O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Qushxonalarda salmonellalarga qarshi kurashish chora-tadbirlari


Download 1.27 Mb.
bet84/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Qushxonalarda salmonellalarga qarshi kurashish chora-tadbirlari. Salmonellalarning odamlar va hayvonlar orasida tarqalishi ko’pincha qushxonalar, so’yish sexlari, go’shtni qayta ishlaydigan korxonalarning sanitariya-gigiyena holatiga aloqador bo’ladi. Tegishli korxonalar bakteriologik tekshirilganda salmonellalar turkumiga oid bakteriyalarni hayvon nimtalari va a’zolaridangina emas, balki ishchilarning qo’lidan, jihozlar va moslamalardan ham ajratish mumkin.
Go’sht va go’sht mahsulotlarining ifloslanishiga quyidagilar yordam beradi:
- ro’yirost kasal bo’lgan yoki klinik alomatlarsiz bakteriya tashuvchi hayvonlarni so’yish uchun yuborish;
- so’yishdan oldingi tartibning buzilishi hayvonlar organizmida salmonellalarning endogen yo’l bilan tarqalib ketishiga yordam beradi; .
- nimtalarni va go’sht mahsulotlarini etarlicha sovutmaslik;
- salmonella tashuvchilarning ish jarayonida go’sht va go’sht mahsulotlarining sanitariya-veterinariya ekspertizasi qoidalariga rioya qilmaslik.
Qushxonalarda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi zarur:
1. Qabul paytida ozg’in va kasal hayvonlarni sog’lom hayvonlardan ajratish, ayni paytda buzoqlarga va yosh cho’chqalarga alohida e’tibor berish.
2. Salmonellyozlar tez-tez uchrab turadigan xo’jaliklardan olib kelingan hayvonlarni maxsus belgilangan kunlarda so’yish va keyin dezinfeksiya qilish.
3. Texnologik jarayonda go’sht va go’sht mahsulotlarini qaytadan salmonellalar bilan zararlanishiga yo’l qo’ymaslik, go’sht va go’sht mahsulotlarida hamda ishchi xodimlarning qo’llarida salmonellalar bor-yo’qligiga oid bakteriologik tekshiruvlar sonini ko’paytirish.
4. Qushxonalarda dezinfeksiya qilinishini tekshirib borish.
5. DSENMning veterinariya xodimlari bilan birgalikda sanitariya-gigiyena va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishini va bajarilishini tekshirish.
6. Ishga yangi qabul qilinadigan kishilarni bakteriologik tekshirishdan o’tkazish.


Salmonellyozlarni bartaraf qilish uchun

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling