O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet73/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Dispanser nazorati. Qorin tifi bilan og’rib o’tgan barcha shaxslar kasbidan qat’iy nazar 3 oy davomida dispanser sharoitida nazoratda bo’ladilar. 1-oyda haftada 1 marta, keyingi oylarda 2 haftada harorati o’lchab turiladi. Harorati ko’tarilganda yoki bemorning umumiy ahvoli og’irlashganda yana bir bor tekshiriladi. Oziq-ovqat korxonasi ishchisi bo’lgan rekonvalessentlar 1 oy asosiy ishdan chetlashtirilib, boshqa ishga qo’yiladilar, ko’rsatilgan muddat oxirida ularda najas va siydik 5 marotaba tekshiriladi:
a) bir oydan keyin ham bakteriya tarqatsalar, ular oziq-ovqat bilan bog’liq bo’lmagan ishga o’tkaziladilar. 3 oy o’tgach, unday shaxslar chuqur bakteriologik tekshiruvdan o’tadilar. Ularda 1 -2 kunlik oraliq bilan 5 marta najas va siydik, bir marta safro tekshiriladi. Manfiy natija bo’lsa, ishga qo’yiladi. 2 yil davomida bakteriologik tekshiruvdan o’tkazilib turiladi. 2 yil o’tgach ularda sistein bilan passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi qo’yiladi. Agar bunda musbat natija chiqsa, 5 marta najas va siydik, manfiy bo’lsa, najas, siydik 1 marta safro tekshiriladi. Serologik va bakteriologik manfiy natija bergan shaxslar ro’yxatdan o’chirilmaydilar va butun ish faoliyati davomida har yili bir martadan najas va siydiklari tekshiriladi.
b) bir oydan keyin o’tkazilgan tekshirishda manfiy natija bergan shaxslar o’z kasblari bo’yicha ishga qo’yiladilar, 2 oy davomida najas va siydik tekshiriladi. Uchinchi oy oxirida bir marta safro tekshiriladi. Qo’zg’atuvchilar qayta ajratib olinmasa u shaxslar 2 yil davomida har chorakda (najas va siydik bir martadan) tekshirib turiladi, keyinchalik yuqorida qayd etilgan sxema bo’yicha o’tkaziladi. Agar 3 oydan keyingi tekshiruvning bittasida bo’lsa ham ich terlama va paratif bakteriyalari ajratib olinsa, unday shaxslar surunkali bakteriya tashuvchi deb tan olinadi va ishdan chetlashtiriladi, ular o’z kasbini o’zgartirishi kerak bo’ladi. Barcha surunkali bakteriya tashuvchilar butun hayoti davomida yashash joylaridagi DSENMlari ro’yxatida turadilar.
Rekonvalessent va tashuvchiga shaxsiy gigiyena va dezinfeksiya o’tkazish tadbirlari qatiyligi tuShuntiriladi. Yashash joyi bo’yicha surunkali tashuvchilarni o’zi yoki oila a’zolaridan biri choralarni o’tkazadi. Hamma epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni nazorat qilish DSENM xodimlariga yuklatiladi, yashash joyi bo’yicha bakteriya tashuvchini bir yilda bir marta borib ko’radilar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling