O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Salmonellalarning tashqi muhit ta’siriga chidamliligi
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salmonellyozlarning infeksiya manbalari Hayvonlar va parrandalar
Salmonellalarning tashqi muhit ta’siriga chidamliligi
Salmonellalar tashqi muhitda uzoq vaqt yashay olishi bilan boshqa kasallik qo’zg’atuvchilaridan ajralib turadi. Chunonchi ular ochiq suv havzalarida va ichimlik suvda 11-20 kungacha, dengiz suvida 15-27 kungacha, tuproqda 1-7 oygacha, xona changida 80-547 kungacha, kolbasa mahsulotlarida 60-130 kungacha, yaxlatilgan go’shtda 6-13 oygacha, tuxumda 13 oygacha, tuxum kukunida 9 oygacha, yaxlatilgan sabzavot va mevalarda 2 haftadan 2,5 oygacha yashaydi. S. typhimurium va S. anatum pishirilgan va xom go’shtda xona haroratida hatto chirigunga qadar tirik qolganligi, muzxonalarda esa 63 kundan ortiq yashay olganligini bizning tadqiqotlarimiz ko’rsatib berdi. Dudlash salmonellalarga sust ta’sir ko’rsatadi. Salmonellalar dudlangan go’shtda 97 kun, 30 foizli osh tuzi eritmasida 9 oy tirik qolishi mumkin, 8 foizli sirka kislota salmonellalarni 18 soatdan keyin, 6% li eritmasi esa 24 soatda o’ldirishi mumkin. Sut va sut-qatiq mahsulotlari salmonellalar yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi. Harorati 85°S bo’lgan sutda 30 minut mobaynida sinamalarning 10 % ida bitta-ikkita salmonella kulturalari tirik qoladi. Ular xom sutda 10 kungacha, qaynatilgan sutda 40 kungacha yashay oladi. Salmonellalar antibiotiklarga sezgir, ammo keyingi paytlarda ularning antibiotiklarga sezgir bo’lmagan, ya’ni chidamli shtammlari paydo bo’lmoqda. Bu S. typhimurium seroturida ko’proq uchramoqda. Toshkent shahri hududida ajratib olingan S. typhimurium shtammlari gentamitsin, kanamitsin va polimiksinga qisman sezgir bo’lib, levomitsetin, neomitsin, eritromitsin, streptomitsinlarga umuman sezgirligi yo’qligi bilan ajralib turadi. Salmonellyozlarning infeksiya manbalari Hayvonlar va parrandalar: Hayvonlar tabiatda salmonellyozlarning asosiy manbai hisoblanadi. Ma’lumki hayvonlarda salmonellyozlarning birlamchi, ikkilamchi va bakteriya tashuvchilik turlarini tafovut qilinadi. Ikkilamchi salmonellyozlar mustaqil kasallik hisoblanmasdan, balki asosiy kasallikka qo’shimcha bo’lib keladi, Shuning uchun ham bunday hollarda diagnoz qo’yish ancha mushkul bo’lib qoladi. Bakteriya tashuvchi hayvonlar ham kasallik manbaidir. Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlar infeksiya yuqtirish omillari bo’lishi mumkin. Qoramollar salmonellyozlarni keng tarqatadigan manbaidir. Yovvoyi va xonaki parrandalar ham salmonellyozlar manbaidir. Qarg’a va chumchuqlar, o’rdak va g’ozlar ham salmonellalar manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling