О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi
Ekoturizm quyidagi tarmoqlarga bo‘lmadi
Download 6.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi
Ekoturizm quyidagi tarmoqlarga bo‘lmadi:
1. Inson faoliyati natijasida, nisbatan ziyon yetkazilmagan yovvoyi tabiat qo‘yniga (piyoda, otlarda, tuyalarda, avtomobilda sayohat). 2. Noyob hayvonot dunyosi va o‘simiik dunyosi bilan tanishish. 3. Kino va fototasvirga tushirish. 4. Ekosafar. 5. Ilmiy ekskurtsiyalar (botanik, zoologik, geologik, ekologo- entografik, arxeologik, geomorfologik, ekologik va madaniy). 6. Sport (alpinizm va boshqalar). 7. Agroturizm (qishloq aholisining turmushi, urf-odati bilan yaqindan tanishish). Ekoturizm tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga katta hissa qo‘shadi hamda ulami bekami-ko‘st o‘tkazishga sezilarli moliyaviy ko‘mak beradi. Masalan: Kanada hukumati faqat ekoturizmdan tushgan soliq hisobidan har yili 1,7 milliard AQSH dollari miqdorida foyda oladi. Bu esa hukumat tomonidan yovvoyi tabiatni muhofaza qilish dasturiga ajratilgan mablag‘dan (300 million dollar) 5 barobar ko‘pdir. 0 ‘zbekistonda dunyoga mashhur, chet el sayyohatchilarini jalb qiluvchi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi qadimiy shaharlar, tarixiy yodgorliklar bo‘lishi bilan birga, respublikamiz - 1 2 6 - EKOLOGIYA ekoturizm bilan bog'iiq betakror go‘zal tabiati, landshafti (sahro, cho‘l, adirlar, tog'lar, past tekisliklar), xilma-xil noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi, dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan nodir arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesimlar kabi 8000 dan ortiq yodgorliklar mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Respublikamizda 2006-yildan boshlab, ekologik turizmni rivojlantirish uchun dastlabki qadamlar tashlandi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublikamizda ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Masalan: ekoturizm marshrutlarida hududdagi aholining turmush tarziga xos ravishda ekoturistlar kutib olinadi, ularning yashashi ta’minlanadi. Ekoturistlar ushbu hududlaming betakror tabiati bilan birga aholining kadimiy madaniyati va tarixini o‘zida mujassamlashtirgan turli-tuman an’analari, udumlari, to‘ylari, bayramlari ishtirokchilariga ham aylanadilar. Shuningdek, mahalliy aholi tomonidan tayyorlangan tandir, qimiz, beshbarmoq, suzma, qurt kabi ekologik toza va shifobaxsh taomlarini ham tatib ko‘radilar yoki xohishlariga ko‘ra tayyorlov jarayonlarida ham ishtirok etadilar. Qishloqlarimiz farovonligini oshirish, mahalliy aholining tub madaniyati va ma’rifatini rivojlantirish, saqlash va targ‘ib qilinishida ekoturizmning ahamiyati katta. Zero, bunda, aholining atrof-muhitni, tabiiy yodgorliklami asrashda faolligi oshiriladi, ekoturistlami jalb etish va ularga servis xizmati ko‘rsatish orqali chet el valyutasi tushimiga hissa qo‘shiladi. Shuningdek, atrof- muhitga zarar yetkazmagan holda ekologik turg‘un!ik ta’minlanadi, hududdagi qishloq aholisining ekologik bilimlari oshiriladi, mahalliy, madaniy muhitning saqlanishiga g ‘amxo‘rlik Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling