О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi


Download 6.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/112
Sana15.10.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1704269
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112
Bog'liq
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi

- 1 2 3 -


EK O LO G IYA
organlarining ishdan chiqishi, ko‘ngil aynishi va bo‘g‘ilish 
holatlari kuzatiladi. Shuni ta'kid lash lozimki, shaharlarda shovqin 
darajasi yil say in oshib bormoqda. T adqiqotchilaming fikriga 
qaraganda, shaharlarda shovqin intensivligi har 25-30 yil ichida 10 
marta oshar ekan, bu - shovqin darajasi 10 db ga oshdi deganidir. 
Hozirgi kunda shovqin darajasi eng yuqori bo‘lgan shaharlar Rim 
va Berlindir. Ularda shovqin darajasi 80 db ni tashkil etadi. 
Shovqinning atrof-muhitga ta’siri hozirgi kunda Rossiyada, 
Amerikada, Yevropa mamlakatlarida ekolog olimlar tomonidan 
anchagina o‘rganilgan5 meyorlar ishlab chiqilgan, lekin inson 
organizmiga ta ’sir mexanizmi hali oxirigacha o‘rganilmagan 
hisoblanadi. Shuningdek, antropogen shovqin manbalarining 
o ‘ziga xos tomonlari, ulardan himoyalanish usullari ham 
hozirgacha o‘rganilmagan.
cp
 
Savol va topshiriqlar
• 
Л . Shovqinning kelib chiqish sabablari nimada?
2. Shovqinning 
inson organizmiga qarsday 
salbiy
oqibatlari bor?
3. Shovqin kuchi yuqori bo‘igan mamlakatlami ayting?
4. Shovqindm qanday himoyalanish mumkin?
- 1 2 4 -


EK O LO G IYA
XV BOB. 0 ‘ZBEKIST0NNING EKOTURISTIK VA 
AGROTURISTIK SALOHIYATI
24-§. 0 ‘zb ek iston d a ekologik turizm ning rivojlanish
K ontsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari
“Turizm”
so‘zi “sayr qilmoq”, “sayohat” ma’nolarini 
anglatadi. Ekoturizm termini, XX asming 80-yillaridan boshlab, 
tiirizm industriyasiga kira boshlagan.
Ekoturizm
deganda, birinchi navbatda, inson faoliyati 
natijasida faqat nisbatan ziyon yetkazilmagan ekzotik tabiiy 
hududlar, uning noyob o ‘simlik va hayvonot dunyosi hamda 
ushbu hududning 
tabiiy, tarixiy yodgorliklari, arxeologik 
topilmalari, geologiyasi, paleontologik qoldiqlariga sayohat, balki 
shu bilan birga ushbu hududning ekologik muammolarini hal 
qilish, tabiatini, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va 
ko‘paytirish maqsadida, yangi himoya qilinadigan hududlar, 
milliy bog‘lar, pitomniklar, parvarishxonalar barpo etish, mahalliy 
aholini yangi ish joylari bilan ta’minlash natijasida, ulaming 
turmush sharoitini yaxshilash, mahalliy va chet el investorlarini 
jalb etish orqali davlat valyuta zahirasini boyitish bilan bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan vazifalar majmuasini, yig‘indisini tushunamiz.
Xorijda ekoturizmga iqtisodiy toifa sifatida qaraladi. Chunki, 
chet elda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizm 
iqtisodiy foyda keltiruvchi turizmning eng istiqbolli turlaridan 
biri, deb baholanadi.
Tadqiqotlar shundan dalolat beradi-ki, ekoturistlar ko‘pincha 
o‘rta yoki o‘rtadan yuqori sarmoyaga ega boigan, har tomonlama 
ta’minlangan sayohatchilardan iborat. 
Sayyoramizda inson
- 1 2 5 -


EK O LO G IY A
faoliyati ta’sir etmagan yovvoyi tabiat go‘shalari juda karn 
qolganligi sababli, odatda bunday
hududlarga sayohat qilish cheklangan hamda ularga sayohat haqi 
ham yetarli darajada qimmat. Shu sababli, ekoturizmdan kishi 
boshidan olingan daromad, umumiy turizm va xalqaro turizmdan 
tushgan daromad lardan bir necha marotaba ko'pdir.

Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling