O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet113/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

    Bu sahifa navigatsiya:
  • HVsAg
Epidemiologik nazorati. Epidemik jarayon holati va rivojlanish tendensiyasini dinamik baholash, kasallanishni va epidemiologik ahamiyatli ob’ektlar holatini tahlil etish aholi o’rtasida V gepatit bilan kasallanishni kamaytirish hamda xatarli guruhlar o’rtasida kasallikni oldini olish maqsadida o’tkaziladigan epidemiyaga qarshi tadbirlarni, ularni tashkil etish yo’llarini tanlash va ilmiy asoslash imkonini beradi.
Profilaktik tadbirlarning ta’sirchanligi, samaradorligi, infeksiya manbai, yuqish joyi va asosiy yuqish yo’llarini aniqlash imkonini beradigan kasallanishni retrospektiv va operativ epidemiologik tahlili sifati bilan belgilanadi.
Retrospektiv tahlil uchun infeksiya tarqalganligini xarakterlovchi 10-15 yillik ma’lumot va epidemiologik ahamiyatli ob’ektlar holati haqidagi ma’lumotlar zarur.
Har bir xatarli omilning ahamiyatliligini baholash uchun bemorlarni yosh, ijtimoiy-kasbiy tarkib va boshqa qo’shimcha belgilar (donorlar, retsipientlar, 1 yoshgacha bolalar, surunkali bemorlar, homiladorlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar) bo’yicha tahlil etiladi. Tahlil jarayonida o’tkir va surunkali V gepatit bemorlari bilan birga HVsAg "tashuvchilari" ham inobatga olinishi zarur.
Xatarli omillar bilan epidemik jarayon jadalligi o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini aniqlash maqsadida kasallanishni tahlil etish natijalari davolash-profilaktika muassasasining moddiy-texnik ta’minoti, epidemiyaga qarshi tartib-talablarining bajarilishi sifati, tibbiyot xodimlari tomonidan dezinfeksiya, sterilizatsiyadan oldingi ishlov va sterilizatsiya hamda tibbiy anjomlardan foydalanish tartiblariga amal qilinishi haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi.
O’tkazilayotgan epidemiyaga qarshi tadbirlarning samaradorligini baholash aholi va uning ayrim qatlamlari o’rtasida ko’p yillik kasallanish ko’rsatkichlari, tendensiyasini tahlil etib amalga oshiriladi.
Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalaridan muammoviy, mavzuiy reja tuzishda foydalaniladi.
V gepatit bilan kasallanishning operativ epidemiologik tahlili asosiy ikkita maqsadni ko’zda tutadi:
Epidemik jarayon omillari o’zgarishlarini o’z vaqtida aniqlash va baholash, ularni noxush ta’sirlarini oldini olish;
Epidemik jarayon faollaShuvini tezda ilg’ab olish, uning sabablarini aniqlash va bartaraf etish.
Operativ tahlilni joriy haftalik kasallanish darajasini "me’yoriy" (nazorat) daraja bilan taqqoslab, amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
O’tkir va surunkali V gepatit bemorlarining klinik-laboratoriya diagnostikasi, hisob-kitobining o’z vaqtidaligi, to’liqligi, donorlarni tanlash sifati, qon quyish muassasalarining epidemiyaga qarshi tartibi, xavfli guruhdagilar, homiladorlarni HVsAg ga tekshirish sifati, HVsAg "tashuvchilarni" klinik-laboratoriya tekshiruvlaridan o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’liqligi, barcha tibbiy muassasalardagi epidemiyaga qarshi tartib muntazam ravishda epidemiolog nazoratida bo’lishi darkor.
Nazorat jarayonida epidemiologik ahamiyatli ob’ektlardagi turli asbob-anjomlarni qon, oqsil, ishqor qoldiqlari mavjudligiga, sterillikka tekshiriladi, avtoklav, sterilizator va bakterisid lampalar ish tartibi kuzatiladi.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling