O. M. Jabborova, Z. A. Umarova Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
darslik
KIRISH
O’zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlang’ich ta’limni rivojlantirish va uning vositasida 7-11 yoshli shaxslarni barkamol voyaga yetkazish muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida (2020 yil 29 dekabrь) quyidagi vazifalar alohida qo’yildi: “Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida avvalo, o’quv dasturlari, o’qituvchi va murabbiylar uchun metodik qo’llanmalarni ilg’or xalqaro mezonlarga moslashtirish lozim”. Shu ma’noda oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilarga o’qitilayotgan ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ fani quyidagi jihatlardan takomillashtirilishi lozim: - fanning o’quv dasturini hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish; - fan bo’yicha talabalar va amaliy faoliyatdagi o’qituvchilar hamda murabbiylar uchun xalqaro mezonlarga mos darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish; - boshlang’ich ta’lim jarayonini innovatsion pedagogik ishlanmalar bilan boyitish. Mazkur vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida biz tomonimizdan ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ fanining o’quv dasturi 2020-2021 o’quv yilidan boshlab takomillashtirildi, uni o’qitish asoslari yangilandi hamda mazkur darslik tuzildi. Darslikni tuzishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ―Boshlang’ich ta’lim 6 pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ Namunaviy dasturi asosida ishlab chiqilgan Ishchi-o’quv dasturiga asoslanildi. Ushbu fan bo’lajak o’qituvchilar uchun mutaxassislik fanlari tarkibiga kiradi. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ fanining maqsadi bo’lajak o’qituvchilarga boshlang’ich ta’lim, tarbiya va amaliy faoliyat nazariyasi hamda metodikasidan saboq berishdan iborat. Uning vazifalarini quyidagilar tashkil qiladi: - boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni bo’yicha bilim berish; - boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yiladigan talablarni o’rgatish; - boshlang’ich ta’limda pedagogik jarayonni tuShuntirish; - boshlang’ich ta’limda innovatsiya mazmunini anglatish; - boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion faoliyati bo’yicha ko’nikmasini shakllantirish; - boshlang’ich ta’lim integratsiyasi mohiyati bo’yicha bilim berish; - boshlang’ich ta’limda integratsion yondaShuvlar yuzasidan malaka berish. ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ fani bo’yicha bo’lajak o’qituvchilarga quyidagi talablar qo’yiladi: - boshlang’ich ta’lim pedagogikasi bo’yicha nazariy bilimga ega bo’lish; - borshlang’ich ta’limda innovatsiya bo’yicha ko’nikmani egallash; - boshlang’ich ta’limda integratsiya masalasi bo’yicha malaka hosil qilish‖ - individual o’qitish metodikasi bilan qurollanish. Bu talablar oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilar tomonidan ushbu fan vositasida o’zlashtiriladi. 7 ―Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi‖ fani oliy pedagogik ta’lim jarayonida o’qitiladigan ―Umumiy pedagogika‖, ―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖, ―Pedagogik mahorat‖, ―Pedagogik texnologiyalar‖ kabi fanlar bilan uzviy bog’liq. Ayni paytda, bu fan o’zining tadqiqot ob’ekti, o’qitish metodikasi va kontseptual asoslariga ega. Mazkur darslik kirish, besh modulga bo’lingan o’ttiz mavzu tahlili, har bir mavzu bo’yicha mustahkamlash savollari va topshiriqlar, mustaqil ta’lim uchun ko’rsatmalar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlardan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling