O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar. Ich terlama epidemik o’chog’ida bemor gospitalizatsiya qilinguncha joriy, gospitalizatsiya qilingach, yakuniy dezinfeksiya qilinadi. Bemorning najasi, kusuq moddalari xlorli ohak sepilib, aralashtirilib yuboriladi, 1 kg chiqindiga 200 g. preparat. Siydik xlorli ohak bilan aralashtiriladi (1l siydikka 10 g preparat). Chiqindilar bo’lgan idishlar dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantiriladi (1% li xloramin eritmasi - 1 soatga). Bemorning idish-tovog’i ovqat qoldig’idan tozalanib, 1 soatga dezinfeksiyalovchi eritmaga bo’ktiriladi (1% li xloramin eritmasi). Ovqat qoldiqlari qaynashidan boshlab 15 daqiqa davomida qaynatiladi yoki xlorli ohak bilan aralashtirilib yuboriladi. Kiyimlar 2%li sodali eritmada 15 daqiqa qaynatiladi yoki 60 daqiqa davomida 0,2%li xloramin eritmasiga bo’ktirib qo’yiladi, keyin yuviladi. Hovlidagi axlatlarni, hojatxona, axlat quvurlari 10% li xlorli ohak eritmasida zararsizlantiriladi. Surunkali bakteriya tashuvchilar uylarida dezinfeksiya o’tkaziladi. Dezinfeksiya yil davomida 1 haftada 1 martadan o’tkaziladi. Dezinseksiya - apreldan to oktyabrgacha 1 haftada 1 marta o’tkaziladi. Dezinfeksiya va dezinseksiya aholi tomonidan amalga oshiriladi. DSENM tegishli preparatlar bilan ta’minlaydi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, vodoprovod yo’q joylarda har kuni toza ichimlik suvini tashib keltirish tashkil etiladi, dala joylarda suvni qaynatish tashkil etiladi. Ochiq suv havzalarining ifloslanishining oldini olish (suv havzalari yaqinida joylashgan hojatxonalarni yo’qotish), chiqindilar tashlanadigan joylarni yo’qotish, chorvachilik fermalari chiqindilarini suvlarga tushishining oldini olish. Maxsus ajratilgan joylarga chiqindilarni yig’ish va zararsizlantirish. Surunkali tashuvchilar yashaydigan joylarda markazlashtirilgan vodoprovod suvlaridan, ochiq suv havzalaridan, umumiy ovqatlanish korxonalaridan, maktabgacha bolalar muassasalaridan, maktablardan, uylardagi suv tarmoqlaridan suv olib har 10 kunda laboratoriya tekshiruvini o’tkazish. Mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda aniq dalillarni keltirib, aholi orasida gigiyenik tarbiya va sanitariya bilimlarini targ’ibot qilish. Barcha og’rib o’tganlar va surunkali tashuvchilar o’zlarini qanday tutishlari haqidagi eslatma bilan ta’minlanishlari zarur. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling