dengizlar, daryolar va okeanlar havzalarining shakllari, ularda
joylashgan orollarning muhim koordinatlarini bayon etgan. Ushbu
asarda Orol dengizining tasviri
ham
berilgan
bo‘lib, Orol
dengizining Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, o‘simliklari va
hayvonot dunyosi uchun naqadar
muhim ligi ham bashorat
qilingan. Hozirgi kunda esa, Orol va Orolbo‘yi mintaqasi tabiati
va insonlari muammolari sayyoramiz hamjamiyati oldida
ko‘ndalang
turgan
fojiali
muammolar
sirasiga
aylanib
ulgurganidan barchamiz boxabarmiz.
- 1 6 -
EKOLOGIYA
Hayotligidayoq “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”),
“Sharq Aristoteli” nomlari bilan ulug‘langan Abu Nasr Forobiy
ilmning
turli sohalari bo‘yicha 160 dan ziyod risolalar yaratdi,
jumladan, odam a’zosining tuzilishi va unda kelib chiqadigan
o‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar, ovqatlanish tartibining buzilishi,
kasallikning oldini olish chora-tadbirlari haqida ham ma’lumotlar
qoldirgan. Uning tabiatshunoslikka doir “Inson a’zolari haqida
risola”, “Hayvon a’zolari haqida so‘z” kabi asarlari alohida
ahamiyatga ega. Ushbu buyuk olimning ta’biricha, tabiat va
jamiyat bir-biri
bilan chambarchas
bogiiq, ya’ni tabiatning
о‘zgarishi jamiyatning rivojlanishiga albatta ta’sir ko‘rsatadi.
Falsafa, tabiat, astronomiya, zoologiya, botanika, geologiya,
musiqa, psixologiya, axloq, mantiq, tilshunoslik, adabiyot kabi
fanlarga bag‘ishlab 450 dan ziyod asarlar qoldirgan (ulaming
242 tasi bizgacha yetib kelgan) Abu Ali ibn Sino o‘zining “Kitob
Do'stlaringiz bilan baham: |