O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Odamlar - salmonellyoz infeksiyasi manbai


Download 1.27 Mb.
bet81/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Odamlar - salmonellyoz infeksiyasi manbai:
Odamlar salmonellyoz infeksiyasini tarqatishda ishtirok etishini birinchi navbatda bakteriya tashuvchilikning mavjudligi va kasal-likning turli davrlarida salmonellalarning organizmdan ajralib chiqishi bilan belgilanadi. Salmonellyozning o’tkir va engil turi bilan kasallangan bemorlar, Shuningdek oziq-ovqat korxonasida ishlovchi bakteriya tashuvchilarning o’rni nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Salmonellyoz tarqalishida tibbiyot xodimlari infeksiya manbai bo’lib xizmat qilganligi aniqlangan. Salmonellyozdan sog’aygandan keyin odam ko’pincha uzoq muddatgacha bakteriya tashuvchi bo’lib qoladi. Salmonellyoz bilan kasallanganlar va bakteriya tashuvchilar ayniqsa bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun epidemiologik jihatdan xavflidir. Bakteriya tashuvchilar najasi bilan ko’plab salmonellalar ajralib chiqadi. Bunda salmonellalar o’zining morfologik, kultural, fermentativ va serologik xossalarini, oq sichqonlarga nisbatan patogenligini saqlab qoladi.


Salmonellyozlarni tarqatuvchi asosiy omillar

Salmonellyozlar asosan oziq-ovqat orqali tarqaladi. Mikroblar oziq-ovqat mahsulotlarida qulay sharoitda bir necha soat turadi va rivojlanadi. Hayvon, parranda go’shti va uning mahsulotlari salmonellalarni yuqtiruvchi asosiy omildir. Shuning uchun ham salmonellyozlar ko’pincha aholisi xom va chala pishgan go’shtni iste’mol qiladigan mamlakatlarda ko’proq uchrab turadi.


Toshkent shahrida salmonellyoz o’choqlarida epidemiologik tekshiruv o’tkazilganda yuqtirish omillarining 37,5-60% ni go’sht mahsulotlari tashkil etgani ma’lum bo’ldi.
Go’shtdan tashqari, hayvonlardan olinadigan boshqa mahsulotlar, xususan sut va sut-qatiq mahsulotlari ham salmonellyozlarni tarqatuvchi omil bo’lishi mumkin. Sut salmonellalar bilan endogen va ekzogen yo’l bilan zararlanishi mumkin. Salmonelez qatiq. suzma, qaymoq, tvorog, pishloq orqali ham yuqadi. Shunisi qiziqki, salmonellalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi ko’rinishi va ta’mi o’zgarmaydi. Tuxum, tuxum mahsulotlari va tarkibida tuxum bo’ladigan oziq-ovqatlarning salmonellyozlarni tarqatishdagi o’rni yildan-yilga ortib bormoqda. Baliq, baliq mahsulotlaridan ancha kamroq yuqadi, ammo ayrim joylarda ularning ahamiyati birmuncha muhimroq.
Turli o’simlik mahsulotlari salmonellyozlarni tarqatish omillari bo’lishi mumkin. Axlat, go’ng, oqava suvlar, parranda axlati bilan ishlov berilgan tuproqdan salmonellalar o’simlik mahsulotlariga o’tishi mumkin. Pashshalar ovqat mahsulotlarini salmonellalar bilan zararlashda juda muhimdir. Ariq suvlarida ham salmonellalar topiladi. Suvda bir yo’la 2 va bundan ko’p serotur uchraydi. Zararsizlantirilmagan oqava suvda zararsizlantirilganiga nisbatan 2 barobardan ortiqroq salmonella topiladi. Salmonellalar suvda yilning har xil mavsumlarida ham bo’ladi. Shifoxonalarda salmonellyozlarning tarqalishida onalar va xodimlarning salmonella yuqqan qo’llari, ro’zg’or buyumlari, sochiq, ich kiyim, yo’rgaklash kursilari, manej, gilam, tuvak va boshqalar salmonellalarni maishiy-muloqot yo’li bilan yuqtirishda muhim o’rin tutadi.
Salmonellyozlarga qarshi chora-tadbirlar O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligining "O’zbekiston Respublikasida salmonellyozlarning oldini olish choralari" nomli 1993 yil 06.10. № 491 sonli buyrug’iga asosan olib boriladi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling