O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Sanitariya-epidemiologik nazorat
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU 12. SALMONELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
Sanitariya-epidemiologik nazorat. Malakali o’tkazilgan sanitariya-epidemiologik tahlil vaksinaprofilaktikaning samaradorligi va o’tkazilgan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni baholashning ajralmas sharti bo’lib hisoblanadi, bu tahlil o’zida ayrim kichik uchastkalarda, ayniqsa kasallanish bo’yicha ahvol yaxshi bo’lmaganida, suv ta’minoti, kanalizatsiya va aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash haqidagi amaldagi ko’rsatmalarni yig’ish va qayta ishlashni nazarda tutadi.
Ich terlama, paratif A va V bo’yicha oxirgi besh yil ichidagi kasallanishlar alohida-alohida tahlil qilinadi va kasallanganlarning yoshi, jinsi, kasbi, mavsumiylik ko’rsatkichlarini hamda infeksiya manbai va yuqtirish omillarini o’z ichiga oladi. Har bir o’choq epidemiolog-vrach tomonidan tekshiriladi. REA natijasida aniqlangan xavfli guruhlar o’rtasida (suv omili, oziq-ovqat omillari) immunologik nazorat tekshiruvlari o’tkazish mumkin. Yuzaga kelgan avj olish hollarida yoki aniqlangan kasallanishlar ko’rsatkichlarining sezilarli ko’tarilishlarida infeksiyaning turli xildagi omillar orqali yuqishini baholash lozim, bunda har bir omil ta’sir etishining qay darajada uchrashi aniqlanadi, daryolar, ariqlar suvidan iste’mol qiluvchilar miqdori (% hisobida), turli taomlarni iste’mol qilish va tegishli ravishda kasallanmaganlarning guruhi. Yuqish omillarini aniqlashda infeksiya manbaini topish va bemorlardan ajralayotgan qo’zg’atuvchi fagotipini aniqlash zarur. Ich terlama bilan kasallanishning kamayishida chora-tadbirlarni epidemik jarayonning barcha zvenolariga nisbatan olib borish muhim rol o’ynaydi. Eng asosiy chora-tadbirlarga aholini toza, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya-gigiyenik choralar kiradi. MAVZU 12. SALMONELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Salmonellyozlar epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik nazorati bilan tanishtirish. 2.O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi. 3.Ushbu mavzuni o’tgach talaba quyidagilarni bilishi kerak: 3.1. Aholining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishida salmonellyozlarning o’rni. 3.2. Salmonella tifimurium gospital shtammining o’ziga xos xususiyatlari va salmonellyozlar qo’zg’atuvchilarining turlari. 3.3. Salmonellyozlarning sporadik va guruh-guruh bo’lib kasallanishida epidemik jarayon rivojlanishi mexanizmi va namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari. 3.4. Salmonellyozlarning antroponoz va zooantroponoz shaklda tarqalishi va ularda epidemik jarayonning o’ziga xos xususiyatlari. 3.5. Salmonellyozlarning yosh bolalar orasida tarqalishida epidemik jarayonning o’ziga xos xususiyatlari. 3.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligi. 3.7. Epidemiologik nazoratni tashkil etish. 4. Talaba mashg’ulot davrida quyidagilarni o’rganishi kerak: 4.1. Salmonellyozlarning sporadik va guruh-guruh bo’lib kasallanishida epidemik jarayon rivojlanishini baholash, uning rivojlanish shart-sharoitlarini ocha bilish. 4.2. Salmonellyozlarning epidemik o’choqlarida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish. 5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi. 5.1. Kirish, mashg’ulot maqsadini tuShuntirish va mavzu ma’nosini anglab olish. 5.2. Talabalarning Shu mavzu yuzasidan bazis bilimini aniqlash. 5.3. Salmonellyozlarning epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama qilish. 5.4. Salmonellyozlar tarqalishida hayvonlarning va odamlarning epidemiologik ahamiyati. 5.5. Salmonellyozlarning yuqish yo’llari va mexanizmi, oziq-ovqat va maishiy-muloqot yuqish yo’llarini tavsifi. 5.6. Salmonellyozlar bilan kasallanishning ko’p yillik va bir yillik dinamikasining o’ziga xos xususiyatlari, salmonellyozlar bilan kasallanishning aholi guruhlari orasida tarqalganligi. 5.7. Salmonellyozlarda epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlar. 5.8. Salmonellyozlarda epidemiologik nazoratning mazmuni. 5.9. Holatiy masalalarni yechish. 5.10. O’tkazilgan mashg’ulotning o’zlashtirilganligini tekshirish. 5.11. Keyingi mashg’ulotga vazifa berish. 6. Talabalarning mustaqil ishi. 6.1. Mavzu bo’yicha tavsiya qilingan adabiyotlarni o’rganish. 6.2. Axborot uchun materiallarini o’rganish. 6.3. Mavzuga tegishli masalalarni yechish. 6.4.Salmonellyozlarning epidemiologik nazorati sxemasini tuzish. 7. Tavsiya etilgan adabiyotlar: 7.1. Belyakov V.D., Yafaev R.X. Epidemiologiya M. 1989 y. 382-386 bet. 7.2. Salmonellyoz pod.red. Pokrovskogo V.I., Kilesso V.D. i dr. Toshkent 1989 y. 7.3. Salmonellyoz Usmanov M.K., Mirtazaev O.M. Toshkent 1991 y. 7.4. O.M.Mirtazaev. "Salmonellyozlar va ularning oldini olish". Toshkent 1993. Ibn Sino nashriyoti. 7.5. Ma’ruza "Salmonellyozlarning epidemiologiyasi va profilaktikasi". 7.6. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi 1993y. 06.10. 491- buyrug’i "O’zbekiston Respublikasida salmonellyoz kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari haqida". 7.7. SanPiN 0005-95 "Sanitarno-protivoepidemicheskie pravila ispolzueme v epidemiologicheskom nadzore za salmonellyozami". Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling