O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Import bilan b o g iiq inflatsiya.
- Kutilayotgan inflatsiya.
- 7.3 . Inflatsiya nazariyalari
- 16- chizma. Fillips egrisi. Manba: М ам едов О. Ю. и др. С о в р е м е н н а я э к о н о м и к а . Р о стов на
- 7 .5. Inflatsiyaning barqarorlashtirish usullari
- 16 — O.Yu. Rashidov va bosh. 241
Kredit inflatsiyasi. U shbu inflatsiya turi m amlakat markaziy, b a ’zi m am lakatlard a milliy b a n k la ri t o m o n id a n olib b o rila d ig a n kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o'rnatilishi natijasida xo'jalik subyektlariga beriladigan kredit qim m atlash a d i. Xo'jalik subyektlari olingan kredit va u bo'yicha foizlarning o'zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi ham da ushbu holat mahsulotlar narx-navosini ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Import bilan b o g iiq inflatsiya. inflatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. U shbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga b o ‘lgan narx-navoning k o ‘tarilishi natijasida b a ’zi mahsulotlarga bo 'lg an narx-navolar zanjir tarzida ko'tarilishi m um kin. Kutilayotgan inflatsiya. Inflatsiyaning ushbu turida davlat to m o - nidan olib borilayotgan pul-kredit va budjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi. 7.3 . Inflatsiya nazariyalari Hozirgi vaqtda inflatsiya tabiatini o ‘rganishda iqtisodchi olimlar lining m onetar sabablarini, ya’ni tovar masasiga nisbatan pul massa- sining hajmini o ‘zgarishini asosi qilib k o ‘rsatadilar. Inflatsiya bilan olib boriladigan faoliyatda uning darajasini o ‘lchash u ch u n dastak lozim b o ‘ladi. Ushbu dastak b o ‘lib baholar indeksi hisoblanadi. Baholar indeksi joriy um um iy iste’mol narxlarining bazis davridan narxlarga nisbatan o ‘sishi (pasayishi) bilan aniqlanadi. Ushbu indeksni aniqlashda mamlakat fuqarolarining iste’mol savatiga kiritilgan mahsulotlar va xizmatlarning chakana narxlaridan foydalanadilar. Ushbu formula quyidagicha hisoblanadi: P Kt IPTS = — x l 0 0 % . PKb Bunda: IPS — iste’mol narxlarining indeksi; PKt — iste’mol savatining joriy narxi; PKb — iste’mol savatining bazis narxi. Inflatsiya darajasining o ‘sishini bir bahosini o ‘sishi bilan aniqlash mumkin. Masalan, 1 litr benzinning bazis davridagi narxi 500 so‘m b o ‘lgan va uning joriy davrdagi narxi 585 so‘mga teng. Dem ak, kuzatilgan davr ichida 1 litr benzinning narxi 117 % ga ortgan: 1 litr benzin = S0-1TI x 100 % - 117 % . 500 so‘m Baholar indeksidan tashqari inflatsiyani boshqarishda yalpi ichki mahsulot indeksi ko ‘rstakichidan foydalaniladi. Yalpi ichki m ahsulot — bu m a ’lum bir davr mobaynida, od a td a , bir yitda m am la k a td a ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar, bajarilgan ishlar va k o ‘rsatilgan xizmatlarning um um iy iniqdorining puldagi ifodasidir. Yalpi ichki mahsulot baholar indeksini um um iy darajasini o i c h a s h u c h u n defla- tordan foydalaniladi. Deflator — bu pul ifodalangan iqtisodiy k o ‘rsat- kichlarni o ‘tgan davrdagi b a h o la r darajasiga n isb atan taq q o sla sh maqsadida q o ‘llaniladigan koeffitsientdir. Deflator y o rd am id a aniq bir muddatdagi haqiqiy ish haqi darajasini aniqlash m um kin. Xalqaro am aliyotda inflatsiyaning m ohiyatini o 'rg an ish va uni oqilona boshqarish b o ‘yicha turli nazariyalar mavjud. U lardan biri bo'lib Angliyalik taniqli íqtisodchi olim Jo n M eynard Keyns yaratgan nazariya hisoblanadi. J.M. Keyns bozor iqtisodiyoti faoliyatiga davlat tom onidan aralashuvini bilvosita dastakini ishlab chiqdi. U sh b u dastak yordamida davlat tom onidan faol moliya siyosati olib borish, talabni rag'batlantirish va ommaviy ishsizlikni pasaytirishni amalga oshirishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Keyns to m o n id a n ishlab chiqilgan iqtisodiy mexanizm quyidagi asosiy nizomlardan iborat: 1) m amlakat aholisining ish bilan t a ’minlanganligi darajasi ishlab chiqarish hajmi bilan aniqlanadi; 2) um u m iy talab taklifga t o ‘g ‘ri kelm aydi, chunki m a ’lum pul mablag‘lari jarng'arishga sarflanadi; 3) ishlab chiqarishning hajmi oqilona talab darajasidagi tadbirkor- likka asosan aniqlanadi; 4) investitsiyalarva jam g‘armalar barobarligi holatidagi investitsiya hamda jam g 'a rm a aktlari mustaqil faolivat ko ‘rsatadi. J. Keynsning asosiy fikri quyidagilardan iborat: q o ‘sh im c h a pul emissiyasi aholining tc'lovga qobilivatlilik talabim oshiradi. Buning natijasida tovarlarva xizmatlarni ko'payishi u c h u n asosy u z a g a keladi. Ishlab chiqaruvchilar tom onidan xaridorlarning pullarini olish m a q sadida ishlab chiqarish hajmini ko'p aytiradilarva muomaladagi ortiqcha pul emissiyasi massasining mahsulotlar va x izmatlar bilan toMdiradilar. Xalqaro a m a liy o tda J. Keyns t o m o n i d a n iigari surilgan nazariya «tartibga solinib turiladigan inflatsiya» n o m in i oigan. 0 ‘tgan asrning 60 yillarida inflatsiya nazariyasining yangi maktabiga asos solindi. Ushbu maktabga A Q SH lik m as h h u r iqtisodchi, Nobel mukofotining laureati, «Chikago iqtisodiy m aktabi»ning boshlig‘i M il lón Fridm en asos soldi. Xalqaro am aliy o tda ushbu m aktab «rno- netarizm» deb nomlanadi. Monetarizm maktabining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) «Pullar ah am iyatga egadir», ya’ni kredit — pul sohasidagi o ‘zgarishlar m amlakat iqtisodiyotining um um iy holatiga hal qiluvchi t a ’sir ko'rsatadi; 2) M am lakat M arkaziy banki iqtisodiyotdagi xo'jalik holatidan q a t ’i nazar pul massasining barqaror o ‘sishini t a ’minlab turishi lozim. M. Fridm enning asosiy g ‘oyasi quyidagilardan iborat: mamlakat ig‘tisodiyotining rivojlanish darajasi davlat budjetining holati, ishsizlik darajasi va boshqa m ak ro e k o n o m ik ko'rsatk ichlard an q a t ’i nazar davlatning pul siyosatidagi asosiy vazifasi o ‘rtacha 3—5 % ga oshirishi lozim. Ushbu g ‘oya J. Keyns g‘oyasiga qarama-qarshidir. J. Keyns pul massasini o'sishidagi cheklovlar va talabni oldinga surgan b o‘lsa, M. Fridm en esa taklif va pul massasining doimiy o ‘sishini oldinga surgan. Monetarizm maktabi tarafdorlari inflatsiyaga qarshi quyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirishni qo'llab-quwatlaydilar: — tadbirkorlikning t o ‘g ‘rid an -to ‘g‘ri rag‘batlantirish (foydaga in- vestitsiya qilingan qism idan soliqlarni pasaytirish); — davlat xarajatlarini qisqartirish; — investitsiyaga y o ‘naltirilgan jam g ‘armalarning o'sishini rag‘bat- lantirish (mamlakat aholisining jam g ‘armalarini tijorat banklariga va qimmatli qog'ozlarga joylashtirish). 0 ‘z niohiyatiga asosan monetaristik siyosat q a t’iy siyosat b o ‘lib, uni amalga oshirishda qattiqlik va turli demogogiyaga nisbatan befarq- likni talab eta d i. S h u n i t a ’kidlash lozim k i, J. K ey ns va M. F r i d m e n yaratg an nazariyalari inflatsiya bilan oqilona kurash olib borishda m utloq t o ‘liq javob berm aydi. H ar ikkala nazariya o'zining ijobiy tom onlari bilan bir q atorda salbiy tomonlarga ham egadir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shundan dalolat bermoqdaki inflatsiya qaysi shakl va turda yuzaga chiqmasin, u doimo ishsizlik muammosini hal etishlikni, ularning o ‘zaro bog‘liqligini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips grafiklar yordamida inflatsiya va ishsizlik haqiqatda ular o ‘rtasida teskari aloqa mavjudligini isbotlaydi. lin in g fikricha aniq olingan mam lakatda aholi o ‘rtasida ishsizlik darajasi past darajada b o lad i. 0 ‘z vaqtida uning aksi inflatsiya darajasi yuqori b o ‘lgan holatda, ishsizlik darajasi past bo‘ladi. Biz buni quyidagi grafikda k o ‘rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha, inflatsiya darajasi yuqori darajadagi mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Ushbu holat aholining turli toifalari narx-navo ko'tarilishi natijasida yo ‘qotilgan haqiqiy ish haqini kompensatsiya qilish maqsadida ishlashga majbur bo'ladi. Buning natijasida, m amlakat aholisi o'rtasida ishsizlik darajasining pasayishi kuzatiladi (16-chizma). 16- chizma. Fillips egrisi. Manba: М ам едов О. Ю. и др. С о в р е м е н н а я э к о н о м и к а . Р о стов на Д о н у . 1 9 9 8 .- 604 с. 7.4 . Inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari Har bir mamlakatda inflatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatning y o m o n la s h u v ig a sabab b o ‘ladi. U s h b u salbiy h o l a t l a r q u y id a g i yo‘nalishlarda yuzaga chiqadi: 1) Ishlab chiqarish hajmi qisqaradi, chunki narx-navolaming doimiy tarzda tebranib turishi ishlab c h iq a r is h n i rivojlantirishga b o ‘lgan istiqbollarga ishonchni yo'qotishga olib keladi; 2) Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik op e - ratsiyalariga oqib o ‘tishi kuzatiladi. C h u n k i savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflatsiya yuqori b o ‘lgan davrda aholi o 'rta sid a puldan qochish holati kuzatiladi, y a ’ni kishilar qo‘llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. U la r pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik d o ‘konida tovarlar tez sotiladi; 3) Narx-navoning keskin va notekis o'zgarishi natijasida chayqov- chilik kengayadi. Inflatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. U shbu taqchillik narx-navoning keskin ko'tarilishiga olib keladi; 4) Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat budjeti daro- madlari budjet xarajatlari amalga oshirilgunga qadar qadrsizlanadi. Budjet daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida budjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi; 5) M am lakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. C hunki inflatsiya darajasi tufayli yuridik va jism oniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasini yuqori darajada o'rnatiladi. U shbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi. Inflatsiyaning eng asosiy ijtiinoiy oqibati bo'lib darom adlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi: — m am lakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi; — tijorat banklari to m o n i d a n yuridik va jism o n iy shaxslarga b erilad ig an kreditlar b a h o la r indekslarining o 'z g a rish in i hisobga olinm agan holda berilishligi. Inflatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy d a ro m a d quyidagi yo'nalishlarda qayta taqsimlanadi: 1) M illiy iqtisodiyot tarm o q la ri, ishlab chiqarish sohalari va m am lakat hududlari o'rtasida narx-navoning notekis o'sishi natijasi; 2) M am lakat aholisi va davlat o'rtasida. Bunda davlat tomonidan m uom aladagi ortiqcha pul massasidan q o ‘shim cha darom ad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflatsion soliq deb nomlanadi; 3) M am lakat aholisining sinflari va turli toifalari o'rtasida. Mah- sulotlar va xizmatlarga bo'lgan narx-navoning notekis o ‘sib ketishi n atijasid a aholi o 'rta s id a ijtimoiy toifalarga b o 'lin is h in i (boylar, kambag'allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, ja m g 'a rm a la r va joriy iste’molning keskin o'zgarishi yuzaga chiqadi. Inflatsiyaning ijtimoiy salbiy t a ’siri eng aw alo q a t’iy belgilangan daro madlari oluvchi shaxslar hisoblangan — nafaqaxo'rlar, nogironlar, ko'p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o'qituvchitar, vrachlar, b o g 'c h a xodimlari va boshqalar) uchun juda og'ir kechadi; 4) D ebito rlarv a kreditorlar o'rtasida. Ushbu holatda olingan qarz- larni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar darom ad oladi va buning aksi, kreditorlar qo 'sh im c h a zarar ko'radi. Biz yuqorida keltirgan inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari q o ‘shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol t a ’sir ko‘rsatadi. Inflatsiya darajasi yuqori m am lakatlar bilan q o 's h im c h a sug'urta va turli kafolatlar asosida o ‘zaro m u n o sa b la r olib boradilar. Xalqaro am aliyotda ushbu m unosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflatsiya) ju d a salbiy t a ’sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qa ra m a- qarshiliklar keskinlashadi, aholi o ‘rtasida hukum atga b o ‘lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, h u ku m at qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish u c h u n oqilona ishlab chiqilgan inflatsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim boMadi. 7 .5. Inflatsiyaning barqarorlashtirish usullari J a h o n n in g iqtisodiyoti rivojlangan m a m la k a tla rid a inflatsiyaga qarshi kurash olib borishda j u d a katta nazariy va am aliy tajriba to'plangan. Inflatsiyani butunlay yo'qotish imkoniyati yo'q. C hunki uni yuzaga chiqishiga sabab b o ‘lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) t o ‘liq yo‘qotish m um kin emas. Shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay yo‘qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va lining salbiy iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi. D u n y o n in g turli m am la k a tla rid a h u k u m at t o m o n id a n mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shait-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat to m onidan antiinflatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan budjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit- moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar. Budjet siyosati — bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va u n in g asosiy maqsadi m am la k a tn in g aniq belgilangan m u d d at m o b ay n id a ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning u stu v o r y o ‘nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Budjet siyosati yordamida soliqlar va yig'im lar asosida yig‘ilgan davlat moiiya resurslarini um um m illiy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Budjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi b o ‘lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy 16 — O.Yu. Rashidov va bosh. 241 tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat budjeti tom o nid an amalga oshiriladi. Soliq siyosati — bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy va- zifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag‘larini yig‘ish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, t o ‘lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ulami undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir. Baho siyosati — bu mahsulotlar, xizmatlar va to'lovga qobiliyatli talab o ‘rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog‘liq siyosatdir. Kredit-m oliya siyosati — bu Markaziy bank t o m o n id a n qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zaxiralar m e ’yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat. Sanoat-investitsiya siyosati — bu yalpi ichki mahsulotning o ‘sishini t a ’minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat. Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati — bu davlat to m o n id an xorijiy m am lakatlar b o ‘lib tashqi iqtisodiy faoliyatni b o j-ta ’rif dastaklari yordam ida tartibga solib turishdan iboratdir. Emissiya siyosati — bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyot- ning holatiga asosan m u o m a la g a qo g ‘oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir. D unyoning har bir m am lakatidan hukumat tom onidan antiinf- latsion siyosati mavjud inflatsiyani tartibga solishga h am da uni o ‘sish sur’atlarini pasaytirishga qaratilgan b o ‘lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi: 1) Pul islohotlarini amalga oshirish; 2) Inflatsion jarayonlarni davlat tom onidan tartibga solib turish; Pul islohotlari — bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tom onidan mavjud pul tizimini to'liq yoki qisman o ‘zgartirishlarini amalga oshirishdir. M am lakatning iqti sodiy rivojlangan holati, pullarning t a ’minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining revalvatsiya, devalvatsiya va denominatsiya usullari- dan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respub- likasi, Isroil va boshqalarda revalvatsiya usulidan foydalanildi. Reval vatsiya o ‘z m ohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valutaga nisbatan kursirii ko'tarib qo'yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo'lib devalvatsiya hisoblanadi. Devalvatsiya o 'z m ohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valutaga nisbatan tushirib qo'yishdan iborat. Devalvatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bo zo r munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo‘lib denominatsiya hisoblanadi. D enom inatsiya o 'z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab m uom alaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 d o n a nolni olib tashladi) va Tursiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) hukumatlari foydalanishdi. Inflatsion jarayonlarni davlat to m o n id an tartibga solib turish o 'z m o h iy a tig a aso san m a m la k a t d a m a h s u l o tl a r , b a ja r ilg a n ishlar, ko'rsatiladigan xizmatlarga b o 'lg an n arx -n a v o la rn i o 's ib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat tom o nid an aniq c h o ra -ta d b irla rn i am alga o sh irish d a n iborat. U s h b u c h o ra - tadbirlar ikki yo'nalishda olib boriladi: 1. Deinflatsion siyosat. U shbu siyosat m am la ka tda pulga bo'lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yo rdam ida tartibga solib turiladi. Deinflatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko'tarish) va pul massasini cheklashni o 'z ichiga oladi. Shuni t a ’kidlash lozimki, deinflatsion siyosat m am la- katdagi iqtisodiy o'sishni sekinlashuviga sabab bo'Iadi; 2. D a r o m a d la r siyosati. U s h b u siyosat olib b o r is h d a davlat tom onidan mahsulotlar, ko'rsatilgan xizm atlar, bajarilgan ishlarga bo'lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi ham da u la r n in g o 's is h in i m a ’lum c h e g a ra s i o ' r n a t i l a d i yoki b u t u n l a y «muzlatib» qo'yiladi. Darom adlar siyosati o 'z mohiyatiga k o 'ra q a t ’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o'rtasid a norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflatsiya bilan kurashishda ayrim mam lakatlarda d aro m adlar siyosatidan foydalaniladi. Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan m am la k a tla rd a inflatsiyaga qarshi kurash olib borish tajribasida biz t a ’kidlab o 'tg a n ikki y o 'n a - lishdan oqilona birgalikda foydalanilgan. Iqtisodiyoti b o z o r m un o sa b a tla riga o 't a y o t g a n m a m la k a tla r d a inflatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizim ini m ustahkam lash uchun asosan quyidagi ch o ra-tadbirlar amalga oshirilm oqda: — milliy iqtisodiyotni sog'lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini b a rta ra f etish va iqtisodiy rivojlanishning o qilona darajasini t a ’minlash; — raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish h am da uni amalga oshirish; — xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o'zgartirish va unda zamonaviy texnika ham d a texnologiyalarni joriy etish; — tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘b a t- lantirish; — soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo'nalishda asosiy e ’tiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish; — davlat tom on idan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni q o l la b - q u w a tla s h ; — mamlakat ichida mahsulotlar, valuta, kredit yer, ko'chmas mulk, m ehnat va qimm atli qog'ozlarining yagona bozorini shakllantirish ham da uni rivojlantirish; — pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o'zgartirib turish; — tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag'batlantirish; — erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat to m onidan tartibga solish va uni nazorat qilish; — davlat budjet taqchilligini noinflatsion yo’llar bilan qisqartirish; — davlatning strategik oltin-valuta zaxiralarini chuqur tahli 1 etish va ulardan oqilona foydalanish. Yuqorida t a ’kidlab o'tilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish m a ’lum muddat talab etadi. Oqilona ishlab chiqilgan antiinflatsion siyosatni amalga oshirish pirovard natijada milliy pul birligini mustahkamlanishiga va pul tizimini barqarorlashuviga olib keladi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling