Ba’zi yilardagi kasallanishlarning o’sish sur’atini oylar bo’yicha tahlili
Ba’zi oylardagi kasallanishlarning o’sish sur’atini oylar bo’yicha baholash, bir xil mediana chiziqlari bilan ishonchli diagrammalarni taqqoslash usuli bilan amalga oshiriladi. Buning uchun diagramma tekshirilayotgan yildagi bir xil mediana chiziqlari tushiriladi.
Epidemik jarayonning ko’rinishlariga qarab kasallanishlarning yil va oy davomidagi ulushini o’rganish
Aniq bir yilning ma’lum oyidagi birdan paydo bo’ladigan kasallanishlarning darajasi va ulushini aniqlash uchun kasallanishning mavjud ko’rsatkichlaridan tashqari, ularning ikkita miqdoriy alomatlaridan, ya’ni yil davomidagi kasallanishning yuqori chegaraviy klimatlaridan foydalaniladi.
Epidemik jarayonlarni namoyon bo’lishidagi mos ko’rinishlar sonining yig’indisini aniqlash yo’li bilan har bir aniq yil uchun ularning jamini aniqlash mumkin. Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi shakliga qarab, kasallanishning oylik va yillik o’sish sur’atini foizlarda ifodalash mumkin. Buning uchun aniq bir davrdagi mavjud umumiy ko’rsatkichni 100% qilib olinadi, namoyon bo’lish shakliga qarab kasallanishning ulushi foizlarda tizimga sektor yoki pog’ona ko’rinishidagi diagrammalarda ifodalanishi mumkin.
Epidemiologik belgilar bo’yicha aholi kasallanishini tahlil qilish uslubi
Yuqumli kasalliklar davriylik jadalligi epidemik jarayon profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga bog’liq. Kasallanishning davriy jadalligi hududlar bo’yicha va aholining har xil guruhlari bo’yicha farq qiladi. Kasalliklarni o’zgarish sabablarini o’rganish asosan, xavfli omillarni tahlil qilish, kasallanishga bog’liq bo’lgan sabablar haqidagi farazlar tuzish har xil sharoitlarga bog’liq.
Kasallanish bilan bog’liq bo’lgan sabablar epidemiologik uslublar yordamida o’rganiladi, sharoitlarning o’zgarishi esa statistik uslublar bilan o’rganiladi va bu uslub miqdor va sifat jihatidan xarakterlanadi. Epidemik jarayonda kasallanish jadalligini o’rganish faqat xavfli omillarga emas, balki alohida aholi guruhlariga yoki joyga o’sha yerning shart - sharoitlariga ham bog’liq. O’sha aholi guruhi va joyini aniqlash bu epidemik jarayonni o’rganishning asoslaridan biridir. Kasallanishlarni o’rganishda xavfli omillarni, sabablarni o’rganishdan tashqari, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligini ham o’rganishda korrelyacion, dispersion va regression usullardan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |