O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Operativ (tezkorlik bilan o’tkaziladigan) epidemiologik tahlil


Download 1.27 Mb.
bet87/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

2. Operativ (tezkorlik bilan o’tkaziladigan) epidemiologik tahlil.
Bu tahlil kasallikning tarqalishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularning ta’sir etish davrining qachon boshlanganligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Buning uchun har kunlik, haftalik uchragan kasallanishlar darajasini kasallanganlarning yoshi, kasbi va bu kasalliklar etiologiyasini kasallik tarqalgan hududlarda kuzatib boriladi.
Bunda faqat salmonellyozlar bilan kasallanish emas, balki o’tkir yuqumli ichak kasalliklari bilan kasallanish darajasi ham tahlil qilinadi.
Odamlardan, hayvonlardan, parrandalardan, atrof muhit predmetlaridan ajratib olingan salmonellalarning serologik turlari, fagotiplari, biologik hususiyatlari va antibiotiklarga nisbatan chidamliligi xossalari haqida uzluksiz ma’lumotlarga ega bo’lish, bu ma’lumotlarni tahlil qilish. Bunday tahlil salmonellalarning "gospital" shtammlari paydo bo’lishini aniqlashga yordam beradi.
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat, ichimlik suvi, sut-qatiq mahsulotlarining sifati umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya ahvoli haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni laboratoriya tekshiruvlaridan o’tkazib turish, sog’lom aholini serologik usullar bilan tekshirib turish, ayniqsa epidemiologik jihatdan ahamiyatli korxonalarda ishlovchi kishilarni. Aholi migratsiyasi haqidagi, yangi tashkil bo’lgan jamoalar haqidagi, boshqa joylardan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish.
3. Retrospektiv epidemiologik tahlil.
1. Kasallanishning ko’p yillik dinamikasini, har yillik dinamikasini tahlil qilish.
2. Salmonellyoz kasalligining har xil hududlarda, har xil yoshdagi va har xil ijtimoiy guruhlar o’rtasida tarqalganligini tahlil qilish.
3. Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalarini umumlashtirib, salmonellyozlarga qarshi kurashish chora-tadbirlar rejasini asoslab beriladi.
4. Epidemiologik nazoratning boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish retrospektiv epid.tahlil natijalariga asoslanadi va shu asosda salmonellyozlarga qarshi kurashish uchun kvartal, yillik va 5 yillik rejalar tuziladi. Shu rejalarning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatiladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling