muomala shartnomada 
belgilangan summada 9210- «Asosiy vositalarning chiqibi ketishi » 
schyotining debetiga va 0170- «Ishchi hayvonlar» yoki 0171- «Mahsuldor 
hayvonlar» schyotlarining kreditidan qabul qilinadi.
Mabodo o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar xarom o’lsa yoki 
majburiy so’yilsa ularning qiymati 9220 schyotning debetida va 1110 
schyotning kreditida qayd qilinib, olingan mahsulotlar yoki yordamchi 
mahsulotlar tegishli 2800-«Tayyor mahsulotlar» schyotlarining debetida 
iste’mol qilish yoki sotish bahosida qayd qilinadi.
Ushbu xayvonlar tabiiy ofatlar- yoki epizootiya natijasida nobud bo’lsa 
ularning qiymati sub’ektning zarariga olib boriladi, debet 9720- 
«Favqulodda zararalar» schyotining debetiga 1110 schyotning kreditidan.
1110- «О’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar» schyoti bo’yicha analitik 
hisob hayvonlarning manzili, turlari, guruhlari bo’yicha yuritiladi.
O’stirishdagi va boquvdagi xayvonlarning harakati bilan bog’liq 
muomalalarni schyotlarda qayd qilishning chizmasi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling