O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet89/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemiologik tahlil - bu shifoxona ichidagi kasallanish darajalari, dinamikasi, gospital infeksiya kasalligining strukturalarini aniqlashdan iborat. Buning uchun ajralayotgan salmonellalar haqida ma’lumotlarni bilish kerak, tashqaridan kelgan infeksiyalar sonini va shifoxona ichida salmonellyoz bilan kasallanganlarni va bundan tashqari ma’lum vaqt oralig’ida Shu shifoxonada kasallangan bolalar haqida ma’lumotlar bo’lishi kerak.
Shifoxonalardagi epidemiologik tekshiruvda quyidagilar asosida qoniqarsizligi aniqlanadi.
1. Tahlil qilinayotgan davrda shifoxonadagi kasallanishlar soni.
2. Tashqaridan kelgan infeksiyalarning shifoxonadagi kasallarga bog’liqlik ko’rsatkichlari epidemik jarayon tipiga qarab bu ko’rsatkichlar o’zgarishi mumkin.
Ro’yxatga olingan sporadik kasalliklarning intensiv ko’rsatkichlari 1,0dan (1000 ta bolaga) oshmaydi. Sekin kechuvchi ko’tarilish maishiy muloqot yo’li bilan yuqishda 1,0 dan 10 gacha, oziq-ovqatlardan kelib chiqadigan ko’tarilish 30,0-40,0 gacha oshishi mumkin.
Epidemik holatda kuzatilgan kamchiliklarning oldini olish sanitariya-epidemiologiya xizmati rejali topshiriq tuzadi va bunda sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni, dezinfeksiya rejimini kuchaytirish va shifoxonaning material-texnik bazasini mustahkamlash haqida ushbu shifoxona ma’muriyatiga yuboradi.


Bemorlar va bakteriya tashuvchilarni aniqlash va ro’yxatga olishga qaratilgan chora-tadbirlar. O’choqda o’tkaziladigan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
Bemorlarni aniqlash uchun quyidagilarni bakteriologik tekshiruvdan o’tkazish kerak:
- etiologiyasi noma’lum O’IYUK bilan kasallangan barcha bemorlar.
- "Salmonellyoz", "ovqatdan zaharlanish" diagnozi qo’yilgan bemorlar.
- Oxirgi 3 hafta mobaynida ichak buzilishi bilan shifoxonaga yotqizilgan bolalar va ularga qaraydigan shaxslar kamida 3 kun davomida tekshiriladi.
Tana harorati ko’tarilganda alohida xonaga qo’yiladi, infeksionist tomonidan tekshiriladi va yuqumli kasalliklar bo’limiga o’tkaziladi.
Bakteriya tashuvchilarni aniqlash uchun profilaktik maqsadda quyidagilar bakteriologik tekshiriladi: bolalarni, davolash muassasalarini, oziq-ovqat sanoati, umumiy ovqatlanish va sotuv korxonalarida, suv bilan ta’minlash korxonalariga birinchi marta ishga kiruvchi shaxslar va ularga tenglashtirilgan kontingentlar tekshiriladi.
Epidemiologik ko’rsatmalar bo’yicha quyidagi shaxslar tekshiriladi.
- infeksiya manbai sifatida taxmin qilingan oziq-ovqat korxonalarida ishlaydigan shaxslar va ularga tenglashtirilgan kontingentlar;
- salmonellyoz o’chog’ida bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar.
Oziq-ovqat korxonasi xodimlari shifoxonadan klinik sog’aygandan va najasi 3 marotaba bakteriologik tekshirilgandan so’ng javob beriladi.
Birinchi tekshiruv davolash kursi tugagach 3 kun o’tgandan so’ng, keyingilari 1 kun oraliq bilan olib boriladi.
Shifoxonadan javob berilgandan so’ng salmonella ajratmaydigan shaxslarga ishlashga ruxsat beriladi. Salmonellalarni ajratishni davom ettirayotgan shaxslar boshqatdan davolanadi va ularni 3 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tishlari shart. Salmonellalarni ajratayotgan shaxslarni shifoxonadan javob berilgandan so’ng 15 kunga ishdan chetlashtiriladi va epidemiologik jihatdan xavfli bo’lmagan ishga joylashtiriladi, bu davrda 3 marotaba najasini tekshirishdan o’tkaziladi. Agar yana natija musbat (+) bo’lsa, tekshirish shu tartibda 15 kun davomida takrorlanadi.
Agar S. typhimurium taShuvchanligi 3 oydan ko’pligi aniqlansa, bu shaxslar salmonellalarni surunkali tashuvchi sifatida o’z ishlaridan kamida 1 yilga chetlashtiriladi.
1 yildan so’ng ularning najasi 3 marta va 1 marta o’t suyuqligi tekshiriladi, bu shaxslarda tekshirish natijalari manfiy (-) chiqsa, o’z ishlariga qo’yiladi. Bir yildan so’ng tekshirish davomida 1 marotaba musbat natija chiqsa, bu shaxslar surunkali tashuvchi sifatida o’z ishlaridan chetlashtiriladi. Ular yashash joylari DSENMida hisobga olinishi kerak.
Salmonella ajratuvchi yasliga qatnaydigan bolalar shifoxonadan javob berilgandan so’ng 15 kun davomida jamoaga qo’yilmaydilar (3 ma-rotaba 1-2 kun oraliq bilan najasi tekshiriladi), agar Shu davr oralig’ida qo’zg’atuvchi ajralib chiqsa, nazorat muddati yana 15 kunga uzaytiriladi. Surunkali tashuvchi bolalar yasliga qo’yilmaydilar.
Salmonella tifimuriumni antibiotiklarga chidamli bo’lgan shtammini tashuvchi bolalar maktabgacha bo’lgan bolalar muassasasiga qo’yilmaydi. Maktablarga va maktab-internatlarga qatnovchi bolalarga tashuvchilik diagnozi qo’yilsa jamoaga qo’yiladi, lekin oshxonadagi navbatchilikdan ozod qilinadi. Agar aniqlangan tashuvchilar oziq-ovqat korxonalari va unga tenglashtirilgan korxonalarda ishlasalar, tashuvchilikni tabiatini aniqlash uchun qo’shimcha tekshiruv o’tkaziladi. Ular 2 hafta davomida 5 marotaba najasi bakteriologik tekshiriladi, 2 marotaba RPGA (TGAR) bilan tekshiriladi. Agar ushbu shaxslarga surunkali bakteriya tashuvchilik diagnozi qo’yilsa, ularga yuqorida ko’rsatilgan chora-tadbirlar olib boriladi.
Agar "tranzitor tashuvchilik" diagnozi laboratoriya va klinik tekshiruvlarni hisobga olib qo’yilgan bo’lsa, bu shaxslar o’z ishlariga qo’shimcha tekshirilmasdan qo’yilishi mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling