O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet79/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Axborot uchun ma’lumot

Salmonellyozlar ichak infeksiyalari guruhiga mansub kasalliklardir. Ularni salmonellalar turkumidagi bakteriyalar keltirib chiqaradi. Salmonellyozlar sporadik va yoppasiga avj oladigan kasalliklardir.


Hozirgi vaqtda aholi o’rtasida ko’pgina yuqumli kasalliklarni kamaytirishda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. Biroq Shunga qaramay salmonellyozlar bilan kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. So’nggi yillarda dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan sobiq ittifoqda ham salmonellyoz kasalliklari ko’payganligi qayd qilingan.
Respublikamizda barcha chora-tadbirlarni qo’llashimizga qaramay salmonellyoz kasalliklari ko’rsatkichi ancha yuqori. 100000 aholiga 10-15 to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich 2 yoshgacha bo’lgan bolalar orasida yanada baland bo’lib, o’rtacha 100-150 ni tashkil qiladi, ayrim viloyat va shaharlarda bundan ham yuqoriroq. Keyingi yillarda O’zbekistonda salmonellyozlar epidemik jarayonida o’zgarishlar yuz berdi - asosan bolalar muassasalariga qatnamaydigan 2 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi. Salmonellyoz aksariyat tug’ruqxonalarda chala tug’ilgan bolalar, shifoxonalarda davolanayotgan nimjon, kam quvvat bolalar o’rtasida uchraydi. Salmonellyozlar etiologiyasida asosiy o’rin - 70-75% ni bitta serotur – S. typhimurium egallaydi.


Salmonellalarning biologik xususiyatlari.
Mikrobiologik tavsifi

Salmonellalar mayda tayoqchasimon bakteriyalar bo’lib, bo’yi 1-3 nm va eni 0,5-0,8 nm bo’ladi. Morfologiyasiga ko’ra ular ichak tayoqchasidan farq qilmaydi, ayni paytda grammmanfiy, fakultativ aerobdir. Tanasida kichkina peretrix oyoqchalari bo’lib, ular yordamida harakat qiladi. 35-37°S salmonellalar uchun ko’payishiga qulay sharoit hisoblanadi. +5°Sda salmonellalar o’sishdan tamomila to’xtaydi. RN muhiti ham ko’payishini cheklab qo’yadi. RN qiymati ko’pi bilan 4,1 va kamida 9 bo’lganda salmonellalar o’sishi mumkin.


Salmonellalar oziq agarida yaxshi o’sadi. ENDO muhitiga ekilganda to’plamlar rangpar pushtirang, LEVIN va PLOSKIREV muhitida esa shaffof yoki rangpar tusli bo’ladi. Vismut-sulfit agarida salmonellalar qora to’plamlar hosil qilib, rangi metallga o’xshash yaltiroq, goho markazi picha siqib qo’yilgan bo’ladi, qator seroturlar xususan S.paratyphi -oqimtir, yashilsimon to’plamlar hosil qiladi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling