O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tranzitor tashuvchilar
O’tkir tashuvchilar - kasallanib o’tganlaridan so’ng 3 oygacha bakteriya ajratuvchilar, og’rib o’tganlarning ko’pchilik qismi o’tkir tashuvchi bo’lib qoladilar (20% va undan yuqori).
Surunkali tashuvchilar - 3 oydan ortiq bakteriya ajratadilar, ba’zan umrbod ajratadilar. Ularning ulushi og’rib o’tganlarning 3-5%ga to’g’ri keladi. Paratif V da qorin tifiga qaraganda kamroq bakteriya tashuvchilik yuzaga keladi. Tranzitor tashuvchilar - tashuvchilikning bu xili qorin tifi yoki paratif bakteriyalarining infeksiyaga moyil bo’lmagan kishilar ichagiga har qanday tushishlari oqibatida yoki kam miqdorda tushganda vujudga keladi. Bunda mikroblar qonga yoki ichki organlarga o’ta olmaydi va bir necha kungacha ichakdan tashqariga chiqarilib turishi mumkin. Odatda tranzitor tashuvchilikda qo’zg’atuvchi bir marta najasda aniqlanadi. Bakteriyalarning siydik yoki o’t suyuqligida mavjudligi tranzitor tashuvchilikni bekor qiladi. Surunkali tashuvchi yoki tranzitor tashuvchilikni faqat shifoxona sharoitidagina aniqlash mumkin. Oziq-ovqat korxonalarida ishlovchilar orasida bakteriya tashuvchilar aniqlansa, bunday shaxslar ishga qo’yilmaydilar va tashuvchilik turini aniqlash uchun bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bakteriya tashuvchilarda 5 marta najas va siydik bakteriologik tekshiriladi, bir marta safro va bir marta qon zardobi sisteinda barqaror antitelolarni aniqlash uchun RPGA qo’yiladi. Bakteriologik tekshiruv natijalari manfiy, biroq, serologik tekshiruv natijalari musbat chiqqan hollarda najas, siydik va safroni yana qaytadan tekshiriladi. Agarda shifoxona sharoitida oziq-ovqat korxonasi ishchilarida tranzitor tashuvchilik aniqlansa, bunday shaxslar ishga qo’yilmadi, keyinchalik 2 yil davomida bunday shaxslarning har chorakda (xuddi o’tkir tashuvchilik aniqlangan hollardek) siydik va najaslari tekshirilib turiladi. Ich terlama va paratif kasalliklari bakteriyalari yana bir marta bo’lsa ham safrodan, siydikdan ajratib olingan shaxslar surunkali tashuvchi deb hisoblanadi. Surunkali tashuvchilik aniqlanganda, Shuningdek oziq-ovqat korxonasi xodimlari shifoxonada tekshirishdan bosh tortsalar, ular ishga qo’yilmaydi, surunkali tashuvchilar kasblarini o’zgartirishlari lozim. Maktab, maktab-internat o’qituvchilari orasida ich terlama va paratif qo’zg’atuvchilarini tashuvchilik aniqlansa, ular o’qishga qo’yiladi, lekin oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, transportirovka qilish va tarqatishga doir ishlarga jalb qilinmaydilar. Yasli va bog’chaga boradigan bolalar orasida tashuvchilik aniqlansa, ular bog’cha va yasliga qo’yilmaydi va shifoxonaga tekshirishga yuboriladilar, chunki ularda tashuvchilik qisqa muddatli bo’ladi, agar tashuvchilik davom etaversa, ularni bog’cha yoki yasliga qo’yishni aniq vaziyatni hisobga olgan holda hal qilinadi. Agar oziq-ovqat korxonasi xodimi yoki unga tenglashtirilgan kasb egalari oila a’zolaridan birida surunkali tashuvchilik aniqlansa, ular ishdan chetlashtirilmaydi va mahsus tekshiruvdan o’tmaydi. Tashuvchi yashash joyini o’zgartirsa, u haqidagi ma’lumotlar yangi yashash joyi bo’yicha DSENMga yuboriladi. Har bir surunkali tashuvchida qo’zg’atuvchining fagotipi aniqlanib, 364-shakldagi ro’yxatga yozib qo’yiladi. Bemor va bakteriya tashuvchilar shifoxonadan klinik tuzalgandan so’ng va 3 marta siydik va najasni tekshirilganda manfiy natija bersa, shifoxonadan chiqarilib yuboriladi. Birinchi tekshirish isitma tushgandan keyin 5 kun o’tgach o’tkaziladi, keyinchalik esa 5 kunlik tanaffus bilan o’tkaziladi. Antibiotik olgan rekonvalessentlar normal haroratning 21 kunidan, olmaganlar esa 14-kunidan keyin shifoxonadan chiqariladilar. Shifoxonadan oldingi (chiqarishdan oldingi) tekshirishda bemorda qorin tifi yoki paratif qo’zg’atuvchilarining aniqlanishi, shifoxonadan chiqarishga to’sqinlik qila olmaydi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling