O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet77/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Fagoprofilaktika. Ich-terlama va paratifga qarshi quyidagi hollarda yoppasiga bakteriofag beriladi:
1) suv orqali tarqaladigan surunkali ich terlama va paratif epidemiyalarida;
2) sut va sut mahsulotlari orqali kasallik o’tkir epidemik avj olganda;
3) suv va kanalizatsiya tarmoqlarida avariya bo’lganda.
Bu hollarda bakteriofag 3-4 kunda bir marta beriladi, 1 maydan to 1 - noyabrgacha. Bakteriofaglar yoppasiga qo’llanilishi kerak bo’lgan aholi tabaqasini epidemiolog-vrach epidemiologik vaziyatni, infeksiyaning tarqalganlik darajasini va qo’zg’atuvchining aktivligini, vaqtini hisobga olgan holda belgilaydi.
Surunkali suv epidemiyalarida faglashni kasallanishning ko’tarilishi davrida o’tkazilishi tavsiya qilinadi. Ich terlama kasallanishi bo’yicha doimiy yuqori ko’rsatkichlarda saqlanib kelayotgan hududlarda kasallanish ko’tarilishi davrida surunkali bakteriya tashuvchilarga, ularning epidemiologik xavfliligini kamaytirish maqsadida faglash o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Sanitariya-gigiyena qoidalari qoniqarsiz ahvolda bo’lgan nosog’lom epid.holatli alohida muassasalarga yoki jamoa orasida kasallanish hollarining oldini olish maqsadida yoppasiga faglash o’tkazish tavsiya qilinadi. Bakteriofaglarni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar yo’q. Bakteriofaglarning har bir seriyasi ularning faolligini aniqlash maqsadida (lizis) shu joydan ajratib olingan qo’zg’atuvchilar kulturasi bilan tekshirib ko’riladi.
Vaksinaprofilaktikaning samaradorligini aniqlash. Ich terlamada vaksina profilaktikaning samaradorligini aniqlashda quyidagilar zarur:
1) emlanganlar va emlanmaganlar orasida kasallanishni aniqlash;
2) emlash ishlari yoki boshqa choralar natijasida aholi orasida kasallanish hollari kamayganligi yoki yo’qligini aniqlash;
3) kasallanishning kamayganligi yoki o’sganligidan qatiy nazar emlash ich terlamani bir qismining oldini olganligi yoki yo’qligini tekshirish;
4) vaksinani profilaktik samaradorligining yo’qligi emlash ishlarini noto’g’ri rejalashtirish va amalga oshirish bilan yoki boshqa biron bir sabab bilan bog’liq ekanligini aniqlash.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling