O bobojonov k. Jumaniyozov


AV-3 shakli - «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish» ob’ektlarni  tugatish uchun. 4. AV-4a


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

AV-3 shakli - «Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish» ob’ektlarni 
tugatish uchun.
4.
AV-4a shakli - «Avtotransport vositalarini tugatish dalolatnomasi».
5.
AV-7 shakli - «Asosiy vositalarni hisobga olish uchun inventar 
kartochkalari» har bir asosiy vositaning holati va harakatini alohida qayd 
qilib boradi.
6.
AV-8 shakli - «Asosiy vositalarning harakatini qayd qilish 
kartochkasi»- ularning kirim va chiqimini hisobga olib boradi.
7.
AV-9 shakli - «Asosiy vositalarning inventar ro’yxati» ularning 
foydalanish joylari bo’yicha hisobini tashkil qilish uchun ishlatiladi.
Sub’ektga tegishli bo’lgan ishlatilayotgan, Rеzеrvdagi, 
konservasiyadagi va ijaraga berilgan asosiy vositalarning miqdori va 
harakati to’g’risidagi ma’lumotlar umumlashtirilgan holda 0100 - «Asosiy 
vositalarni hisobga oluvch schyotlar» nomli aktiv sintetik schyotlarning 
guruhida yuqoridagi xujjatlarga asosan hisobga olib boriladi.
188


ASOSIY VOSITALARNI
HISOBGA OLUVChI SCHYOTLAR
0110
Еr
0111
Еrni obodonlashtirish
0112
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy 
vositalarni obodonlashtirish (O’zR AV 25.05.2009 y. 
1181-2-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV 
Buyrug’itaxriridagi satr)
0120
Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar
0130
Mashina va asbob-uskunalar
0140
Mеbеl va ofis jihozlari
0150
Kompyutеr jihozlari va hisoblash tеxnikasi
0160
Transport vositalari
0170
Ishchi va mahsuldor hayvonlar
0180
Ko’p yillik o’simliklar
0190
Boshqa asosiy vositalar
0100-«Asosiy vositalar» schyotida quyidagilar ham hisobga olib 
boriladi:
a) sub’ektga foydalanish huquqi berilgan o’rmon va suv xavzalari, er 
uchastkalari va konlar uchun sarflangan inventar xususiyatidagi kapital 
qo’yilmalar;
b) ijaraga olingan asosiy vositalar uchun sarflangan tugallangan ishlar 
natijasi bo’yicha xarajatlar.
Asosiy vositalar boshlang’ich qiymatda hisobga olib borilib, alohida 
ob’ektlar uchun ularning boshlang’ich qiymati quyidagicha aniqlanadi:
a) ta’sis etuvchilarning sub’ektga qo’shgan asosiy fondlari – o’zaro 
kelishilgan bahoda;
b) sub’ektning o’zida ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan asosiy 
vositalarning ishlab chiqarish tannarxi yoki sotib olish bahosiga tashib 
keltirish va o’rnatish xarajatlarini qo’shib haqiqiy tannarxda;
v) boshqa shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalar, ekspert tomonidan 
belgilangan yoki dalolatnomada ko’rsatilgan bahoda.
Yangi korxona qurish, asosiy vositalarni sotib olish, konstruksiyasini 
o’zgartirish, modernizasiya qilish va moslashtirish ychun sarflangan 
mablag’larni hisobga olishda alohida aktiv schyotlarning,
0700-«O’rnatiladigan asbob-uskunalar» schyotlari va 
0800-«Кapital qo’yilmalar» schyotlari guruhidan foydalaniladi.
189


0700-schyot bo’yicha ikkita subschyot yuritiladi: 0710 - 
«Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar» va 
0720-«Chet eldan keltirilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar».
Sub’ektga kelib tushgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar uchun to’lov 
talabnoma-topshiriq akseptlanganda 0710 va 0720 schyotlari debetlanib, 
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» 
schyoti kreditlanadi. Shu asbob-uskunalarni etkazib berganlik (transport 
xizmatlari) uchun 6890-«Boshqa majburiyatlar» schyoti tegishli 
xizmatlarning summasiga kreditlanadi.
Shu asbob-uskunalarni tushirib berganligi uchun ishchilarga mehnat 
haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar hisoblanganda 0710 va 0720-
schyotlari debetlanib, 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan 
hisoblashishlar» va 6520-«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotlari 
kreditlanadi.
Ta’sischilar tomonidan sub’ektning ustav kapitaliga o’z badallari 
sifatida topshirilgan asbob-uskunalarning qiymati ham 0710 va 0720-
schyotlarining debeti va 4710-«Ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha 
ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditiga yoziladi.
Yig’ish va o’rnatish uchun (montajga) topshirilgan asbob-uskunalarning 
haqiqiy qiymati hisobdan chiqarilganda 0810-«Tugallanmagan qurilish» 
schyoti debetlanib, 0710 va 0720-schyotlari kreditlanadi, shu asbob-
uskunalar sotilsa, 9220-«Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimlari» 
schyoti debetlanib, 0710 va 0720-schyotlari kreditlanadi, ularning mustaqil 
balansga ajratilgan filiallarga berilishi – 4110-«Alohida balansga ajratilgan 
bo’linmalardan olinadigan schyotlar» schyotining debeti va 0710 va 0720-
schyotlarining kreditiga yoziladi.
O’rnatiladigan asbob-uskunalarni ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi 
materiallar hisobiga o’xshab ketadi va ularning hisobi ham ombor 
kartochkalari va 10-sonli qaydnomada yuritiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling