O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Shifoxonalarda salmonellyozlar bo’yicha epidemiologik nazorat o’rnatish


Download 1.27 Mb.
bet88/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Shifoxonalarda salmonellyozlar bo’yicha epidemiologik nazorat o’rnatish
Shifoxonalarda salmonellyozlar bo’yicha epidemiologik nazorat sanitariya epidemiologiya xizmati xodimlari (epidemiologlar, sanitariya vrachlari, ovqatlanish va kommunal gigiyenistlar, bakteriologlar) tomonidan hamkorlikda olib boriladi, bunda epidemiologlar asosiy rol o’ynaydi.
Salmonellyozlar bo’yicha shifoxonalarda o’tkaziladigan epidemiologik nazorat o’tkazish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Diagnoz qo’yish, sistemali axborot.
2. Laboratoriya tekshirish metodlarini qo’llash bilan o’tkaziladigan sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar ustidan nazorat olib borish.
3. Tashqi muhitda, shifoxonalarda salmonellalar ajralib chiqqanda etiologik omillarni tasdiqlanishi.
4. Shifoxonalarda salmonellez aniqlanishi va kasallanish tahlillari epidemiologik ishonch hosil qilingan holda baholanadi.
5. Profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni qayta ishlashni amalga oshirish.
Yuqumli kasalliklarni ro’yxatga oluvchi jurnalga salmonellez bilan kasallanganlarni ro’yxatga olish va shifoxona ichidagi hodisalarni va zoonoz infeksiya haqidagi ma’lumotlarni ro’yxatga kiritish.
Har oyda bo’lim boshlig’i va epidemiologlar bilan birgalikda ro’yxatga olinayotgan kasalliklar tahlil qilinadi.
Bunda bemorlarning zararlangan joylariga qarab guruhlarga bo’lish.
1.Shifoxonalarda zararlangan.
2.Boshqa shifoxonalarda kasallikni yuqtirgan bo’lib, bu shifoxonalarga o’tkazilgan.
3.Shifoxonadan tashqarida kasallikni yuqtirgan.
4.Shubha tug’diruvchi hollar.
Bu ma’lumotlar DSENMlarga yuboriladi.
Epidemiologik tekshiruv natijasi qoniqarsiz hollarda shifoxonada epidemiolog, klinitsist bilan birga kasallik tarixini tahlil qilinadi, so’rab surishtiriladi. Bolalar shifoxonalarida kompleks ravishda har kvartalda I marta epidemiolog, kommunal va ovqatlanish gigiyenasi vrachlari tomonidan laboratoriya tekshiruvlari olib boriladi. Agar epidemiologik tekshiruv natijalari qoniqarsiz bo’lsa, yana qo’shimcha ravishda kengaytirilgan hajmda bakteriologik tekshirish o’tkaziladi.
Shifoxonada bundan tashqari bakteriologik laboratoriya bo’lib, oyiga 1 marta shifoxona laboratoriyalari bilan birgalikda rejali tekshiruvlar olib boriladi. Kompleks tekshiruvdan keyin bu bo’limning holatiga sanitariya-gigiyenik xarakteristika yoziladi, bunda ovqatlanish rejimini tashkil qilinganligi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, kir kiyimlarni qayta ishlash, dezinfeksiya rejimiga rioya qilinishi qay ahvolda ekanligi ko’rsatiladi. Bolalar shifoxonasida sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi rejimini saqlashning quyidagi chora-tadbirlari ustidan nazorat olib boriladi.
1. Shifoxonalarga salmonellalarning bemorlar va xodimlar tomonidan olib kirilishini oldini olish.
2. Infeksiya manbaini o’z vaqtida aniqlash.
3. Infeksiya tarqalishini oldini olish.
Tashqi muhitda bakteriologik nazorat o’tkazilganda havodan, oziq-ovqatlardan, ichimlik suvlaridan sinamalar olinadi.
Salmonellezlarda ajratilgan salmonellalarning serovarlari, biovarlari, serologik va kultural xossalari o’rganiladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling