O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kvartal reja
- DSENMning majmuaviy ish rejasi
- MAVZU 10. OPERATIV EPIDEMIOLOGIK TAHLIL
Yillik reja tasviri
Kvartal reja - DSENM bo’limlarini rejalashtirish uchun tuziladi. Bu reja hamma chora-tadbirlarni aniq izohlab beradi. Kvartal reja yillik rejaga to’g’ri kelishi kerak. Kvartal reja ishi DSENM bosh vrachi tomonidan tasdiqlanadi. Xususiy rejada har bir xodim reja-grafik ishini ma’lum davrga tuzadi. Xususiy reja aniq bo’lishi kerak. Unda kuzatish muddati, kuzatish turi, ya’ni instrumental va laboratoriya usuli bilan kuzatishning borish natijalari belgilangan bo’lishi kerak. DSENMning majmuaviy ish rejasi Sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini majmuaviy reja topshiriqlari DSENM ishini asosiy turlari bo’ladi. Bu rejalar ma’lum bir joyda yoki ma’muriy hududda sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazishga, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishning oldini olish, kamaytirish va butunlay yo’q qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, bu rejani bajarishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda boshqa mustaqil korxona va muassasalar ishtirok etishadi (har xil xo’jaliklar va boshqalar). MAVZU 10. OPERATIV EPIDEMIOLOGIK TAHLIL Operativ epidemiologik tahlil epidemiologik diagnostika usuli hisoblanadi. Bu esa aholi o’rtasida qisqa yoki bir aniq vaqt ichida epidemik jarayonning o’zgarishlarini aniqlashga qaratilgan. Operativ epidemiologik tahlilning vazifalari quyidagilardan iborat: a) epidemik jarayonga ta’sir qiluvchi asosiy sabab va sharoitlarning o’zgarishini o’z vaqtida aniqlash; b) tasodifiy epizodik avj olishlarni o’z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish uchun zudlik bilan chora-tadbirlar o’tkazish. Operativ epidemiologik tahlil epidemiologning diagnostika sohasidagi murakkab tahlil turlaridan biri hisoblanadi. Uning murakkabligi quyidagilarga bog’liq: - epidemik jarayonning qisqa vaqtda o’zgarishi; - alohida jamoalarda epidemik jarayonning har xilda namoyon bo’lishi; - aholining har xil hududlarda joylashganligi va ularning kasallanish hollarining o’zgarishi juda ko’p hodisalarga bog’liqligi. Operativ tahlil natijalarida kasallikning qonuniy o’zgarish sabablari aniqlanadi. Operativ epidemiologik tahlil natijalari axborot ma’lumotlariga bog’liq. Operativ tahlil axborotining asosi bo’lib yuqumli kasallik to’g’risidagi diagnoz hisoblanadi. Yuqumli kasallik diagnozi oldindan to’g’ri aniqlangan bo’lishi kerak. Bemorlar haqidagi axborotni davolash va profilaktika muassasalari xodimlari beradilar. Sanitariya-epidemiologiya muassasalari mutaxassislari ko’shimcha ma’lumotlar olish uchun kasallik sabablari to’g’risidagi farazni tekshirishda qatnashadilar. Operativ epidemiologik tahlil axboroti tarkibiga quyidagi ma’lumotlar kiradi: 1. Bemor haqida ma’lumot. 2. Diagnoz. 3. Kasallikning boshlangan vaqti. 4. Murojaat etgan kuni. 5. Kasallik belgilarining epidemiologik ahamiyati. 6. Bemorning bir joydan ikkinchi joyga ko’chgani haqida ma’lumot. 7. Yashash va ishlash (o’qish) sharoiti haqida ma’lumot. Bemorlar to’g’risidaga ma’lumot davolash va profilaktika muassasalaridan telefon orqali yoki pochta orqali DSENMga yuborilishi kerak. DSENMda bemorlar to’g’risida ma’lumot yig’adigan maxsus markaz tashkil etiladi. 24 soat ichida aniqlangan bemorlarning ma’lumoti, kunlik byulletenga beriladi. Bemorlar aniqlangan hududi, yoshi, jinsi, ijtimoiy kasbiga qarab belgilanadi. Kunlik ma’lumotlar haftalik byulleten yig’ish maqsadida to’planadi. Kunlik ma’lumotlar absolyut sonlarda ko’rsatilib, ro’yxat qilinadi. Haftalik va oylik ma’lumotlar 1000 nafar aholiga nisbatan kasallik ko’rsatkichi ro’yxat qilinadi. Operativ tahlil uchun epidemiologik jihatdan muhim bo’lgan joyning sanitariya-gigiyenik ahvolini bilish kerak. Masalan, ichak infeksiyasi tahlili uchun oziq-ovqat muassasalarining sanitariya-gigiyenik, texnik holatini, umumiy ovqatlanish joylarining ahvoli, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, suv ta’minoti va boshqalarni aniqlash kerak. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling