O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Bakteriya tashuvchilar yashaydigan joylarda o’tkaziladigan chora-tadbirlar


Download 1.27 Mb.
bet74/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Bakteriya tashuvchilar yashaydigan joylarda o’tkaziladigan chora-tadbirlar:
1. Sanitariya-oqartuv ishlari. Har bir qorin tifi yoki paratif bilan og’rib o’tgan shaxslarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, joriy dezinseksiya o’tkazish va boshqalar aks ettirilgan maxsus eslatmalar beriladi.
2. Joriy dezinfeksiya.
3. DSENM xodimlari bakteriya tashuvchilarning yashash joyi bo’yicha bir yilda bir marta qilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish uchun borib ko’radilar.
4. Bakteriya tashuvchilar o’choqlaridan sut va sut mahsulotlarini topshirish va sotish man etiladi.
Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar:
1. Isitmasi yuqori bemorlarni aktiv va passiv aniqlash. May oyidan to oktyabr oyigacha bo’lgan davrda medicina xodimlari o’zlariga biriktirilgan har bir xonadonga haftada 1 marta kirib chiqishlari lozim. Isitmasi bor barcha bemorlar birinchi kuniyoq, vrach ko’rigidan o’tishlari lozim, agarda u tif-paratifoz kasalligiga Shubha qilingan bo’lsa, provizor bo’limi yoki palataga yotqiziladi.
2. Barcha provizor bo’limiga yotqizilgan isitmasi bor bemorlar birinchi 24 soat mobaynida gemokulturaga tekshirilishi kerak, bundan tashqari diagnozi aniqlanmagan holda 3 kundan ortiq isitmalab yotgan shaxslar ham gemokulturaga tekshiriladi.
3. Barcha diagnozi aniqlanmagan bemorlar yoki gripp, bronxit, O’RK diagnoz qo’yilgan va isitmasi 3 kundan ortiq ko’tarilgan, hamda ambulatoriya sharoitida davolash uchun uyida qoldirilgan bemorlar qoni gemokulturaga tekshiriladi.
4. Epidemiyaga qarshi choralarning muhim bo’limlaridan biri o’t va siydik yo’llari kasalliklariga chalingan shaxslar, oziq-ovqat korxonasi ishchilari va unga tenglashtirilgan kasb egalari orasida bakteriya tashuvchilarni aniqlashdir. Bahor va kuz oylarida bakteriologik va serologik tekshirishga quyidagilar jalb qilinishlari lozim: shaxsiy tartibda sut va sut mahsulotlarini, oziq-ovqat mahsulotlari, uyda tayyorlangan mahsulotlarini tarqatuvchilar (realizatsiya qiluvchilar), shuningdek bayram va turli tadbirlarda ovqat tayyorlovchilar.
Aniqlangan epid.o’choqlarga nisbatan sanitariya-sog’lomlashtirish va epidemiyaga qarshi tadbirlar ishlab chiqiladi.
5. Tif-paratifoz kasalliklar bo’yicha noqulay sharoitli joylarda yashovchi barcha surunkali tashuvchilar yil davomida 4 kunda 1 marta tegishli bakteriofag qabul qilishlari shart.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling