O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Chorvachalik va parrandachilik xo’jaliklarida


Download 1.27 Mb.
bet83/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Chorvachalik va parrandachilik xo’jaliklarida
salmonellyozlar profilaktikasi

Tibbiy xizmat ham, veterinariya xizmati ham salmonellyozlarning oldini olishda katta ahamiyatga ega.


Tibbiyot va veterinariya xodimlari quyidagi qoidalarga amal qilishlari lozim.
1. Hayvonlarda va parrandalarda salmonellyoz kasalliklari aniqlanganda veterinariya xodimlari bu haqda mahalliy DSENMga xabar qilishlari zarur. O’z navbatida tibbiyot xodimlari epidemik o’choqda epidemiologik tekshirish o’tkazishda va uni bartaraf etishda zarurat tug’ilganda veterinariya xodimlarini jalb qilishlari lozim.
2. Sut fermalariga ishga kiruvchi shaxslarni salmonellyoz yo’qligiga tekshirish lozim. Sut zavodlarida va sut oshxonalarida sutni yig’ish, saqlash va tashishga, jihozlash, asbob-uskunalarga ishlov berish sifatiga, pasterizatorlarning sozligi va samarali ishlashiga, sut va sut-qatiq mahsulotlarini sovutish rejimiga e’tibor berish zarur.
3. Chorvachilik va parrandachilik fermalarida rejali va epidemiologik ko’rsatmalar bo’yicha dezinfeksiya va deratizatsiya qilish lozim. Hayvonlar salmonellyoz bilan og’riganda hayvonlar saqlanadigan joylarni har kuni dezinfeksiya qilish zarur.
4. Hayvonlar majburan so’yilgan taqdirda go’sht va uning mahsulotlarini veterinariya va bakteriologiya jihatidan tekshirmay turib ishlatish qatiyan man etiladi. Majburan so’yilgan hayvonlar go’shtini qayta ishlash, saqlash va sotishning sanitariya-gigiyena talablariga to’la rioya qilish lozim.
5. Salmonellyozlar tez-tez qayd qilinib turgan xo’jaliklardan mollarni qushxonalarga yuborishda bu haqda qushxona ma’muriyatiga yozma ravishda xabar qilish kerak.


Umumiy ovqatlanish va ovqat mahsulotlari bilan savdo
qilish korxonalarida ko’riladigan choralar
Salmonellyoz tarqalishida ovqatlanish ob’ektlarining ahamiyati muhim bo’ladi. Bunda aholini ovqat mahsulotlari bilan markazlashtirilgan holda ta’minlash va umumiy ovqatlanish korxonalari sonining va salmog’ining o’sib borishini hisobga olish lozim.
Umumiy ovqatlanish, savdo korxonalarida va bozorlarda xom go’sht mahsulotlarini tayyor mahsulotlardan ajratib qo’yish, ularni tashish, saqlash va sotish talablariga qat’iy rioya qilish zarur.
Salmonellyozlarga yo’l qo’ymaslik uchun umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarida tegishli sanitariya-gigiyena tartibini yaratish juda muhimdir. Ovqatlanish ob’ektlarida ishlovchilar zarur sanitariya-gigiyena qoidalarini bilishlari shart. Oziq-ovqat korxonalari xodimlarining yurish turish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi ustidan muntazam nazorat qilib borish zarur. Go’shtni, ayniqsa go’sht qiymasini, Shuningdek go’shtdan tayyorlangan mahsulotlarni saqlashga va sotishga alohida talablar qo’yiladi. Bu mahsulotlarni faqat sovitgich kameralarida va xolodilniklarda saqlash zarur. Bunday sharoitlarda go’sht qiymasi 1 kecha kunduz mobaynida sotib yuborilishi lozim. Tayyor go’sht mahsulotlari 3 soat saqlangandan keyin ularda salmonellalar to’planib qolgan bo’lishi mumkin, Shuning uchun bu go’sht takror qovuriladi yoki pishiriladi.
Sut va sut-qatiq mahsulotlariga texnologik ishlov berish, ularni saqlash va sotish ustidan nihoyatda qatiy sanitariya nazorati o’rnatish zarur. Sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish jarayonida ortiqcha ishlov berish man qilinadi, chunki bunda texnologik jarayon buziladi, ya’ni me’yoridan ortiqcha mahsulotlarning mikroblar bilan zararlanishiga olib keladi. Oziq-ovqat korxonalarini nazorat qilganda kemiruvchilar, pashshalar, suvaraklarga qarshi kurashishga e’tibor berish zarur.
Umumiy ovqatlanish ob’ektida salmonellyozning oziq-ovqat orqali tarqalishining oldini olish kerak.
Bu choralar quyidagi 4 ta asosiy yo’nalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur.
1. Oziq-ovqat mahsulotlarining salmonellalar bilan zararlanishini bartaraf qilish.
2. Salmonellalarning ovqatda ko’payishiga yo’l qo’ymaslik.
3. Oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish yo’li bilan undagi salmonellalarni yo’qotish.
4. Tayyor mahsulotlarni to’g’ri saqlash va ularni sotishni belgilangan muddatda olib borish.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling