O bobojonov k. Jumaniyozov


Asosiy vositalarning turkumlanishi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Asosiy vositalarning turkumlanishi.
Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.
Er;
2.
Erni obodonlashtirish;
3.
Bino va inshootlar;
4.
Mashina va uskunalar;
5.
Mebel va jihozlar;
6.
Кompyuter uskunalari;
7.
Transport vositalari;
8.
Ishchi hayvonlar;
9.
Mahsuldor hayvonlar;
10.
Кo’p yillik o’simliklar va boshqalar.
Asosiy vositalar va erning sotib olinishini hisobga olish.
Binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalarning sotib olish qiymatiga tashib 
keltirish, montaj qilish, o’rnatish va foydalanishga topshirish bilan bog’liq 
bo’lgan barcha zarur xarajatlar kiradi. Er, bino va uskunalarning xaridi, er 
uchastkasini obodonlashtirish bo’yicha ishlar misolida asosiy vositalarning 
qiymatini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ko’rib chiqamiz.
5.2. Asosiy vositalarni qabul qilish va xujjatlashtirish.
182


Asosiy vositalarni sotib olish va foydalanishi bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlar yoki kapital qo’yilmalar shaklida, yoki daromad olish bilan 
bog’liq xarajatlar shaklida hisobga olinadi. Hisobot davri tugaganidan 
keyin ham kapital qo’yilmalarining manfaat keltirilishi kutiladi. Shuning 
uchun bunday xarajatlar kapitallashtiriladi, ular aktivlarni sotib olish deb 
turkumlanadi va aktivlarning mos keladigan schyotining debeti bo’yicha 
hisobga olinadi. Aktivning kapitallashtirilgan qiymati joriy va kelgusi 
davrlar uchun xarajatlar deb, amortizasiya orqali tan olinadi. 
Daromad olish bilan bog’liq xarajatlar, faqat joriy hisobot davrida 
manfaatlar olib keladi deb kutiladi. Shuning uchun, ular xarajatlarning mos 
schyotiga to’g’ridan-to’g’ri o’tkaziladi, shundan keyin davrning 
daromadiga mos kelishi tekshiriladi.
Ushbu xarajatlar tegishli asosiy vositalarning sotib olinganidan keyin, 
ammo aktivni foydalanishga topshirishdan oldin qo’shiladi. Uskunani 
o’rnatish va modernizasiya qilish xarajatlari, binoni rekonstruksiya qilish 
va tarkibiy o’zgarishlar kiritish, yangi sotib olingan yoki foydalanilayotgan 
aktivlar bilan to’g’ridan - to’g’ri bog’liq shunga o’xshash xarajatlar 
aktivning boshlang’ich qiymatining qismi sifatida kapitallashtiriladi. 
Modernizasiya vaqtida ustama xarajatlar, jumladan sug’urta to’lovi, 
soliqlar, nazorat organlariga to’lovlar, shuningdek oldin foydalanishda 
bo’lgan aktivni ta’mirlash bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan 
yordamchi xarajatlar ham kapitallashtiriladi.
Binolardan foydalanish va uskunalarni o’rnatish bo’yicha xodimlarni 
o’qitish xarajatlari kapitallashtirilmaydi. Bu xarajatlar aktivlarning emas, 
balkim xodimlarning bahosini oshiradi. Shuningdek har yilgi mulk 
soliqlari va sug’urta xarajatlari kapitallashtirilmaydi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling