O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Salmonellyozlarning oldini olish chora-tadbirlari
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Salmonellyozlarning oldini olish chora-tadbirlari
Salmonellyozlarning oldini olish chora-tadbirlarini tashkil etish va amaliyotga joriy qilish sog’liqni saqlash xodimlari, veterinariya xizmati, go’sht va sut ishlab chiqarish korxonalari, oziq-ovqatlarni tayyorlash va tarqatish bilan bog’liq korxonalar xodimlari bilan birga amalga oshiriladi. Salmonellyozlar epidemiologiyasi turli-tumanligini hisobga olib, ularga qarshi muvoffaqiyatli kurashishda tibbiyot hamda veterinariya xizmati xodimlari hamisha mustahkam aloqada bo’lishlari kerak. Bu ishda asosiy kuch odamlar, hayvonlar, parrandalar orasida yuqumli kasallik manbaini aniqlash va kasallik tarqalishini o’z vaqtida to’xtatishga qaratilgan bo’lishi kerak. 1. Tashkiliy chora-tadbirlar. Bu sohada salmonellyozlarga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish, davolash profilaktika muassasalari bilan veterinariya xizmati xodimlari salmonellyozlar haqidagi xabarni o’z vaqtida bir-biriga yetkazib turishlari va mustahkam aloqada bo’lishlari kerak. Shuningdek epidemiologik tahlilni yo’lga qo’yish, tibbiyot va veterinariya mutaxassislarini malakasini oshirish kasallikka qarshi kurashish yo’l-yo’riqlari mavzusi bo’yicha seminarlar tashkil qilish lozim bo’ladi. 2. Salmonellyozlar tarqalib ketishida epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarda sanitariya va veterinariya nazoratini o’rnatish. Bunday nazorat asosan salmonellyozlar tarqalishida ishtirok etadigan asosiy omillardan hisoblangan go’sht va go’sht mahsulotlari, parranda go’shti va tuxumining salmonellyozlar bilan zararlanmasligining oldini olishga qaratilgan. 2.1. Keyingi paytlarda respublikamiz hududida parranda go’shti va tuxumi bilan bog’liq salmonellyozlar tarqalayotganligini nazarda tutib parrandachilik sanoati korxonalarida sanitariya-epidemiologiya nazoratida quyidagilarga amal qilish lozim: parrandachilik sanoati korxonalarining sanitar epidemiologik holatini sanitariya vrachlari, epidemiologlar va bakteriologlar bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta tekshirishlari kerak. Bunda 50-60 ta surtma olish kerak. 2.2. Salmonellyozlar bilan kasallanish ko’rsatkichi yosh bolalarda yuqori ekanligini hisobga olib, sanitariya epidemiologiya xizmati xodimlari bolalar uchun sut, sut-qatiq mahsulotlari, bolalar ovqatlarini, davolash va ichirish uchun ishlatiladigan suyuqliklar tayyorlaydigan oshxonalar, oziq-ovqat sexlari va dorixonalar ishlarini doimo nazorat qilishi kerak. 3. Kemiruvchilarni yo’qotish salmonellezlarga qarshi kurashda eng muhim chora-tadbirlardan hisoblanadi, chunki kalamush va sichqonlar hayvonlar so’yiladigan joylarni, turli oziq-ovqat ob’ektlarini salmonellalar bilan zararlantirib, chorvachilik va parrandachilik fermalarida infeksiyani tez-tez tarqatib turadi. 4. Quyidagi profilaktika choralari o’tkazilishi zarur: qishloq xo’jalik hayvonlari orasida salmonellyoz bakteriya tashuvchiligini aniqlash va ular bilan kurashish, hayvonlarni hovlida so’yishni tartibga solish, hayvonlarni so’yishdan oldin veterinariya ko’rigidan o’tkazish, so’yilgandan keyin ular go’shtini qayta ishlaydigan joylarda veterinariya-sanitariya rejimini normallashtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini doimo veterinariya-sanitariya ko’rigidan o’tkazish lozim. 4.1. Hozirgi vaqtda har xil em-xashak orqali yuqtirishning oldini olish hayvonlar orasida salmonellyozlarga qarshi kurashish bo’yicha muhim masalalardan biri hisoblanadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling